Божхона экспертизаси ва товарларни таснифлаш кафедраси фанлари бўйича якуний давлат аттестацияси саволлари (2023 й)


Namunalar yoki sinamalarni bojxona laboratoriyalarida yo‘q qilish tartibi


Download 1.25 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/83
Sana18.06.2023
Hajmi1.25 Mb.
#1571644
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   83
Bog'liq
EKSPERTIZA 2023

Namunalar yoki sinamalarni bojxona laboratoriyalarida yo‘q qilish tartibi. 
Namunalar yoki sinamalarni saqlash muddati tugagach, ular yo‘q qilinadi. 
Mas’ul boshqarma hududiy bojxona boshqarmasi va bojxona postining mas’ul shaxsi har 
chorakda, hisobot choragidan keyingi oyning 15-sanasidan kechiktirmasdan, saqlash muddati 
o‘tib ketgan (agar shunday holatlar bo‘lsa) namunalar yoki sinamalarni yo‘q qilish to‘g‘risida 
ushbu mas’ul boshqarma boshlig‘i (post boshlig‘i) nomiga bildirgi beradi. 
Bildirgida tovarning nomi, soni, bojxona laboratoriyasining tegishli xulosasi ro‘yxatga 
olingan raqami ko‘rsatilgan holda, saqlash muddati o‘tib ketgan namunalar, sinamalar ro‘yxati 
ilova qilinadi. 
Namunalar yoki sinamalarni yo‘q qilish uchun mas’ul boshqarma boshlig‘ining (post 
boshlig‘ining) yozma ko‘rsatmasiga ko‘ra tarkibida kamida uchta bojxona xodimlaridan iborat 
bo‘lgan komissiya tuziladi. 
Namunalar yoki sinamalarni yo‘q qilish usuli namunalar yoki sinamalar yo‘q 
qilinayotganda vujudga keluvchi moddalarning atrof-muhitga ta’siri, shuningdek, iqtisodiy 
samaradorlik nuqtai nazaridan kelib chiqqan holda tegishli komissiya a’zolari tomonidan 
tanlanadi. 
Namunalar yoki sinamalarni yo‘q qilish uchun namunalar va sinamalarni yoqish, 
parchalash, maydalash kabi usullardan foydalaniladi. 
Komissiya namunalar yoki sinamalarni yo‘q qilgach, bu to‘g‘risida Nizomnig 5-
ilovasiga muvofiq shaklda namunalar yoki sinamalarni yo‘q qilish to‘g‘risida dalolatnoma 
tuzadi. Dalolatnomada har bir namunani (sinamani) yo‘q qilish usuli aks ettirilishi kerak. 
Saqlash muddati o‘tib ketgan alohida namunalar yoki sinamalar bojxona laboratoriyasi 
boshlig‘ining ko‘rsatmasiga binoan ko‘rgazmali o‘quv qurollari yoki laboratoriya muzeyining 
eksponati sifatida qoldirilishi mumkin. 
Yuqorida keltirilgan talablarining buzilishiga aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik 
hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar. 
Namunalar va sinamalarni qabul kilib olishda " Namunalar va sinamalarni ro‘yxatga olish 
Jurnali"da ro‘yxatga olinadi. 
Namunalar va sinamalarni qabul qilib olingan vaqtdan boshlab ularni laboratoriyada 
o‘rganib chiqish (tadqiqot qilish), 3 ish kunidan 20 ish kunigacha bo‘lgan muddatda amalga 


oshiriladi. Agar tadqiqot (ekspertiza) BQB xolatlari bo‘yicha yuritilayotgan ish bo‘yicha 
o‘tkazilsa 30 ish kunigacha bo‘lgan muddatda xulosa berilishi lozim. 
Agar sinama va namunalar deklaratsiyalanadigan tovarga tegishliligi bo‘yicha shubha 
uyg‘onsa, u holda bojxona laboratoriyasining boshlig‘i bojxona laboratoriyasi xodimlari 
mutaxassislar sifatida ishtirok etadigan, belgilangan tartibda amalga oshiriladigan qayta 
namunalar va sinamalar olishni tayinlash (belgilash) huquqiga ega bo‘ladi. 
Tadqiqot (ekspertiza) natijasida bojxona laboratoriyasi BYuDsida ko‘rsatilgan, bojxona 
laboratoriyasida belgilangan TIF TN bo‘yicha tovar kodiga muvofiq bo‘lsa - ijobiy ekspert 
xulosasini yoxud BYuDda ko‘rsatilgan, bojxona laboratoriyasida belgilangan TIF TN 
bo‘yicha tovar kodiga mos kelmasa - salbiy ekspert xulosasini qabul qilishi mumkin. 
Sinamalar (namunalar)ni bojxona laboratoriyasida saqlash moddiy javobgar shaxsning 
javobgarligi ostida amalga oshiriladi. 
Sinamalar (namunalar) ularning TIF TN bo‘yicha tasnifiga ta’sir qiluvchi ko‘rsatkichlarni 
o‘zgarmasligini, yong‘in xavfsizligini, namlikdan himoyani va tashqi muhitni boshqa noqulay 
omillar ta’siridan himoyani ta’minlovchi sharoitlarda saqlanishi kerak. 

Download 1.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling