Bojxona ishi fanidan mustaqil ish jahon savdo tashkiloti nima, a’zolari va istiqbollari
Download 57.47 Kb.
|
Bojxona ishi Raxmatullayev
- Bu sahifa navigatsiya:
- U.Raxmatullayev Qabul qildi: M.Boltaboyeva Farg‘ona-2023 REJA
FARG‘ONA DAVLAT UNIVERSITETI Sirtqi bo‘lim “Ijtimoiy-gumanitar fanlar” kafedrasi Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar) Bojxona ishi fanidan MUSTAQIL ISH Jahon savdo tashkiloti nima, a’zolari va istiqbollari Bajardi: 19/48-guruh U.Raxmatullayev Qabul qildi: M.Boltaboyeva Farg‘ona-2023 REJA: Kirish Jahon savdo tashkiloti nima Jahon savdo tashkiloti a’zolari va istiqbollari Xulosa KIRISh Xalqaro iqtisodiyotda ko’p tomonlama kelishilgan qoidalarga asoslangan ochiq savdo tizimining samarali faoliyat ko’rsatishi tamoyili judda sodda va sog’lom tijorat ma’nosiga tayanadi. Barcha mamlakatlar, shu jumladan kambag’allari ham, muayyan resurslarga - inson, sanoat, tabiiy, moliyaviy resurslariga ega bo’lib, ulardan ichki bozor yoki jahon bozorida sotish uchun tovar va xizmatlar ishlab chiqishda foydalanadilar. «Qiyosiy ustunlik» davlatlar nimani yaxshi ishlab chiqsalar shunga o’z aktivlari va diqqatlarini qaratish orqali foyda olishlari mumkunligi tushuniladi. Ichki bozordagi kompaniyalar uchun bu o’z-o’zidan ro’y beradi. Biroq bu masalaning bir tomoni. Masalaning ikkinchi tomoni - bu dunyo bozori. Ko’pchilik kompaniyalar bozor qanchalik katta bo’lsa samarali faoliyat ko’rsatish va ko’proq iste’molchilarga erishish rejasidagi keng miqyosli imkoniyatlarga ega bo’lishlarini tan oladilar. Boshqacha aytganda, tovar va xizmatlarni cheklamaydigan savdo siyosati sifatli dizayndagi va eng yaxshi narxlardagi eng sifatli mahsulot ishlab chiqarishni rag’batlantiradi. Biroq savdo yutug’i doimiy emas. Ayrim tovarlar raqobatbardoshligi bozorning o’zgarishi yoki ancha arzon va sifatli tovarlar ishlab chiquvchi yuksak texnologiyalarning joriy etilishi natijasida bir kompaniyadan ikkinchi kompaniyaga o’tishi mumkin. Tarix va tajriba ko’rsatmoqdaki, imkoniyatlarga ega ayrim mamlakatlar, aytaylik mehnat kuchi yoki tabiiy zaxiralarga sarf- xarajat borasida, iqtisodiyotlaridagi o’ziga xos taraqqiyot tufayli ayrim tovar va xizmatlar borasida noraqobatbardosh bo’lib qolishlari mumkin. Biroq, ochiq iqtisodiyot ta’sirida ular boshqa sohalarda raqobatbardosh bo’lib qoilshlari mumkin. Qanchalik savdo tizimi proteksionizm choralarini kam qo’llab faoliyat yuritsa firmalar o’z o’rinlarini saqlab qolishga qaratilgan yoki yangi mahsulotlar ishlab chiqishga intilib, yangi tovarlar ishlab chiqishda shunchalik iqtisodiy asoslangan qarorlar qabul qiladilar. Importni himoya qilish va doimiy davlat subsidiyasi bozorga eski, noraqobatbardosh tovarlar yetkazib beruvchi, foydasi kam kompaniyalarning paydo bo’lishiga olib keladi. Buning natijasida korxonalar yopilib, himoya va subsidiyalarga qaramay bandlik muammolari yuzaga chiqadi. Agarda o’zga davlatlar ham aynan mana shunday siyosat yuritsalar kontraktlar soni qisqaradi va jahon iqtisodiyoti rivojlanish darajasi kamayadi. JST (Jahon savdo tashkiloti) asosiy maqsadlaridan biri bunday o’zini-o’zi himoya qilishning oldini olish va proteksionizm qo’llanishini bekor qilishdan iborat. JST mamlakatlararo savdo qoidalarini boshqarib turuvchi yagona xalqaro tashkilot hisoblanadi. JST asosini bir guruh savdo mamlakatlari tomonidan kelishilgan va imzolangan bitimlar tashkil etadi. Bu bitimlar xalqaro tijorat uchun huquqiy tizimni taqdim etadilar. Ular muhim kelishilgan xujjatlar bo’lib, davlatlar o’z savdo siyosatlarini kelishilgan mezonlarda olib borishlarida mas’uliyat yuklaydi. bitimlar mamlakatlar hukumatlari tomonidan kelishilgan va imzolanganligini inobatga olgan holda, ularning maqsadi jahon bozorida muvofaqiyatli faoliyat yuritishda tovarlar va xizmatlar ishlab chiquvchilarga, eksporter va importerlarga ko’mak berishdir. Jahon savdo tashkiloti ko’p tomonlama savdo tizimining huquqiy va institutlashgan o’zagidir. U ichki savdo qonunchiligi va qoidalarini rivojlantirish va amalga oshirish uslublarini hukumatlarga belgilab, shartnomaviy majburiyat tamoyillarini taqdim qiladi. JSTga 1995 yil yanvarida asos solindi. 1993-yil 15-dekabrida mamlakatlar hukumatlari Urugvay Davrasi bo’yicha muzokaralarni tugatdilar va 1994-yil aprel oyida Marokash (Marokko) shahrida erishilgan natijalarni siyosiy qo’llashni ifoda etib, Yakunlovchi xujjatni imzoladilar. 1994-yil 15-apreldagi Marokash deklarasiyasida «Urugvay Davrasi natijalari jahon iqtisodiyotini mustahkamlaydi va butun dunyoda savdoni, investisiyalarni kengaytirib, ishchi kuchi bandligi, daromadlarning o’sishiga olib keladi», deb yozib qo’yilgan. Shu bilan birga u jamoaviy bahslar, muzokaralar va taqdimlash orqali mamlakatlar orasidagi savdo aloqalarini rivojlantiruvchi platforma hisoblanadi1. JST Urugvay Davrasi natijalari ifodasi hamda Tarif va Savdo bo’yicha umumiy bitm davomchisidir. Marrokkash deklarasiyasining kuchga kirishi JST yangi xalqaro tashkilot sifatida asos solindi. U JST bitmlariga qo’shilgan Tovarlar savdosi, Xizmatlar savdosi va intellektual mulk huquqi bilan bog’liq bo’yicha bitimlarning amalga oshirilishida ko’mak beradi. Bundan taqari, u bitimga ilova sifatida kiritilgan Savdo siyosatini yoritish mexanizmi bilan yuzaga chiquvchi ixtiloflarni bartaraf etish Shartnomasining qo’llanishini amalga oshiradi. Ko’p tomonlama savdo muzokaralari bo’yicha Urugvay Davrasi natijalarini o’zida mujassam etgan Yakunlovchi xujjat Jahon savdo tashkilotini tashkil etish bo’yicha bitimni o’z ichga oladi. JST Bitimiga to’rtta ilova o’zgartirishlar kiritilgan ikki matnni - 1947 yilda qabul qilingan Tarif va Savdo bo’yicha umumiy bitm va yangi bitimlar, jumladan, Xizmatlar savdosi va intellektual mulk huquqini himoya etish bitmlarini o’z ichiga olgadi . Birinchi Nizom tarkibida: 0 1A Ilova. Tovarlar savdosi haqida umumiy bitim. 0 1V Ilova. Xizmatlar savdosi haqida umumiy bitim. 0 1S Ilova. Savdo haqida bitim hamda intellektual mulk huquqi bilan bog’liq jihatlar (TYa1Rz). Ikkinchi Nizom ixtiloflarni bartaraf etishni nazorat etuvchi qoida va jarayonlar bo’yicha bitim. Uchinchi Nizom savdo siyosatini ko’rib chiqish mexanizmini o’z ichiga oladi. To’rtinchi Nizom JSTning barcha a’zo davlatlar tomonidan imzolangan ko’p tomonlama Savdo bitimini o’z ichiga oladi hamda «...ushbu bitmlarni qabul qilmagan a’zo mamlakatlarga hyech qanday majburiyat yoki huquq yuklamaydi» deb qayd etadi . To’rtta bitm: 0 Fuqarolik samoletlari savdosi haqida bitim. 0 Davlat ta’minotlari haqida bitim. 0 Sut mahsulotlari haqida xalqaro bitim. 0 Mol go’shti haqida bitim. Birinchi uch ilovada keltirilgan bitimlar barcha a’zo davlatlar uchun bog’lovchi vazifasini o’taydi (Har tomonlama savdo bitmlari), to’rtinchi ilovadagi bitm esa faqat imzo chekkan davlatlarnigina birlashtiradi (Ko’p tomonlama savdo bitmlari). Savdo va tariflar bo’yicha asosiy kelishuv (STAK)ning avvalgi nizomlari STAK Tovarlar savdosi haqida bitimga (1A Ilova) kiritilgan. Agar aniqroq aytadigan bo’lsak 1A Ilova STAKning 1994 yildagi nizomlarini (Urugvay Davrasigacha bo’lgan STAKning 1947 yildagi nizomi nazarda tutilayapti), jumladan maxsus protokol, qarorlar va tushunchalarni, o’z ichiga oladi. 1994 yildagi STAKning Tovarlar savdosi haqida bitim qarorlari JST bitmlari 1A Ilovasiga kiritilgan: Savdoda texnik to’siqlar haqida bitm Bojxona bahosi haqida bitm (1994 yildagi STAKning VII bandining bajarilishi) Kelib chiqish joyi haqida bitm. Importni lisenziyalash jarayonlari haqida bitm. Yuklashdan oldingi tekshirish haqida bitm. Himoya choralari haqida bitm. Sanitar va fitosanitar tadbirlarni qo’llash haqida bitm. Subsidiyalash va kompensasiyalash tadbirlari haqida bitm. Antidemping va kompensasion boj haqida bitim. (1994 yildagi STAKning VII bandining bajarilishi) Sado bilan bog’liq investision tadbirlar haqida bitim. Tekstil va kiyim haqida bitim. Qishloq xo’jaligi haqida bitim. Download 57.47 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling