Tibbiy va psixofiziologik ekspertizalar o‘z mazmuniga ko‘ra, ob’ektlarning
umumiyligi asosida bir toifaga birlashgan ekspertizalardir. Mazkur toifaga kiruvchi
ekspertizalar ilmiy jihatdan yillar davomida shakllangan sohalar: sud-tibbiy ekspertiza – sud
tibbiyotiga, sud-psixiatriya ekspertizasi – sud psixiatriyasiga, sud-psixologiya ekspertizasi –
sud psixologiyasiga asoslanadi.
Muhandislik-texnika ekspertizalarining predmeti bo‘lib, muhandislikka oid bilimlar
asosida aniqlanadigan qurilish, texnika xavfsizligi, yong‘inga qarshi texnika sohasidagi holat
va shart-sharoitlar hisoblanadi.
Muhandislik-transport ekspertizalarining predmeti bo‘lib temir yo‘l, suv transporti va
yo‘l transporti hodisalari bilan bog‘liq holda sodir etilgan holatlar hisoblanadi.
Muhandislik-texnologik ekspertizalarining predmeti bo‘lib, sifatsiz sanoat va oziq-
ovqat mahsulotlari ishlab chiqarilishi, shuningdek talon-toroj qilish va suiste’molchilik
maqsadida xom ashyo, material va buyumlardan ortiqcha vujudga keltirilishi va shu kabi
boshqa holatlar hisoblanadi.
Sud iqtisodiy ekspertizalar – iqtisodiyot, buxgalteriya hisobi borasida keng doiradagi
bilim va amaliyotdan kelib chiqadigan uslub va ma’lumotlar uyg‘unlashuviga tayanadigan
ekspertizalardir.
Sud biologiya ekspertizalari sud biologiyasiga tayanadigan alohida toifadagi
ekspertizalar bo‘lib, ularning ob’ekti o‘simlik va hayvonlar hisoblanadi.
Sud tuproqshunoslik ekspertizasining predmeti – odam, hayvon yoki predmetning
muayyan ochiq joy (yer maydoni) yoki yopiq joy (bino, imorat, xona va h.k.) sathining aniq
bir qismida bo‘lganligidan guvohlik beruvchi faktik holat va shart-sharoitlardir.
Sud ekologiya ekspertizalari, odatda, atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiat
resurslaridan foydalanish sohasidagi qonunbuzilishiga doir ishlar bo‘yicha tayinlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |