Божхона экспертизаси ва товарларни таснифлаш кафедраси фанлари бўйича якуний давлат аттестацияси саволлари (2023 й)


 Комплекс божхона экспертизасини тайинлаш ва ўтказиш тартиби. Унинг


Download 1.25 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/83
Sana18.06.2023
Hajmi1.25 Mb.
#1571644
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   83
Bog'liq
EKSPERTIZA 2023

7. Комплекс божхона экспертизасини тайинлаш ва ўтказиш тартиби. Унинг 
ҳуқуқий асослари. 
O‘tkaziladigan ekspertizada ishtirok etadigan ekspertlar soni va tarkibi bo‘yicha 
ekspertizalar yakka tartibda o‘tkaziladigan, komissiyaviy va kompleks ekspertizalarga 
bo‘linadi. 
Alohida ekspertiza o‘tkazish yo‘li bilan ish uchun ahamiyatli bo‘lgan u yoki bu holatga 
aniqlik kiritish mumkin bo‘lmasa, shuningdek tadqiq etiladigan masalani hal etish bir ekspert 
yoxud bir ixtisoslikdagi ekspertlar vakolatiga kirmasa, kompleks ekspertiza o‘tkaziladi. 
Kompleks ekspertiza – turli sud-ekspert ixtisosligidagi bir necha ekspert tomonidan 
o‘tkaziladigan ekspertizadir. 


Kompleks ekspertiza ish uchun ahamiyatga molik holatlarni turli ilm sohalaridan 
foydalangan holda bir necha ekspert tekshiruvini o‘tkazish yo‘li bilangina aniqlash mumkin 
bo‘lgan hollarda tayinlanadi. 
Bir sud-ekspert ixtisosligidagi ekspertlar tomonidan o‘tkaziladigan ekspertizadan farqli 
o‘laroq, kompleks ekspertizada turli sohalardagi maxsus bilimlarning uyg‘unlashuvi ekspert 
nuqtai nazarini yanada mustahkamlaydi hamda bir ixtisoslikdagi ekspertga mavhum bo‘lgan 
ish holatiga oydinlik kiritish imkonini beradi. Ayni paytda, kompleks ekspertizaning 
komissiyaviy xarakterga ega ekanligini hisobga oladigan bo‘lsak, ushbu ekspertiza oldiga 
qo‘yilgan murakkab savollar nisbatan ishonchli tarzda hal etiladi. 
Kompleks ekspertizani o‘tkazishda ekspertlarning har biri o‘z vakolati doirasida ekspert 
tekshiruvlarini olib boradi. Kompleks ekspertizaning xulosasida ekspertlarning har biri qaysi 
ekspert tekshiruvlarini va qancha hajmda olib borganligi, qaysi holatlarni shaxsan o‘zi 
aniqlaganligi hamda qanday fikrlarga kelganligini ko‘rsatadi. Ekspertlarning har biri 
xulosaning ushbu ekspert tekshiruvlari bayon etilgan qismini imzolaydi va ular uchun javobgar 
bo‘ladi. 
Umumiy fikrlar, olingan natijalarni baholash va ushbu fikrlarni shakllantirish vakolatli 
bo‘lgan ekspertlar tomonidan amalga oshiriladi. Agar ekspertlar komissiyasining yakuniy fikri 
yoki uning bir qismini shakllantirish uchun asos sifatida ekspertlardan birining aniqlagan 
holatlari olingan bo‘lsa, bu haqda xulosada ko‘rsatiladi. 
Ekspertlar o‘rtasida kelishmovchiliklar kelib chiqqan taqdirda, ularning har biri 
kelishmovchiliklar kelib chiqqan barcha yoki ayrim masalalar bo‘yicha alohida xulosa beradi. 
Agar kompleks ekspertizani o‘tkazish davlat sud-ekspertiza muassasasiga topshirilgan 
bo‘lsa, unda ushbu ekspertizani tashkil qilish uning rahbari zimmasiga yuklatiladi. 
Kompleks ekspertizani tayinlash va o‘tkazish tartibi komissiyaviy ekspertizani o‘tkazish 
qoidalari bilan o‘xshash bo‘lsada, ular o‘rtasida ayrim farqli jihatlar ham mavjud. Bular 
quyidagilarda ifodalanadi: 
o‘tkaziladi; 
haqidagi qarorda uni aynan qaysi soha mutaxassislari 
tomonidan bajarilishi ko‘rsatiladi; 
doirasida 
ob’ektlarni tadqiq etadi hamda o‘z tadqiqotiga doir uslublardan foydalanadi; 
ekspertizani o‘tkazishda ishtirok etgan har bir ekspert ekspertiza 
xulosasining o‘zi o‘tkazgan tadqiqot tavsifi bayon etilgan qismini imzolaydi va uning uchun 
javobgar bo‘ladi. 

Download 1.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling