1-dars: Sud tibbiyotining predmeti. Sud tibbiy ekspertizaning
tashkiliy va protsessual
asoslari.
1.1. Sud tibbiyoti va sud-tibbiy ekspertiza tushunchalari
1.2. Sud tibbiyotining predmeti
1.3. Sud-tibbiy
ekspertizaning prinsiplari
1.4. Sud-tibbiy ekspertizaning protsessual asoslari
1.5. Sud-tibbiy ekspertizaning protsessual turlari
1.6. Sud-tibbiy
ekspertiza hujjatlari
1-DARS: SUD TIBBIYOTINING PREDMETI. SUD TIBBIY EKSPERTIZANING
TASHKILIY VA PROTSESSUAL ASOSLARI.
1.1.
Sud tibbiyoti va sud-tibbiy ekspertiza tushunchalari
Sud tibbiyoti - alohida tibbiyot fani bo‘lib, u sud, tergov va surishtiruv idoralarining
faoliyatida vujudga keladigan tibbiy-biologik masalalami o'rganadi. Binobarin,
mazkur fan
huquqni muhofaza etuvchi idoralar tomonidan qonunda belgilangan tekshiruvlami
o'tkazishda dalil manbai bo'lib xizmat qiladigan tibbiy fakt,
holatlarning vujudga kelish
xususiyatlari, ulami aniqlash, tekshirish usullari va baholashga oid ilmiy bilimlar
majmuasidir.
Ekspertiza mohiyati bo'yicha tadqiqot bo'lib, uning quyidagi to'rt xususiyati bo'ladi:
a.
tadqiqot fan, texnika, san’at, hunarmandchilikning biron-bir sohasi bo'yicha bilim,
ko‘nikmalardan
foydalangan holda, ya’ni mutaxassis tomonidan o'tkaziladi;
b.
tadqiqot konkret vazifa bo'yicha, odatda baholash maqsadida o'tkaziladi;
v. tadqiqotni o'tkazish tartibi qat'iy tarzda belgilangan bo‘lishi lozim.
g. tadqiqot jarayoni va uning natijalari tegishli hujjat bilan rasmiylashtiriladi.
Sud, tergov, surishtimv idoralari tomonidan qo'yilgan vazifani hal etish uchun tibbiyot
sohasidagi bilim va ko'nikmalardan foydalanib, umumbelgilangan
tartibga rioya qilgan
holda o'tkazilgan va ekspert xulosasi tuzish bilan yakunlanadigan tadqiqot sud-tibbiy
ekspertiza deb nomlanadi.
Sud tibbiyoti sohasidagi bilimlarning amaldagi qo‘llanilishi sud-tibbiy ekspertiza
ko'rinishida bo'ladi.