O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyatining tovar nomenklaturasiga muvofiq
tovarning tasniflanishi to‘g‘ri bo‘lishini nazorat qilish uchun;
ularni qayta ishlash mahsulotlarida;
intellektual mulkka bo‘lgan huquqlarga rioya etilishi uchun identifikatsiyalashdan
iboratdir.
Bojxona ekspertizasi - bu maxsus ilmiy, amaliy va tahliliy tadqiqot natijasi bo‘lib,
bojxona ekspertlari tomonidan bojxona rasmiylashtiruvi jarayonida ma’lum
bir bojxona
maqsadlari uchun zarur bo‘lgan vazifalarni bajaradi. Bojxona ekspertizasini umumiy
ekspertizaga taqqoslaganda, uning o‘ziga xos belgilari, maqsad va vazifalari hamda ekspertiza
o‘tkazish usullari borligini ko‘rish mumkin.
Markaziy bojxona laboratoriyasida:
tovarlarning bojxona nazoratini amalga
oshirish jarayonida;
surishtiruvchining, tergovchining, prokurorning
yoki sudyaning qarori, sud ajrimiga
asosan o‘tkaziladi.
Markaziy bojxona laboratoriyasida:
tovarning kimyoviy tarkibini aniqlash zarurati bo‘lganda;
qo‘shimcha va takroriy bojxona
ekspertizasi tayinlanganda;
laboratoriya eksperti bergan xulosaga shubha tug‘ilganda;
tovar O‘zbekiston Respublikasi hududiga birinchi marta import qilinganda;
tovarlarning TIF TN kodi shubha uyg‘otgan har bir holatda bojxona organlari mansabdor
shaxsining tashabbusi bilan joylardagi laboratoriya xodimining o‘rganish
natijasi va asosli
taklifi asosida o‘tkaziladi.
Bojxona rasmiylashtiruvi jarayonida majburiy tartibda bojxona ekspertizasidan
o‘tkaziladigan tovarlar ro‘yxatiga kiritilmagan tovarlarni laboratoriyalarda
ekspertizadan
o‘tkazish uchun yetarli asoslar bo‘lishi zarur.
Bu holatdagi yetarli asoslarga quyidagilar
kiradi:
tovar kuzatuv hujjatlarida mavjud TIF TN kod raqami bilan rasmiylashtirilayotgan
BYUDdagi
tovarning
TIF
TN
kodlari
bir-biridan farq qilishi;
aynan shunday tovar avval BYuDdagi TIF TN kodidan farq qiluvchi TIF TN kod bilan
rasmiylashtirilganligi va boshqa shu kabi holatlar.
Do'stlaringiz bilan baham: