Божхона экспертизаси ва товарларни таснифлаш кафедраси фанлари бўйича якуний давлат аттестацияси саволлари (2023 й)


Download 1.25 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/83
Sana18.06.2023
Hajmi1.25 Mb.
#1571644
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   83
Bog'liq
EKSPERTIZA 2023

Bojxona ekspertizasi ob’ekti – bojxona nazoratiga olinishi lozim bo‘lgan barcha 
tovarlar va tovar xujjatlari hamda bojxona nazoratini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan 
boshqa xujjatlar bojxona ekspertizasi ob’ekti bo‘lishi mumkin. 
Bojxona ekspertizasi sub’ekti – bojxona organlari mansabdor shaxslari – bojxona 
laboratoriyalarining ekspertlaridir.
Tovarlarning bojxona rasmiylashtiruvi jarayonida paydo bo‘lgan muammolarni hal etish, 
ya’ni tashqi iqtisodiy faoliyat tovarlar nomenklaturasi (TIF TN) bo‘yicha kod raqamlarini 
aniqlash; tovarning kimyoviy tarkibi, xarakteristikalari, qo‘llanilishini aniqlash; tovarlarni 
sifat ko‘rsatkichlari asosida (navi, turi, tarkibi va h.k.) uning sifatini baholash; bojxona 


muhrlari, hujjatlarning haqiqiyligini aniqlash; tovarlarning bojxona qiymatini belgilaydigan 
ko‘rsatkichlarni aniqlash; bojxona qoidalarining buzilishi bilan bog‘liq ishlarni olib borish
tovarlarning aynan bir xilligini (identifikatsiya) aniq ifodalab berish hisonlanadi. 
Bundan tashqari, surishtiruvchi yoki tergovchi tomonidan qo‘yilgan savollar asosida 
kriminalistika, tovarshunoslik va boshqa turdagi ekspertizalar ham bojxona ekspertizasining 
predmeti bo‘lishi mumkin. 
Ekspertizaga puxta tayyorgarlik ko‘rib, uning maqsadini aniqlash, ekspertizaning 
yaxshi natijalar bilan yakunlanishini ta’minlaydi. Ekspertiza ob’ektlarini to‘plash, tanlash, 
saqlash va ekspertiza joyiga jo‘natish ma’lum talablarga javob berishi lozim. Ekspertizaning 
muvaffaqiyatli o‘tkazilishi va ekspertiza xulosalarining to‘g‘ri va ishonchli bo‘lishi, 
ekspertizaga taqdim etilgan materiallarning to‘la va mukammalligi, sifatli saqlanganligi
daliliy ashyolardan nusxa yoki namunalarning Davlat standarti talablariga asosan olinganligi, 
jo‘natishda esa, to‘g‘ri o‘ralganligi va shu kabi bir qator talablarga rioya qilinganligiga bog‘liq. 
Ekspertizaga yuboriladigan har bir ob’ekt protsessual rasmiylashtirilgan bo‘lishi shart. 
Shundagina ekspert xulosasi huquqiy kuchga ega bo‘lishi mumkin. Afsuski, ekspertizaga 
taqdim etilgan tadqiqot ob’ektlari yuqoridagi talablarga ba’zan javob bermaydigan holatlar 
ham uchrab turadi. Ekspertiza xulosasining qanchalik daliliy ishonchliligi ko‘p holatlarda 
ekspertlarning bilim va malakasiga yoxud ekspert oldiga qo‘yilgan sodda va aniq savollarga 
ham bog‘liq.

Download 1.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling