Божхона экспертизаси ва товарларни таснифлаш кафедраси фанлари бўйича якуний давлат аттестацияси саволлари (2023 й)


Download 1.25 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/83
Sana18.06.2023
Hajmi1.25 Mb.
#1571644
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   83
Bog'liq
EKSPERTIZA 2023

Qo‘shimcha ekspertiza – dastlabki ekspertiza xulosasidagi bo‘sh-liqlarning o‘rnini 
to‘ldirish uchun tayinlanadi hamda shu yoki boshqa ekspert yoxud ekspertlar komissiyasi 
tomonidan o‘tkaziladi (JPK 176-m). 
5. O‘tkaziladigan ekspertizada ishtirok etadigan ekspertlar soni va tarkibi bo‘yicha 
ekspertizalar yakka tartibda o‘tkaziladigan, komissiyaviy va kompleks ekspertizalarga 
bo‘linadi. 
Yakka tartibda o‘tkaziladigan ekspertiza bir ekspert tomonidan amalga oshiriladi.  
Ish yuzasidan bir ixtisoslikdagi ekspertlar guruhi tomonidan birgalikda tadqiqot o‘tkazish 
talab qilingan hollarda, ikki yoki undan ortiq ekspertlardan iborat komissiya tomonidan 
ekspertiza o‘tkazilishi mumkin. Bunday tarzda o‘tkazilgan ekspertiza komissiyaviy 
ekspertiza hisoblanib, u odatda nisbatan murakkab bo‘lgan masalalarni hal etish uchun 
tayinlanadi. Bunda komissiya tarkibidagi barcha ekspertlar tomonidan qo‘yilgan savolga javob 
berish maqsadida aynan bir ob’ekt tadqiq qilinadi.
Kompleks ekspertiza – turli sud-ekspert ixtisosligidagi bir necha ekspert tomonidan 
o‘tkaziladigan ekspertizadir.
Ekspertizalar murojaatlar asosida yoki tergovchi, surishtiruvchining qarorlari 
asosida o‘tkaziladi. 
 Ekspertizani o‘tkazishning xuquqiy asoslari 
Ekspertizani tayinlash va o‘tkazish uning xuquqiy asoslari orqali amalga oshiriladi. 
Xususan quyida keltirilgan qonun xujjatlar xuquqiy asos bo‘lib xizmat qiladi: 
1. O‘zbekiston Respublikasining “Sud ekspertizasi to‘g‘risida”gi qonuni (01.06.2010 y. 
O‘RQ №249). 
2. O‘zbekiston Respublikasining “Ekologik ekspertiza to‘g‘risida”gi qonuni (25.05.2000 
y. №73-II). 


3. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat – protsessual kodeksi (22.09.1994y. №2013-
XII). 
4. O‘zbekiston Respublikasining Bojxona kodeksi (20.01.2016 y. O‘RQ №400). 
5. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sudi plenumining “Fuqarolik ishlari bo‘yicha 
ekspertiza tayinlash, o‘tkazish va ekspert xulosasiga baho berishda sud amaliyotida kelib 
chiqadigan ayrim masalalar haqida”gi 24-sonli qarori (12.12.2008 y.). 
6. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasida 
davlat ekologik ekspertizasi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 491-sonli qarori 
(31.12.2001 y.) 
7. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Tibbiy-mehnat ekspertiza xizmati 
boshqarish tuzilmasini va faoliyatini tashkil etishni takomillashtirish chora-tadbirlari 
to‘g‘risida”gi 175-sonli qarori (08.08.2008 y.). 
8. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Tibbiy-mehnat ekspertiza xizmati 
faoliyatini tashkil etishni takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 
193-sonli qarori (02.09.2010 y.). 
9. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Sanoat xavfsizligi ekspertizasini 
amalga oshirish qoidalari to‘g‘risida”gi 5-sonli qarori (05.01.2011 y.). 
10. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2011 yil 28 avgustda 2259-son bilan 
ro‘yxatga olingan “O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining sud-tibbiy 
ekspertiza muassasalarida sud-tibbiyot ekspertizalarini o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi 
Yo‘riqnoma.
Ekspertizaning huquqiy asoslaridan biri hisoblangan O‘zbekiston Respublikasining “Sud 
ekspertizasi to‘g‘risida”gi qonuni (5 ta bob, 33 ta modda) sud ekspertizasi sohasidagi 
munosabatlarni tartibga soladi. 
O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat – Protsessual Kodeksining 22-ekspertiza bobining 
67, 68, 172-187-moddalarida ekspertiza tayinlash, o‘tkazish masalalari, ekspertning huquq va 
majburiyatlari ko‘rsatib o‘tilgan.
O‘zbekiston Respublikasining Bojxona kodeksining 202, 208-217, moddalarida 
bojxona organlarining bojxona nazoratini o‘tkazishda yordam ko‘rsatish uchun mutaxassislar, 
ekspertlarni jalb etish va boshqa organlar, tashkilotlar bilan o‘zaro xamkorlik qilish, bojxona 
nazorati ostida turgan tovarlardan ekspertiza qilish uchun namunalar va nusxalar olish hamda 
ekspertiza tayinlash, bojxona ishining masalalari yuzasidan dastlabki qaror qabul qilishlari 
haqida atroflicha asoslab berilgan. 

Download 1.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling