O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNI SUD EKSPERTIZASI
TO‘G‘RISIDA
Qonunchilik palatasi tomonidan 2009-yil 18-noyabrda qabul qilingan
Senat tomonidan 2010-yil 7-mayda ma’qullangan
19-20 moddalar Toshkent sh., 2010-yil 1-iyun, № O‘RQ-249
19-modda. Sud ekspertizasining sud ekspertlari komissiyasi tomonidan o‘tkazilishi
Sud ekspertizasi bir xil (komissiyaviy sud ekspertizasi) yoki turli xil (kompleks sud
ekspertizasi) sud-ekspert ixtisosligidagi bir necha sud eksperti tomonidan o‘tkazilishi mumkin.
Sud ekspertizasining sud ekspertlari komissiyasi tomonidan o‘tkazilishi sud
ekspertizasini tayinlagan organ (shaxs) yoki mazkur ekspertizaning o‘tkazilishini tashkil
etuvchi davlat sud-ekspertiza muassasasi yoxud boshqa
tashkilot rahbari tomonidan
belgilanadi.
Sud ekspertizasini o‘tkazish topshirilgan sud ekspertlari komissiyasi o‘z oldiga qo‘yilgan
masalalarni hal etish zarurligidan kelib chiqib, o‘tkaziladigan
tekshirishlarning maqsadi,
ketma-ketligi va hajmini kelishib oladi.
Sud ekspertizasini o‘tkazish topshirilgan sud ekspertlari komissiyasi tarkibidagi har bir
sud eksperti tekshirishlarni mustaqil va alohida olib boradi, shaxsan o‘zi
va komissiyaning
boshqa a’zolari tomonidan olingan natijalarni baholaydi hamda qo‘yilgan savollar yuzasidan
o‘z maxsus bilimlari doirasida fikrlarini shakllantiradi.
Tekshirishlarning sud ekspertlari komissiyasi tarkibiga kiritilmagan shaxslar tomonidan
to‘liq yoki qisman o‘tkazilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: