Bojxona ishi” fanidan kurs ishi mavzu: O`zbekiston Respublikasi mdxga integrasiyalashuvi sharoitida tashqi savdoni tartibga solish. Bajardi


Mustaqil davlatlar hamdoʻstligi (MDH) tashkilotining maqsadi va vazifalari


Download 59.85 Kb.
bet6/16
Sana22.01.2023
Hajmi59.85 Kb.
#1109521
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
O`zbekiston Respublikasi MDXga integrasiyalashuvi sharoitida tashqi savdoni tartibga solish

2. Mustaqil davlatlar hamdoʻstligi (MDH) tashkilotining maqsadi va vazifalari.
Mustaqil davlatlar hamdoʻstligi (MDH) 6— davlatlararo tashkilot. 1991 yil 8-dekabrda Minskda Belarus, Rossiya, Ukraina tomonidan tuzilgan. Ana shu davlat rahbarlari imzo chekkan Bitimda SSSR chuqur tanazzulga uchrab parchalanib ketish natijasida yoʻq boʻlganligi qayd qilindi, uchala davlat siyosiy, iktisodiy, gumanitar, madaniy va boshqa sohalarda hamkorlikni rivojlantirishga intilishini bayon etdi. 1991-yil 21-dekabrda Bitimga Ozarbayjon, Armaniston, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Moldaviya, Tojikiston, Turkmaniston, Oʻzbekiston koʻshildi, ular Belarus, Rossiya va Ukraina bilan birga MDHning maqsad va qoidalari toʻgʻrisidagi Deklaratsiyaga Olmaota shahrida imzo chekdilar. 1993-yil dekabrda MDHga Gruziya qoʻshiddi. 1993-yil yanvarda MDH Ustavi qabul qilindi, u davlatlarning inson huquqlari va erkinliklarini taʼminlash, tashki siyosiy faoliyatini muvofiqlashtirish, umumiy iqtisodiy makonni vujudga keltirish, transport va aloqa tizimlarini rivojlantirish, aholi sogʻligʻi va atrof mu-hitni muhofaza qilish, ijtimoiy masalalar va immigratsiya siyosati, uyushgan jinoyatchilikka karshi kurash, mudofaa siyosatida hamkorlik qilish va tashqi chegaralarni qoʻriklashda birgalikda faoliyat yuritishni nazarda tutadi. MDH haqiqiy aʼzolari bilan birga MDH faoliyatining ayrim turlarida qatnashuvchi aʼzolar boʻlishi mumkin. MDHning quyidagi organlari tashkil kilingan: Davlat boshliklari kengashi, Hukumat boshliklari kengashi, Tashki ishlar vazirlari kengashi, Davlatlararo iktisodiy koʻmita, markazi SanktPeterburgda boʻlgan Parlamentlararo assambleya va boshqa MDHning doimiy ishlovchi organi Minsk shahrida joylashgan Muvofiqlashtiruvchimaslahat qoʻmita hisoblanadi. Uning qoshida doimiy kotibiyat ishlaydi. Davlat boshliqlari kengashi 1 yilda kamida 2-marta oʻtkaziladi. MDH organlarining faoliyati MDH Nizomi bilan tartibga solinadi.
MDH sobiq SSSR hududida fuqarolik urushi kelib chiqishining oldini oldi, mamlakatlarni bosqichmabosqich xalqaro munosabatlar tizimiga kirib, mustaqilliklari, suverenitetini mustahkamlashga koʻmak berdi. MDH oʻz faoliyati davomida haddan ta-shqari koʻp qarorlar qabul qildi-yu, lekin aksariyat hollarda ularning kupi bajarilmadi.7 Hozir MDH ga kiruvchi davlatlarning aholisi 283 mln. kishini tashkil etadi. Bu aholining 120,5 mln. iqtisodiyotda mashgʻuldir. Ularning 29,4 foizi sanoat va qurilishda, 21,5 foizi qishloq xoʻjaligi, oʻrmon va baliqchilik sohasida ishlaydi.
Oʻzbekiston oʻz milliy manfaatlaridan kelib chiqqan holda MDHda ishtirok etmoqda. U MDHga davlatlar ustidan tuzilgan tashkilot sifatida emas, balki mustaqil davlatlarning harakatlarini muvofiklashtiruvchi organ sifatida qaraydi. MDH hududida davlatlarning teng huquqligi asosida yagona iqtisodiy makonni yaratish, tashkilotda umuman iqtisodiy munosabatlarning ustuvorligiga erishish, davlatlar oʻrtasida savdoiqtisodiy aloqalarni rivojlantirish uchun harakat qiladi

Hozirgi kunda Toshkent shahar bojxona boshqarmasiga Davlat bojxona qo`mitasi tomonidan 2020 yilning ИВ-choragida 4,0 trln. so`m istiqbol reja belgilangan bo`lib, noyabr-oktyabr oylarida 2,7 trln. so`m bojxona to`lovlari Davlat byudjetiga o`tkazilgan. Dekabr oyi uchun qolgan 1,3 trln. so`m istiqbol rejani bajarilishi uchun barcha imkoniyatlar mavjud bo`lib, TShBB tomonidan dekabr oyida bojxona to`lovlari tushumi kamayib ketishining oldini olish maqsadida TIF bojxona postlariga tegishli ko`rsatmalar berilib, 2021 yilning yanvar oyi istiqbol rejasi bajarilishi uchun zaxira omillari shakllantirilmoq. Xususan, boshqarmaning “Bojxona qiymatini nazorat qilish guruhi” tomonidan joriy yilning yanvar-noyabr oylarida jami 1849 ta holatda 29,8 mlrd. so`m qo`shimcha bojxona to`lovlari hisoblanib, undirib olinishi ta’minlandi. Shuningdek, Xavfni boshqarish tizimi imkoniyatlaridan foydalangan holda bojxona qiymati va boshqa yo`nalishlar bo`yicha berilgan tavsiyalar yordamida may-noyabr oylari mobaynida jami 9538 ta holatda qo`shimcha 78,26 mlrd. so`mlik bojxona to`lovlari undirilishiga erishildi. Mazkur qo`shimcha hisoblangan bojxona to`lovlari quydagi yo`nalishlarga to`g`ri kelmoqda jumladan,


- 11 mlrd. 982,3 mln. so`m - tovarning bojxona qiymatini noto`g`ri aniqlanishi;
- 12 mlrd. 508,5 mln. so`m - imtiyozlarni noto`g`ri qo`llanilishi;
- 2 mlrd. 158,5 mln. so`m - kelib chiqish sertifikati bo`yicha;
- 1 mlrd. 583,6 mln. so`m - TIF TN kodini noto`g`ri belgilanishi;
- 315,6 mln. so`m - belgilangan stavkalari xato qo`llanilishi;
- 1 mlrd. 271,1 mln. so`m - boshqa yo`nalishlarda yo`l qo`yilgan xatoliklar oqibatida qo`shimcha bojxona to`lovlari undirib olingan.
Tovarlar va transport vositalari bojxona chegarasi orqali olib o’tishda quyidagi bojxona to’lovlari to’lanadi: - bojxona boji; - qo’shilgan qiymat solig’i; - aksiz solig’i; - lisenziya berganlik uchun yig’im; - bojxona rasmiylashtiruvi bo’yicha mutaxassis degan malaka attestasiyasini berganlik uchun yig’im; - bojxona rasmiylashtiruvi uchun bojxona yig’imi; - tovarlarni saqlaganlik uchun bojxona yig’imi; - tovarlarni bojxona kuzatuviga olganlik uchun bojxona yig’imi; - dastlabki qororni qabul qilganlik uchun haq. Qonun hujjatlarida boshqa bojxona to’lovlari ham belgilanishi mumkin. 57 Bojxona chegarasi orqali olib o’tiladigan tovarlarga qonun hujjatlariga muvofiq boj, qo’shilgan qiymat solig’i va aksiz solig’i to’lanadi. Tovarlar qaytarib olib chiqilgan taqdirda ilgari to’langan boj, qo’shilgan qiymat solig’i va aksiz solig’i summalarini qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda qaytarilishi lozim. Alohida bojlar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda davlat boshqaruvi organlari tashabbusi bilan o’tkaziladigan tekshiruv natijalariga binoan qo’llaniladi. Alohida bojlarning stavkalari respublika Vazirlar Mahkamasi tomonidan har bir holat bo’yicha maxsus belgilanadi va ularning miqdori tekshiruv natijasida aniqlangan bahoni demping tarzda arzonlashtirishga, subsidiyalar va aniqlangan zarar miqdoriga mutanosib bo’lishi kerak. Bojxona qiymati – «Boj tarifi to’g’risida»gi qonunga muvofiq belgilanadigan va bojxona to’lovlarini hisoblab chiqarish maqsadida foydalanadigan tovar qiymatidir. Bojxona qiymati o’tkaziladigan bojxona rasmiylashtiruvi vaqtida bojxona organiga deklarant tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda va shartlarda ma`lum qilinadi (deklarasiyaga kiritiladi). Bojxona qiymatini to’g’ri aniqlash va hujjatlar bilan tasdiqlangan ma`lumotlarga asoslanishi lozim. Deklarant quyidagi huquqlarga ega: - bojxona organiga taqdim etilgan, bojxona qiymatini belgilashda foydalanilgan ma`lumotlarning to’g’riligini isbotlash; - e`lon qilingan bojxona qiymatiga aniqlik kiritish zaruriyati vujudga kelganida, bojxona organining ruxsati bilan o’zi deklarasiya bergan tovardan garov qo’yib yoki vakil 58 bankning kafolati ostida yoxud bojxona organi chiqargan tovarning bojxona bahosiga muvofiq bojxona to’lovlarini to’lab foydalanish; - bojxona qiymatini aniqlash xususida bojxona organi chiqargan qaror ustidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilish. Deklarant quyidagilarni amalga oshirishi shart: - bojxona organiga bojxona qiymatini e`lon qilish; - bojxona organining talabiga binoan bojxona qiymatini belgilashga doir ma`lumotlarni taqdim etish. Deklarant tomonidan e`lon qilingan tovarning bojxona qiymatiga aniqlik kiritilishi yoki bojxona organiga qo’shimcha axborot berilishi munosabati bilan yuzaga kelgan harakatlarni deklarant to’laydi. Tovarning bojxona bahosini aniqlash munosabati bilan uni bojxonada rasmiylashtirish muddatining uzayishidan deklarant bojni to’lash muddatini amalda kechiktirish uchun foydalanishi mumkin emas. Tovar uchun bojni hisoblab chiqarish, to’lash va undirish uning bojxona qiymati asosida respublikaning kodeksga muvofiq amalga oshiriladi. Boj respublika davlat byudjetiga o’tkaziladi. Bojxona bahosi respublikaning bojxona hududiga olib kirilgan tovarlar qiymatini bojxonada aniqlashning qonun hujjatlariga muvofiq qo’llaniladigan usullari tizimidir. Respublikaning bojxona hududidan olib chiqib ketiladigan tovarlarning bojxona qiymatini aniqlash tartibi respublika Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. 59 Olib kirilayotgan tovar yuzasidan tuzilgan bitimning qiymatiga qarab baholash tovarning bojxona bahosini chiqarishning asosiy usulidir. Agar asosiy usuldan foydalanib bo’lmasa, bojxona bahosini chiqarishning quyidagi usullarini birin-ketin qo’llaniladi: - aynan bir xil tovar yuzasidan tuzilgan bitim qiymatiga qarab baholash; - o’xshash tovar yuzasidan bitim qiymatiga qarab baholash; - qiymatlarni chegirib tashlash asosida; - qiymatlarni qo’shish asosida; - rezerv usul; Qiymatlarni chegirib tashlash va qiymatlarni qo’shish asosidagi usullar istalgan ketma-ketlikda qo’llanilishi mumkin. Agar baholanayotgan, aynan bir xil yoki o’xshash tovarlar o’zining dastlabki holati o’zgarmagan holda respublikasi hududiga sotilsa, qiymatlarni chegirib tashlash asosida bojxona bahosini chiqarish usulidan bojxona qiymatini aniqlash uchun asos sifatida foydalanilganda tovar birligining baholanayotgan, aynan yoki bir xil o’xshash tovarlar olib kelinganligi vaqtdan boshlab kamida 90 kundan keyin respublika hududida katta turkumlarda bitimning sotuvchi bilan o’zaro bog’liq bo’lmagan ishtirokchisiga sotilgan bahosi qo’llaniladi. Tovar birligining bahosidan quyidagi xarajatlar chegirib tashlanadi: - vositachilik haqi to’lashga qilingan xarajatlar, foydaga qo’yiladigan odatdagi ustamalar va olib kelingan bir xil klassdagi va turdagi tovarlarni respublikada sotish bilan bog’liq umumiy xarajatlar; 60 - tovarlar olib kirish yoki sotish munosabati bilan respublikada to’lanishi lozim bo’lgan import bojlari, soliqlar, yig’imlar va boshqa to’lovlar summasi. - respublikada transportda tashish, sug’urtalash, yuklash va tushirish uchun qilingan xarajatlar. Olib kirilayotgan vaqtda qanday holatda bo’lsa, shu holatda baholangan, aynan bir xil bo’lgan yoki o’xshash tovarlar sotilgan hollar mavjud bo’lmasa, deklarantning iltimosiga binoan u qayta ishlangan tovar birligining bahosidan foydalanishi mumkin.

Download 59.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling