Jismoniy yoki yuridik shaxslar tomonidan taqdim etilgan tovarlar namunalari yoki
sinamalarini tasarruf etish.
Namunalar yoki sinamalar, shuningdek, ularning fizik-kimyoviy tadqiqotlar
o‘tkazilgandan keyin qolgan qismlari jismoniy yoki yuridik shaxslarga qaytariladi. Bojxona
ekspertizasi yigirma ish kunigacha bo‘lgan vaqtda o‘tkaziladi.
Qaytarilishi lozim bo‘lgan namunalar yoki sinamalar va ularning qoldiqlari jismoniy yoki
yuridik shaxsning mas’ul xodimiga qadoqlangan (muhrlangan) holda ekspertiza xulosasi
berilgan kuning o‘zida qaytariladi va ushbu xodim tomonidan yo‘llanma xatining ikkinchi
nusxasiga qabul qilib olganlik va miqdori to‘g‘risida belgi qo‘yiladi. Belgi qo‘yilgan
yo‘llanma xatining ikkinchi nusxasi bojxona laboratoriyasida qoladi.
Agar qaytarib yuborilgan namunalar yoki sinamalar va (yoki) ularning qoldiqlariga
taalluqli tadqiqot (ekspertiza) yuzasidan takroriy, qo‘shimcha yoki kompleks tadqiqotga
(ekspertizaga) ehtiyoj tug‘ilgan taqdirda, qaytarib yuborilgan namunalar yoki sinamalar va
(yoki) ularning qoldiqlari saqlash qoidalariga rioya qilingan holda ekspertizaga yuborilishi
shart.
Qo‘shimcha bojxona ekspertizasi birinchi (avvalgi) bojxona ekspertizasi xulosasida
mavjud bo‘lgan kamchiliklarni to‘ldirish uchun tayinlanadi va o‘sha ekspertning o‘zi yoki
boshqa ekspert yoxud ekspertlar komissiyasi tomonidan o‘tkaziladi.
Xulosa asoslanmaganda yoxud uning asosidagi dalillar haqiqiy emas deb topilganda,
takroriy bojxona ekspertizasi tayinlanadi.
Bojxona ekspertizasini ekspertlar komissiyasi tomonidan o‘tkazish bojxona
ekspertizasini tayinlagan organ tomonidan belgilanadi.
Bir nusxada olingan (tovar miqdoridan kelib chiqqan holda imkoniyati mavjud
bo‘lmagan) namunalar yoki sinamalarning tadqiqot o‘tkazilgandan so‘ng qoldiqlari jismoniy
va yuridik shaxslarga Nizomning 32-bandiga muvofiq qaytariladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |