1-dars: Sud tibbiyotining predmeti. Sud tibbiy ekspertizaning tashkiliy va protsessual asoslari


Download 281.43 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/6
Sana23.02.2023
Hajmi281.43 Kb.
#1225003
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
1 - Nazariy materiallar

Qo‘shimcha ekspertiza. Ular dastlabki (birlamchi, komissiyaviy, kompleks) ekspertiza 
xulosalaridagi kamchiliklami, bo'shliqlarning o'rnini to'ldirish uchun tayinlanadi. Bu 
turdagi ekspertizalar odatda ko‘rib chiqilayotgan ish bo‘yicha keyinchalik aniqlangan yangi 
tafsilot, masalani hal etish maqsadida tayinlanadi va shu sababli ularning oldingi 
ekspertizani o'tkazgan ekspert yoki ekspertlar tomonidan bajarilishi maqsadga muvofiqdir. 
Ayrim istisno vaziyatlarida qo'shimcha ekspertizalarning ijrosi boshqa ekspert yoki 
ekspertlarga topshirilishi mumkin.
5. 
Qayta ekspertiza. Ular dastlabki (birlamchi, komissiyaviy, kompleks) ekspertiza 
xulosasi asoslantirilmagan yoki uning to'g'riligiga shubha uyg'otgan, dastlabki ckspertizaga 
asos qilib olingan dalillar ishonchsiz deb topilgari, oldingi ekspertiza o'tkazish jarayonida 
protsessual qoidalar jiddiy buzilgan hollarda tayinlanadi. Qayta ekspertizalar odatda ikki 
va undan ortiq ekspertlar tomonidan o'tkaziladi. Ekspertlar umumiy fikrga kela olmagan 
taqdirda, har bir ekspert jami yoki ayrim masalalar yuzasidan alohida xulosa berishi 
mumkin.
Dastlabki ekspertizani o'tkazgan ekspertga qayta ekspertizaning ijrosini topshirish ma’n 
etiladi. Zamrat hollarida u qayta ekspertizani o'tkazayotgan ekspertlar talabiga muvofiq 
ekspertiza tayinlagan shaxs huzurida tegishli tushuntirishlar berishi mumkin, lekin u 
ekspert tekshiruvini o'tkazish va xulosa tuzishda ishtirok etmaydi.
Qayta ekspertiza tayinlash haqidagi qaror yoki ajrimda dastlabki ekspertiza xulosasiga 
qo'shilmaslik sabablari keltirilishi kerak. Binobarin, ko'rib chiqilayotgan ish bo'yicha 
manfaatdor tomonlarning oldingi ekspertiza xulosasidan noroziligi qayta ekspertiza 
tayinlash uchun asos bo'la olmaydi.
Ushbu ekspertizaning mohiyatiga binoan qayta ekspertizada ekspertlar oldiga yangi 


emas, balki dastlabki ekspertizada hal qilingan savol, masalalar takroran qo'yilishi lozim. 
Ayni paytda ekspertlar oldiga avvalgi ckspertizada qo'llanilgan tekshimv usullarining ilmiy 
asoslanganligi masalasi ham qo'yilishi mumkin.
Ta'kidlash lozimki, qayta, komissiyaviy va kompleks ekspertizalar faqat sud- tibbiy 
ekspertiza byurosining qayta, komission ekspertizalar boTimida o'tkazilishi mumkin. 
Ularning morfologik boTim, sud-tibbiy ambulatoriya va tuman, tumanlararo, shahar 
boTinmalarida o'tkazilishi ta'qiqlanadi.

Download 281.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling