Божхона экспертизаси ва товарларни таснифлаш кафедраси фанлари бўйича якуний давлат аттестацияси саволлари (2023 й)


Download 1.25 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/83
Sana18.06.2023
Hajmi1.25 Mb.
#1571644
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   83
Bog'liq
EKSPERTIZA 2023

Bojxona ekspertizasi xulosasi, jadval va chizmalar (ilova tariqasida) berilganida, ular 
ham ekspert tomonidan imzolanadi va muhr bilan tasdiqlanadi. Ilovalarda tegishli xulosaning 
tartib raqami va berilgan sanasi yozib qo‘yiladi. 
Bojxona ekspertizasi xulosasi va uning ilovalari 2 nusxada tuzilib, birinchi nusxa 
ekspertiza tayinlagan organga, ikkinchi nusxasi esa, bojxona laboratoriyasida qoladi. 
3.Ўзбекистон Республикасининг божхона чегарасидан олиб ўтилаётган 
товарнинг намуна ва синамаларини божхона органлари тизимида тасарруф 
қилиш тартиби. 
BK-211-modda. Tovarning namunalarini yoki nusxalarini tanlab olish 
Quyidagilar tovarning namunalarini yoki nusxalarini tanlab olish huquqiga ega: 
bojxona organining mansabdor shaxsi, u bojxona nazoratini o‘tkazayotganda; 
boshqa nazorat qiluvchi davlat organlarining mansabdor shaxslari, ular qonunchilikda o‘z 
zimmalariga yuklatilgan vazifalarni bajarayotganda yoki vakolatli shaxs.(O‘RQ-683) 
Vakolatli shaxs yoki boshqa nazorat qiluvchi davlat organlarining mansabdor shaxslari 
tomonidan tovarning namunalari yoki nusxalari tanlab olinayotganda bojxona organlarining 
mansabdor shaxslari hozir bo‘lishga haqli. 
Tovarning namunalarini yoki nusxalarini tanlab olishga quyidagi hollarda yo‘l 
qo‘yilmaydi, agar shunday tanlab olish: 
bojxona nazorati o‘tkazilishini qiyinlashtiradigan bo‘lsa; 
tovar tavsiflarini o‘zgartiradigan bo‘lsa. 
Tovarning namunalarini yoki nusxalarini tanlab olish tartibi qonunchilikda belgilanadi. 


O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining 2021 yil 17 martdagi 
«O’zbekiston respublikasi bojxona organlari tizimida tovarlarning namuna va 
sinamalarini tasarruf etish to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida»gi 145-son qarori 
Mazkur qarorda O‘zbekiston Respublikasi bojxona chegarasidan olib o‘tilayotgan 
tovarlar namuna va sinamalarini tanlab olish, ularni Davlat bojxona qo‘mitasining bojxona 
laboratoriyalarida ro‘yxatga olish, qaytarish, saqlash va yo‘q qilish tartibini belgilaydi. 

Download 1.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling