Bojxona ishi fanidan mustaqil ish jahon savdo tashkiloti nima, a’zolari va istiqbollari


Download 57.47 Kb.
bet3/3
Sana20.06.2023
Hajmi57.47 Kb.
#1633072
1   2   3
Bog'liq
Bojxona ishi Raxmatullayev

Istiqbollari bugungi kunda savdo siyosati oldinda turadi va kambag’allikka qarshi kurash har qanday strategiyasining asosiy elementi hisoblanadi. Savdoni erkinlashtirishga intilish ham qotib holgan jarayon bo’lmay, so’ngi 50 yilda mamlakatlar rivoji tajribasining mukammal baholanganligiga asoslangan.
So’ngi ikki o’n yilda jahon iqtisodiyotiga integrasiyalashish darajasini oshirgan rivojlanayotgan mamlakatlar daromadlar o’sishi, umrning uzayishi va ta’limning yaxshilanishiga erishdilar. 3 milliard aholiga ega bu mamlakatlar 1990 yillarda kishi boshiga daromadning rivojlangan mamlakatlardagi 2%ga qiyosan o’rtacha 5%ga o’sishining guvohi bo’ldilar. Biroq, o’z iqtisodiyotlarining yuqori o’sishini amalga oshirgan va kishilarni kambag’allikdan «olib chiqqan» rivojlanayotgan mamlakatlar uchun umumiy muammolar mavjud. Ular o’z iqtisodiyotlarini quyidagi ikki maqsadga yo’naltirilgan rivojanishning ancha keng strategiyasi sifatida ochganlar: ishchi o’rinlarini tashkil etish maqsadida xususiy sektorning investision imkoniyatlarini takomillashtirish va kambag’allarga yordam berish orqali mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirishga ularni jalb etish.
Rivojlanishga bunday yondoshuv xususiy tadbirkorlar investision imkoniyatlarini takomillashtirishning bir mexanizmi sifatida savdoni erkinlashtirish rivojlanayotgan va sanoat mamlakatlari orasida qo’llab-quvvatlandi. JSTning barcha a’zo mamlakatlari, shu jumladan rivojlanayotganlari ham, Urugvay davrasi muzokaralari natijalari asosida o’z savdo tariflarini qisqartirdilar. Yevropa Ittifoqi «Quroldan o’zga Barchasi» shartnomasida bir tomonlama kam rivojlangan mamlakatlar uchun savdo to’siqlarini qisqartirdi. AQSh Afrikaning imkoniyatlari va o’sishi haqida Akt qabul qildi. 2001 yil noyabrida Doxada (Katar) JST a’zo mamlakatlari Doxa davrasi muzokaralarini boshladilar. Bu bilan ular kambag’allikka qarshi kurashda o’sishga erishish uchun boy mamlakatlar bozorlarini rivojlanayotgan mamlakatlar tovarlari uchun ancha ochiq bo’lishini, hamda rivojlanayotgan mamlakatlar ham o’z bozorlarini ochishlari va institusional muammo va masalalarni ko’rib chiqishlari kerakligini tan oldilar.
Doxada erishilgan yutuqlar rivojlanish uchun o’ziga xos imkoniyat hisoblanadi. Biroq, u maqsadga erishish uchun barcha mamlakatlardan sezilarli ishtirokni talab qiladi. Jumladan, har bir ishtirok etayotgan rivojlanayotgan mamlakat savdoni erkinlashtirish kambag’allik darajasini qisqartirish va iqtisodiyotning o’sishining milliy masalalariga qanday hissa qo’shishi borasida aniq tasavvurga ega bo’lishi kerak. Bunday strategik tushunish savdo muzokaralarida va fuqarolik jamiyatida qo’llab-quvvatlanishi kerak bo’ladi. Ayni paytda kambag’allik darajasini qisqartirishning o’rta muddatli maqsadlari muayyan davrda sanoatning ayrim sohalarini himoya qilishda hukumatlardan qo’llab-quvvatlashni talab qiladi.
Bunga qo’shimcha sifatida aksariyat mamlakatlar yangi chora-tadbirlar qo’llashga majbur bo’ladilar. Zamonaviy savdoning rivojlanishi nafaqat tariflar va kvotlar kabi boshqarish an’anaviy mexanizmlaridan bog’liq bo’ladi, balki o’z ichiga yaxshi yo’lga qo’yilgan savdo iqtisodiyotiga davlatning aralashish darajasi va infratuzilmaning o’rni kabi qo’shimcha savollarni qamrab oladi. Aksar rivojlanayotgan mamlakatlar an’anaviy tasavvurni nomaterial qadriyatlarni muzokaralar obyektiga aylantirish va milliy tovarlarni mukammallashtirish va yaxshilash borasida tadbirlar ishlab chiqish, sog’liqni saqlash va himoya standartlarini yaratish uchun himoya qilinuvchi vosita sifatida intellektual mulkni himoya qiluvchi rejimini tuzishlari shart; yoki xizmatlar savdosi doirasini ongli boshqarish uchun institutlarni kuchaytirish. Rivojlanayotgan mamlakatlar qisqa muddatlarda muzokaralarni samarali olib borishlari va kambag’allik darajasini kamaytirish maqsadi bo’yicha Bitmga mos kelishini ta’minlovchi mazkur majmua muammolarini yechish tajribasi bilan tanishib chiqishlari shart
Xulosa
O‘zbekiston Respublikasining JSTga a’zo bo‘lishi mamlakatimiz uchun quyidagi bir qator qulaylik va afzalliklarni keltirib chiqaradi, ular:
Tashkilotning barcha a’zo mamlakatlari bozorlariga kirish uchun teng huquqli imkoniyat paydo bo‘ladi;
investisiyaning barqarorligi ta’minlanadi;
raqobat muhiti yaxshilanadi va monopoliyaning oldi olinishiga erishiladi;
inflyasiya darajasi kamayadi;
eksportyorlarning tashqi savdoda huquqi himoya qilinadi;
savdo hamkorlari qabul qilingan xalqaro standartlar qoidalariga muvofiq milliy standartlarni ishlab chiqish eksportyorlarga chet el bozori talablariga moslashishda yordam beradi;
jahon miqyosidagi savdo siyosati bo‘yicha qarorlar qabul qilish jarayonida ishtirok etish huquqi beriladi, ya’ni tashkilot yig‘ilishida ishtirok etadigan har bir davlat o‘z ovoziga ega bo‘ladi.
Aksariyat manbalarda Jahon savdo tashkilotining yuqoridagi afzallik tomonlari bilan birga, uning bir nechta kamchiliklari ham bor, degan fikrlar mavjud. Tashkilot faoliyati bo‘yicha xalqaro ekspert Yovan Yekich o‘zining taqdimotlarida ushbu tanqidiy fikrlarning ayrimlari to‘g‘ri emasligini ma’lum qildi. Masalan, keng tarqalgan fikrlardan biri bu tashkilotga a’zo bo‘lgandan keyin import tariflari (boj)ning avtomatik ravishda pasayishi bilan bog‘liq. Ekspertning fikricha, aslida unday emas. Chunki bunday pasayish hamma tovarlar uchun tatbiq etilmaydi. Agar hozirgi paytda O‘zbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy faoliyat tovarlar nomenklaturasida 11295 nomdagi tovarlar mavjud bo‘lsa, ularning har biri bo‘yicha alohida muzokaralar olib boriladi. Maqsad – ta’sirchan tovarni aniqlash. Ya’ni shunday tovarlar borki, ularning boj stavkalari muayyan davlat iqtisodiyotiga hyech qanday salbiy ta’sir qilmaydi. Ikkinchidan, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari uchun subsidiya taqiqlanmagan, ammo a’zolikka qabul qilinishi jarayonida kelishilgan miqdordan oshmasligi lozim. Kichik davlat huquqi katta davlatlar huquqiga nisbatan kamroq ekanligi ham haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi, chunki har bir davlat teng ovozga ega va qarorlar kelishuv (konsensus) asosida qabul qilinadi. Har qanday davlat JST rahbar organining qarori o‘z manfaatiga mos kelmaydigan bo‘lsa, uni inkor qilishi mumkin. Tashkilot tarixida bunday holatlar kuzatilgan. Shuningdek, tashkilotda kam rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlarga yordam berish mexanizmi sifatida taraqqiyot dasturi mavjud bo‘lib, mazkur yo‘nalishdagi choralardan ko‘zlangan maqsad barcha a’zo mamlakatlar manfaatini himoya qilishga qaratilgan.
JSTning bosh g‘oyasi a’zo mamlakatlar o‘rtasida erkin savdo siyosatini olib borishga qaratilgan. Bundan asosiy maqsad tovarlar savdosida adolatli raqobat muhitini shakllantirish hisoblanadi. Shunga ko‘ra, O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lishidagi dastlabki ustuvor vazifa, milliy ishlab chiqarilgan mahsulotlarni import qilingan hamda tarif va notarif to‘siqlar qo‘yilmagan tovarlarga nisbatan raqobatbardoshligini oshirish hisoblanadi. Tovarlar ishlab chiqarish va sotilishidagi o‘zaro raqobat mamlakatimizni jahondagi ishlab chiqarishning innovasion texnologiyalarini qo‘llagan holda yanada rivojlanishga undaydi.
Mamlakatimizda JSTga a’zo bo‘lish jarayonlari 1994-yil dekabr oyidan boshlangan edi, ya’ni aynan o‘sha davrda O‘zbekiston Respublikasi ushbu tashkilotga to‘la huquqli a’zo bo‘lib kirish xaqida ariza bergan edi.
Tahlillar shuni ko‘rsatmoqdaki, ushbu tashkilotga kirish uchun o‘tgan davrda mamlakatimizda bojxonaga oid hujjatlarning asosiy qismi JSTning bitimlaridagi talablarga muvofiqlashtirilgan.
Hozirgi paytda davlatimizda bojxonaga oid hujjatlarning qolgan qismini muvofiqlashtirish uchun birinchi navbatda quyidagilar bo‘yicha me’yoriy-huquqiy bazani JSTning bitimlari talablariga moslashimiz kerak bo‘ladi:
Tovarlarni bojxona rasmiylashtiruvini tezlashtirish va tovarlarni erkin muomalaga chiqarigandan keyin bojxona qonun hujjatlariga va boshqa me’yoriy hujjatlarga to‘liq rioya etilishini ta’minlash maqsadida bojxona auditini qo‘llashni yanada takomillashtirish;
tovarlarni eksport va importga rasmiylashtirishda bojxona rasmiylashtiruvi bo‘yicha yig‘imlarni muvofiqlashtirish;
dastlabki qarorni qabul qilish mexanizmini joriy etish;
davlatlarning bojxona organlari tomonidan o‘zaro axborot almashish mexanizmini takomillashtirish;
bojxona rasmiylashtiruviga sarflanadigan vaqtni qisqartirish maqsadida raqamli bojxonani yanada rivojlantirish;
tovarlarga texnik talablarni amalga oshirishda xalqaro standart talablarini qo‘llash va boshqalar.
Xulosa qilib aytganda, O‘zbekiston Respublikasining JSTga a’zo bo‘lishi istiqbolda tashqi savdoni rivojlantirishda keng imkoniyatlar yaratadi va mamlakatimiz iqtisodiyotini jahon iqtisodiyotiga integrasiyalashuvida alohida ahamiyat kasb etadi.
Download 57.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling