Bojxona ishi rivojlanishining jahon tajribasi. Markaziy osiyoda bojxona ishi Reja
Bojxona ishi rivojlanishining jahon tajribasi markaziy osiyo bojxona ishi
Download 26.97 Kb.
|
Bojxona ishi rivojlanishining jahon tajribasi. Markaziy osiyoda bojxona ishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bojxona ishi A. Temuriy davridagi rivojlanishi
Bojxona ishi rivojlanishining jahon tajribasi markaziy osiyo bojxona ishi
Mamlakatimizda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda, Oʻzbekiston Respublikasi davlat bojxona xizmati organlari (keyingi oʻrinlarda – bojxona organlari) faoliyati samaradorligini oshirishga qaratilgan izchil islohotlar amalga oshirilmoqda. Jahon savdo tashkiloti, Jahon bojxona tashkiloti va boshqa xalqaro tashkilotlarning standartlari va tavsiyalarini milliy qonunchilikka implementatsiya qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bojxona maʼmuriyatchiligini takomillashtirish va bojxona tartib-taomillarini soddalashtirishni talab etadi. Shu bilan birga, “qogʻozsiz va elektron bojxona” lozim darajada rivojlanmayapti, kontrabanda, kontrafakt mahsulotlarni olib oʻtish, korrupsiya, noqonuniy valyuta operatsiyalari va bojxona toʻlovlarini toʻlashdan boʻyin tovlashga qarshi kurashish usullari bojxona maʼmuriyatchiligining zamonaviy va sinovdan oʻtkazilgan usullarini qoʻllashni talab etmoqda. O'tgan davrda bojxona organlari faoliyatini yanada samarali tashkil qilish hamda tovar va transport vositalarini bojxona chegaralari orqali olib o'tishda qulay sharoitlar yaratish borasida ham quyidagi islohotlar amalga oshirildi. Xususan: bojxona organlari faoliyatini tizimli tarzda rivojlantirish uchun 2020-2023 yillarga mo'ljallangan Kontseptsiya va "Yo'l xaritasi" tasdiqlandi; O'zbekiston Respublikasida TIR-karnet kitobchalari asosida tashuvlarni elektron rasmiylashtirishni nazarda tutuvchi "E-TIR" loyihasi sinov tariqasida amaliyotga joriy etildi. Mazkur xalqaro loyiha bojxona rasmiiylashtiruvini yengillashtirish orqali tashqi savdoni jadallashtirish imkonini berib, ayni shu jihati bilan barcha tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilarining manfaatlariga birdek xizmat qilmoqda. Mamlakatimizning qo'shni davlatlar bilan chegarada joylashgan bojxona postlari o'tkazuvchanligini oshirish va infratuzilmasini yanada yaxshilashni taqozo etadi. Shu maqsadda "Ayritom", "Olot", "Yallama", "Farg'ona", "G'ishtko'prik" chegara bojxona postlari yangicha zamonaviy qiyofa kasb etib, dunyoning ilg'or texnologiyalari bilan jihozlandi. Bojxona tartib-taomillarini yanada soddalashtirish, bojxona tizimida raqamli texnologiyalarni keng qo'llash orqali inson omilini kamaytirish, bojxona nazorati shakllarini xavflarni boshqarish printsiplariga asoslangan zamonaviy axborot - kommunikatsiya texnolologiyalari imkoniyatlaridan keng foydalanish orqali "Raqamli bojxona"ga o'tish borasidagi ishlar izchillik bilan davom ettirilmoqda. Raqamlashtirish tufayli barcha tartib-qoidalar onlayn tarzda, qog'ozsiz savdo ko'rinishida amalga oshirilmoqda. Bojxona ishi A. Temuriy davridagi rivojlanishi 13-14 asrlarda buyuk ajdodimiz Sohibqiron Amir Temur tomonidan poytaxti Samarqand shahri boʻlgan ulkan markazlashgan davlatga asos solinishi milliy bojxona tizimi tarixida ham muhim oʻrin tutadi. Temuriylar davlatining xaritasini kuzatar ekansiz, uning hududi Hindiston hamda Xitoydan Qora dengizga qadar, Sirdaryo va Orol dengizidan Fors qoʻltigʻiga qadar gʻoyat katta hududni qamrab olganligiga guvoh boʻlishadi. Darhaqiqat, Temur davlati tarkibiga Kichik Osiyo, Suriya, Misr va shimoliy gʻarbda Quyi Volga, Don boʻylari, shimoliy-sharqda Balxash koʻli va Ili daryosigacha, janubiy-sharqda esa Shimoliy Hindistongacha boʻlgan mamlakatlar qarashli boʻlgan. Oʻsha davrda Yevropa, Osiyo va yaqin Sharq davlatlari bilan savdo-sotiq ishlari olib borilgan. Davlat chegaralari yaqinida qurilgan karvonsaroylarda karvonlar kutib olingan. Karvonsaroylarda tovarlar koʻzdan kechirilib, boj undirilgan. Boj toʻlangan yuklarga tamgʻa bosib berilgan. Ushbu boj toʻlanganligini bildiruvchi tamgʻa bosish amaliyoti Amir Temur davrida keng tarqalgan. Ayrim manbalarda “tamgʻa” soʻzidan rus tilidagi “tamojnya” soʻzi kelib chiqqanligi qayd etilgan. Yaʼni, boj undirib, tamgʻa qoʻyishni “tamjit”, bu ishni amalga oshiradigan joyni “tamojnya” deb yuritishgan. Amir Temur barpo etgan davlatning qudrati Fransiya, Angliya, Genuya, Vizantiya, Ispaniya kabi davlatlar hukmdorlarining Sohibqiron bilan siyosiy, iqtisodiy, savdo aloqalari oʻrnatishga intilishlariga sabab boʻlgan. Shu bois ular Sohibqiron huzuriga muntazam elchilar yuborib turishgan. Jumladan, 1404-yili Kastiliya (Ispaniya) qiroli Genrix III elchisi Rui Gonsales de Klavixo Samarqandga tashrif buyurib, bir muncha muddat yashagan va “Temur saroyiga sayyohat” nomli esdaliklarini yozgan. Ushbu esdaliklarda: “Temur darvozasi” deb atalgan, saltanat hududiga kirishda bojxona maskani vazifasini bajargan ikki joy toʻgʻrisida ham soʻz yuritgan. Jumladan, “...Amir Temur uchun bular, ayniqsa, daromadli manba edi. Bularning bittasi Kavkaz tizmasining sharqiy togʻ tizmasida, Kaspiyga tushadigan Darbandda joylashgan boʻlib, ikkinchisi esa Samarqand va Balx oʻrtasidagi togʻ tizmasida, Shahrisabzdan ikki kunlik yoʻlda joylashgan yerda edi.”- deb koʻrsatgan. Sohibqironning uchinchi oʻgʻli, Gʻarbiy Eron, Iroq va Ozarbayjon hokimi Mironshoh esa Fransiya, Angliya kabi mamlakatlar hukmdorlari bilan diplomatik maktublar yozishib turgan. Ularning ayrimlari hozirda Britaniya muzeyi va Parij Milliy kutubxonasida saqlanmoqda. Sohibqiron davrida saltanat hududidagi Buxoro, Shahrisabz, Toshkent kabi koʻplab shaharlar savdo-sotiq va turli hunarmandchilik mahsulotlari ishlab chiqarish markazlari sifatida mashhur boʻlgan. Ishlab chiqarilgan tovarlar chet ellarga ham sotilgan va xorijdan turli xil tovarlar olib kelingan. Boshqa mamlakatlar bilan savdo-sotiqning kengayishi oʻz navbatida bojxona tizimining ham takomillashuviga olib kelgan. Download 26.97 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling