Bojxona ishi fanidan mustaqil ish jahon savdo tashkiloti nima, a’zolari va istiqbollari


Jahon savdo tashkilotiga a’zo davlatlar va istiqbollari


Download 57.47 Kb.
bet2/3
Sana20.06.2023
Hajmi57.47 Kb.
#1633072
1   2   3
Bog'liq
Bojxona ishi Raxmatullayev

2.Jahon savdo tashkilotiga a’zo davlatlar va istiqbollari.
JSTning STAKdan farqi nafaqat a’zo mamlakatlar sonida (1994-yil yakunida STAKda 128ta, JSTda esa 2003 yilda 154), balki JST nizomida qo’llanishi ko’rsatilgan tijorat faoliyati va savdo siyosatini keng qamrab olganligida ko’rinadi. STAK faqat tovar savdosi masalalari bilan shug’ullangan, JST esa tovar va xizmatlar savdosi hamda intellektual mulk huquqi sadosini qamrab oladi.
JST Sekretariati Jeneva shahrida joylashgan va quyidagi asosiy funksiyalarni bajaradi: JSTni tashkil etuvchi ko’p tomonlama va har tomonlama bitmlarni boshqarish va amalga oshirish Ko’p tomonlama savdo muzokaralari uchun Forum Savdo bahslarini hal etib berish.
Milliy savdo siyosatini nazorat etish va jahon iqtisodiy siyosatini ishlab chiqishga jalb etilgan o’zga xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik
Bugungi kunda Jahon savdo tashkiloti (JST) davlatlar o‘rtasida xalqaro iqtisodiy munosabatlarni rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Xususan, hozirgi kunda jahondagi davlatlarining 164 tasi JST ga a’zo bo‘lib, jahon tovar aylanmasining 98,0 foizi uning ulushiga to‘g‘ri kelgan, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi tashqi savdo aylanmasining 97,0 foizi JSTga a’zo mamlakatlar hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasi yanada rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-4947-sonli Farmonida iqtisodiyotni liberallashtirish va soddalashtirish, eksport tarkibini va geografiyasini diversifikasiya qilish alohida qayd etilgan bo‘lib, O‘zbekistonning JSTga a’zo davlat sifatida kirishi bo‘yicha muzokaralarni olib borish bo‘yicha vazifalar belgilanib berildi.
Hozirgi kunda O‘zbekiston Respublikasining JSTga a’zo bo‘lishi tashqi iqtisodiy siyosatning asosiy ustuvor yo‘nalishlaridan biri bo‘lib, kelajakda mamlakatimiz iqtisodiyotini istiqboli aynan shu jarayonga bog‘liq.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining JSTga a’zo bo‘lishining obyektiv zaruratlari ham mavjud bo‘lib, ular quyidagilardan iborat:
O‘zbekistonning tashqi savdo hamkorlarining aksariyat qismi JSTga a’zo mamlakatlar ekanligi va bu davlatlar bilan savdo-iqtisodiy aloqalarda O‘zbekiston uchinchi davlat sifatida e’tirof etilishi, mamlakatimizdan eksport qilingan tovarlarga nisbatan yuqori boj stavkalari hamda notarif tartibga solish usullarining keng joriy etilishi mamlakat eksport salohiyatiga ta’sir etishi;
O‘zbekiston Respublikasini xalqaro savdo qoidalarini ishlab chiqishda ishtirok etmasligi va shu sababli tashqi savdo munosabatlarida muntazam ravishda boshqa davlatlarning diskriminasion siyosati qoidalariga duch kelishi kabilar.
O‘zbekiston Respublikasi JSTga qo‘shilish uchun uning kamida 15 ta bitimlarida aks ettirilgan majburiyatlarni bajarishni o‘z zimmasiga olishi talab qilinadi. Shu bilan birga, JST bitimlari keng qamrovli va murakkabdir, chunki ular keng doirada jahon savdosi masalalarini qamrab oluvchi yuridik hujjatlar hisoblanadi. Barcha bitimlar negizida a’zo mamlakatlar iqtisodiyotini rivojlantirishga qaratilgan quyidagi fundamental tamoyillar yotadi, jumladan:
1) Kamsitishlarsiz savdo tamoyili. Mamlakat o‘z savdo sheriklari hamda mamlakat va xorijiy tovarlar, xizmatlar va shaxslar o‘rtasida diskriminasiya o‘tkazmasligi kerak;
2) savdo to‘siqlarini bartaraf etish tamoyili. Muzokaralar o‘tkazish orqali mavjud savdo to‘siqlarini asta-sekin bartaraf etish;
3) prognoz qilinadigan savdo tamoyili. Xorijiy investorlar, kompaniya va hukumatlar savdo to‘siqlari (jumladan tariflar, notarif to‘siqlari va boshqalar) asossiz joriy etilmasligiga ishonch hosil qilishlari shart va bozorni erkinlashtirish majburiyatlari JST zimmasida bo‘ladi;
4) raqobatbardoshlikni takomillashtirish tamoyili. JST qoidalari eksportni subsidiyalash va demping kabi “adolatsiz” faoliyatlariga to‘sqinlik qiladi;
5) yetarli darajada rivojlanmagan davlatlar uchun qulay shart-sharoitlar tamoyili. Yetarli darajada rivojlanmagan, o‘tish davrida bo‘lgan davlatlarga maxsus rejimlar taqdim etiladi;
6) savdoni tarif usullari bilan tartibga solish tamoyili. Bu tamoyil JSTga a’zo davlatlar tashqi savdosini tartibga solishda notarif usullarni qisqartirib yoki yo‘q qilib, ko‘proq boj tarifi orqali tartibga solishga asoslanishni talab etadi;
7) savdo siyosatining halolligi tamoyili. Ushbu tamoyil davlatlararo savdo munosabatlarida nosog‘lom raqobatni inkor etib, sog‘lom raqobat asosida oldi-sotdi operasiyalarini amalga oshirishga undaydi;
8) savdo kelishmovchiliklarini konsultasiya va muzokaralar yordamida hal etish tamoyili. JSTga a’zo mamlakatlarning o‘zaro savdo- iqtisodiy munosabatlarida yuzaga keladigan har qanday kelishmovchiliklar faqatgina tinch yo‘llar bilan, muzokaralar orqali hal etiladi.
Yuqorida ko‘rsatilgan barcha tamoyillarda tashqi savdo bilan bog‘liq to‘siqlarni bartaraf etish, davlatlarda ishlab chiqarilgan tovarlar bo‘yicha adolatli raqobat muhitini shakllantirish, rivojlanmagan, o‘tish davrida bo‘lgan davlatlarga har jihatdan qulaylik berish ustuvor maqsad etib belgilangan.

Download 57.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling