Божхона экспертизаси ва товарларни таснифлаш кафедраси фанлари бўйича якуний давлат аттестацияси саволлари (2023 й)
Download 1.25 Mb. Pdf ko'rish
|
EKSPERTIZA 2023
- Bu sahifa navigatsiya:
- Sertifikatlar ekspertizasi
- Tadqiqot hajmi
Sug‘urta ekspertizasi - tovarlarni tabiiy ofat, yong‘in, halokat va boshqalarga uchrashi
sabablarini aniqlash maqsadida o‘tkaziladi. Texnologik ekspertiza - xom ashyo, yarim xom ashyo, tayyor mahsulotni qayta ishlash texnologiyasini o‘rganish, kerakli asbob-uskuna, moslama modeli, ishlab chiqarish quvvati va tayyor mahsulotning ishlab chiqarish jarayonida texnologik rejimga mosligini aniqlaydi. Sertifikatlar ekspertizasi - davlat standartlari (GOST) asosida tovarlarni sertifikatlashtirish, ishlab chiqarish texnikaviy shartlari (TSh), sifat darajasi va boshqalarni aniqlashda o‘tkaziladi. Bojxona ekspertizasi yuqorida berilgan ekspertiza turlaridan tubdan farq qilib, bojxona ekspertlari tomonidan bojxona rasmiylashtiruvi jarayonida ma’lum bir bojxona maqsadlarida o‘tkaziladi. 1.Ekspertiza tadqiqoti doirasida foydalaniladigan maxsus bilimlar mazmuniga ko‘ra ekspertizalarni bir qancha turlarga ajratish mumkin. Masalan, u yoki bu fandagi maxsus bilimlarning qo‘llanilishini hisobga olib, ekspertizalarni kriminalistik, sud-tibbiy, sud- psixiatriya, sud-buxgalteriya va boshqa ekspertiza turlariga ajratish mumkin. 2. Ekspertizalar o‘tkaziladigan joyi bo‘yicha ikki turga: ekspertiza muassasasida hamda ekspertiza muassasasidan tashqarida o‘tkaziladigan ekspertizalarga bo‘linadi. 3. Ekspertiza tadqiqotining ketma-ketligi nuqtai nazaridan ekspertizalar birlamchi va qayta ekspertizalarga bo‘linadi. Ekspertiza o‘tkazilishining ketma-ketligi bo‘yicha turlariga quyidagilar kiradi: birlamchi ekspertiza, qayta ekspertiza. Ish yuzasidan o‘tkazilgan dastlabki ekspertiza tadqiqoti birlamchi ekspertiza hisoblanadi. Qayta ekspertiza – ekspert yoki ekspertlar komissiyasining xulosasi asoslantirilmaganda, uning to‘g‘riligiga shubha tug‘ilganda, unga asos qilib olingan dalillar ishonarsiz deb topilganda yoki ekspertizani o‘tkazishning protsessual qoidalari jiddiy buzilganda o‘tkaziladigan ekspertizadir. 4. Tadqiqot hajmi bo‘yicha ekspertizalar asosiy va qo‘shimcha ekspertizalarga bo‘linadi. Ish yuzasidan ekspertiza tayinlash haqidagi qaror yoki ajrim asosida to‘la hajmda o‘tkaziladigan ekspertiza asosiy ekspertiza hisoblanadi. Download 1.25 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling