''Bojxona nazorati” kafedrasi tomonidan 1-kurs “Bojxona ishi” ta`lim yo`nalishi kursantlarining 2019-2020 o`quv yili yakunida tanishuv amaliyotini o`tashi uchun masofaviy ishlash maqsadida tuzilgan amaliy topshiriq savollari: Bajardi


Download 23.48 Kb.
Sana29.10.2020
Hajmi23.48 Kb.
#137961
Bog'liq
16 dan 26 gacha


''Bojxona nazorati” kafedrasi tomonidan 1-kurs “Bojxona ishi” ta`lim yo`nalishi kursantlarining 2019-2020 o`quv yili yakunida tanishuv amaliyotini o`tashi uchun masofaviy ishlash maqsadida tuzilgan amaliy topshiriq savollari:

Bajardi: 519 – guruh kursanti Boymirzayev Komronbek Musurmon o`g`li.

Tekshirdi: Bojxona xizmati kapitani Azizov Sherzod

SAVOLLAR:

16. O`zbekiston Respublikasining “Davlat bojxona xizmati to`g`risida”gi Qonunga muvofiq,

bojxona organlari xodimlari tomonidan jismoniy kuch ishlatish nima va qanday maqsadda

qo`llaniladi, nima uchun shunday, izohlang?

17. O`zbekiston Respublikasining “Davlat bojxona xizmati to`g`risida”gi Qonunga muvofiq,

bojxona organlari xodimlari tomonidan ishlatiladigan maxsus vositalar nima va qanday

maqsadda qo`llaniladi, nima uchun shunday, izohlang?

18. O`zbekiston Respublikasining “Davlat bojxona xizmati to`g`risida”gi Qonunga muvofiq,

bojxona organlari xodimlari tomonidan ishlatiladigan o`qotar qurollar qanday maqsadda,

qachon qo`llaniladi va nima uchun shunday, izohlang?

19. O`zbekiston Respublikasining “Davlat bojxona xizmati to`g`risida”gi Qonunga muvofiq,

bojxona organlarida xizmatga qabul qilish va xizmatni o`tash tartibi xaqida batafsil

ma`lumot bering.

20. O`zbekiston Respublikasining “Davlat bojxona xizmati to`g`risida”gi Qonunga muvofiq,

bojxona organlari xodimlari deganda kimlar tushuniladi?



21. O`zbekiston Respublikasining “Davlat bojxona xizmati to`g`risida”gi Qonunga muvofiq,

bojxona organlari xodimlariga maxsus unvonlar berish tartibi to`g`risida batafsil ma`lumot

bering.

22. O`zbekiston Respublikasining “Davlat bojxona xizmati to`g`risida”gi Qonunga muvofiq,

bojxona organlari xodimlarining ijtimoiy himoyasi to`g`risida batafsil ma`lumot bering.



23. O`zbekiston Respublikasining “Davlat bojxona xizmati to`g`risida”gi Qonunga muvofiq,

bojxona organlari xodimlarining xizmatni o`tash rejimi to`g`risida batafsil ma`lumot

bering.

24. O`zbekiston Respublikasining “Davlat bojxona xizmati to`g`risida”gi Qonunga muvofiq,

bojxona organlari xodimlarining attestasiyasi to`g`risida batafsil ma`lumot bering.



25. Bojxona posti o`zi nima va uni tashkil qilish tartibi to`g`risida tushunchalaringiz.

26. Chegara bojxona posti, uning turlari va toifalari haqida ma`lumot bering.

Javoblar:

16. «DAVLAT BOJXONA XIZMATI TO'G'RISIDA»GI QONUNING 3 BOB 10-moddasi Jismoniy kuch ishlatish.

Agar kuch ishlatilmaydigan usullar bojxona organi xodimining zimmasiga yuklatilgan

majburiyatlarning bajarilishini ta'minlamasa, u shaxsan o'zi yoki bo'linma (guruh) tarkibida:

bojxona organlarining qo'riqlanadigan ob'ektlarini, o'qotar qurolni va uning o'q-dorilarini,

portlovchi moddalarni, transport vositalarini egallab olishga bo'lgan urinishlarga chek qo'yish

uchun;


fuqaroga yoki bojxona organining xodimiga qilingan hujumni qaytarish uchun;

qurolli qarshilik ko'rsatishi mumkin bo'lgan shaxsni ushlash, olib borish, qo'riqlab borish va

qo'riqlash uchun, shuningdek uning qochishga urinishini, atrofdagilarga yoki o'ziga zarar

yetkazishini bartaraf etish maqsadida;

bojxona organi xodimining qonuniy talablariga qarshilik ko'rsatishni bartaraf etish uchun

jismoniy kuch ishlatish huquqiga ega bo'ladi.

Homiladorlik belgilari sezilib turgan ayollarga, nogironlik belgilari ko'rinib turgan

shaxslarga, yoshi aniq ko'rinib turgan yoki ma'lum bo'lgan voyaga yetmaganlarga nisbatan jismoniy

kuch ishlatish taqiqlanadi, bundan ularning qurolli qarshilik ko'rsatganligi, fuqarolarning

yoxud bojxona organi xodimining hayoti va sog'lig'iga tahdid etib, hujum qilganligi hollari

mustasno.

17. «DAVLAT BOJXONA XIZMATI TO'G'RISIDA»GI QONUNING 3 BOB 11-moddasi Maxsus vositalarni

qo'llash.

Bojxona organi xodimi xizmat majburiyatlarini bajarish chog'ida maxsus vositalarni: xonalarni

ochib kirish va transport vositalarini majburiy to'xtatish qurilmalarini, qo'lkishanlarni,

rezina tayoqlarni, ko'zdan yosh oqizuvchi moddalarni, shuningdek boshqa maxsus vositalarni va

texnikani qo'llash huquqiga quyidagi hollarda ega bo'ladi:

fuqarolarga yoki bojxona organlarining xodimlariga qilingan hujumni qaytarish uchun;

bojxona organlariga tegishli yoki ularning foydalanishida bo'lgan xonaga, binoga (imoratga,

inshootga), transport vositasiga, bojxona nazorati ostidagi tovarlarga va transport

vositalariga qilingan hujumni qaytarish, xuddi shuningdek ushbu ob'ektlar egallab olingan

taqdirda, ularni ozod qilish uchun;

bojxona organi xodimiga ko'rsatilayotgan jismoniy qarshilikni bartaraf etish uchun;

huquqbuzarlarni ushlash, ularni bojxona organiga yoxud huquqni muhofaza qiluvchi boshqa organga

olib borish uchun, agar mazkur shaxslar jismoniy yoki o'zgacha qarshilik ko'rsatayotgan bo'lsa;

transport vositasini to'xtatish uchun, agar mazkur transport vositasi bojxona ishi sohasidagi

huquqbuzarlik ob'ekti ekanligi xususida asoslar mavjud bo'lsa.

Homiladorlik belgilari sezilib turgan ayollarga, nogironlik belgilari ko'rinib turgan

shaxslarga, yoshi aniq ko'rinib turgan yoki ma'lum bo'lgan voyaga yetmaganlarga nisbatan maxsus

vositalarni qo'llash taqiqlanadi, bundan ularning qurolli qarshilik ko'rsatganligi va (yoki)

fuqarolarning yoxud bojxona organi xodimining hayoti va sog'lig'iga tahdid etib, guruh bo'lib

hujum qilganligi hollari mustasno.

Odamning boshiga, bo'yniga, o'mrov suyagiga, qorniga, jinsiy a'zolariga, yurak sohasiga rezina

tayoq bilan zarbalar berish taqiqlanadi.

Bojxona organlari xodimlari qo'llaydigan maxsus vositalarning ro'yxati O'zbekiston

Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.

18. «DAVLAT BOJXONA XIZMATI TO'G'RISIDA»GI QONUNING 3 BOB 12-moddasi O'qotar qurolni qo'llash.

Bojxona organlari xodimlari o'qotar qurolni faqat quyidagi hollarda eng so'nggi chora

sifatida qo'llash huquqiga ega:

fuqarolarni boshqa usullar yoki vositalar bilan himoya qilish imkoni bo'lmaganda — ularni hayoti

va sog'lig'iga tahdid soluvchi hujumdan himoya qilish uchun;

bojxona organi xodimlari kontrabandaga va boshqa jinoyatlarga qarshi kurashish bo'yicha xizmat

majburiyatlarini bajarayotganda — o'zlarining hayoti va sog'lig'iga tahdid soluvchi qurolli hamda

boshqa hujumlarni qaytarish uchun;

bojxona organi tomonidan qo'riqlanayotgan ob'ektlarga, binolarga (imoratlarga, inshootlarga)

qurolli hujumlarni qaytarish uchun;

bojxona organi xodimining qurolni va uning o'q-dorilarini, portlovchi moddalarni, portlovchi

moslamalarni, zaharli yoki radioaktiv moddalarni topshirish to'g'risidagi qonuniy talablariga

bo'ysunishni rad etayotgan shaxsni ushlash uchun;

qurolli qarshilik ko'rsatayotgan shaxsni ushlash uchun, agar qo'llanilayotgan usullar va vositalar

qarshilikni samarali qaytarish, shaxsni ushlash yoki qurolsizlantirish imkonini bermasa;

agar transport vositasini boshqarayotgan shaxs bojxona organi xodimining to'xtash to'g'risidagi

qonuniy talablariga bo'ysunmasdan fuqarolar hayoti va sog'lig'iga tahdid qilsa, shuningdek uni

ushlashning boshqa imkoniyatlari mavjud bo'lmagan taqdirda.

O'qotar qurol qo'llanilishidan avval uni qo'llash niyati haqida aniq ifodalangan ogohlantirish

bo'lishi kerak.



O'qotar qurol quyidagi hollarda ogohlantirishsiz qo'llanilishi mumkin:

qo'qqisdan qurolli hujum qilinganda, shuningdek harbiy texnika, transport vositalari, uchish

apparatlari, daryo kemalaridan foydalanib hujum qilinganida;

transport vositalaridan foydalangan holda kontrabanda ashyolarini noqonuniy olib o'tgan va

boshqa jinoyatlarni sodir etgan qurollangan shaxslar qochganda.

O'qotar qurol qo'llanadigan barcha hollarda bojxona organi xodimi atrofdagi odamlar

xavfsizligini ta'minlash uchun barcha mumkin bo'lgan zarur choralarni ko'rishi, zarur hollarda

esa jabrlanganlarga birinchi yordam ko'rsatishi shart.

Homiladorlik belgilari sezilib turgan ayollarga, nogironlik belgilari ko'rinib turgan

shaxslarga, yoshi aniq ko'rinib turgan yoki ma'lum bo'lgan voyaga yetmaganlarga nisbatan o'qotar

qurolni qo'llash taqiqlanadi, bundan ularning qurolli hujum qilganligi, fuqarolarning yoxud

bojxona organi xodimining hayoti va sog'lig'iga tahdid etib, qurolli qarshilik ko'rsatganligi,

quroldan foydalanib transport vositasini egallab olganligi yoki guruh bo'lib hujum

qilganligi hamda bunday hujumni boshqa usullar va vositalarni qo'llash yo'li bilan qaytarish

imkoni bo'lmagan hollar mustasno.

Bojxona organlari foydalanadigan o'qotar qurol va uning o'q-dorilari turlarining ro'yxati

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi. Ushbu ro'yxatga kirmaydigan

o'qotar qurol va uning o'q-dorilari bilan bojxona organlarini qurollantirish hamda ulardan

foydalanish taqiqlanadi

19. «DAVLAT BOJXONA XIZMATI TO'G'RISIDA»GI QONUNING 4 BOB 13-moddasi Bojxona organlarida

xizmatga qabul qilish va xizmatni o'tash

Bojxona organlaridagi xizmatga fuqarolarni qabul qilish, lavozimga tayinlash, ularning

bojxona organlaridagi xizmatda ko'tarilishi va boshqa lavozimga o'tishi ushbu fuqarolarning

jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e'tiqodi, shaxsi va ijtimoiy

mavqeidan qat'i nazar amalga oshiriladi.

Bojxona organlaridagi xizmatga, o'n yetti yoshdan kichik va o'ttiz yoshdan katta bo'lmagan, shu

jumladan o'ttiz yoshda bo'lgan, tegishli darajadagi ma'lumotga ega bo'lgan, o'zining shaxsiy va

ishchanlik fazilatlariga, sog'lig'ining holati va jismoniy tayyorgarligiga ko'ra bojxona organi

xodimining xizmat majburiyatlarini bajarishga qodir bo'lgan O'zbekiston Respublikasi

fuqarolari ixtiyoriy asosda qabul qilinadi.

Erkaklar bojxona organlaridagi xizmatga muddatli harbiy xizmatni yoki safarbarlik chaqiruvi

rezervidagi harbiy xizmatni yoxud oliy o'quv yurtlarida harbiy tayyorgarlikni o'tagan taqdirda

qabul qilinadi.

Alohida hollarda, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni, qarori yoki farmoyishi,

shuningdek roziligi yoki O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori yoxud

O'zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo'mitasi raisining buyrug'i asosida boshqa davlat

organlari va tashkilotlardan xodimlar ushbu moddaning ikkinchi va uchinchi qismlarida

ko'rsatilgan talablarni inobatga olmagan holda bojxona organlaridagi xizmatga qabul

qilinishi mumkin.

Muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topilgan, xizmatni o'tashga to'sqinlik

qiladigan kasalligi yoki jismoniy nuqsonlari bo'lgan, boshqa davlat organlaridan salbiy

sabablarga ko'ra bo'shatilgan fuqarolar, shuningdek sodir etgan jinoyati uchun qo'llanilgan jazo

turidan, sudlanganlik holati tugatilgan yoki olib tashlangan va o'ziga nisbatan amnistiya akti

yoki afv etish qo'llanilganidan qat'i nazar, ilgari hukm qilingan fuqarolar bojxona

organlaridagi xizmatga qabul qilinishi mumkin emas.

Bojxona organlaridagi lavozimlar quyidagicha to'ldiriladi:

ofitserlar tarkibi — Bojxona instituti bitiruvchilari va oliy ma'lumotga ega bo'lgan

O'zbekiston Respublikasi fuqarolari bilan;

serjantlar tarkibi — o'rta, o'rta maxsus, kasb-hunar va oliy ma'lumotga ega bo'lgan

O'zbekiston Respublikasi fuqarolari bilan.

O'zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining zaxiradagi ofitserlarini bojxona organlarining

serjantlar tarkibi lavozimlariga tayinlashga yo'l qo'yilmaydi.

Bojxona organlari xodimlari O'zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo'mitasi raisining

buyruqlari bilan tegishli vazirliklar, davlat qo'mitalari va idoralar bilan kelishuvga ko'ra

O'zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlariga, Davlat xavfsizlik xizmatining, Favqulodda

vaziyatlar vazirligining, Milliy gvardiyaning qo'shinlari va organlariga, O'zbekiston

Respublikasi Prezidenti qaroriga binoan tuziladigan harbiylashtirilgan tuzilmalarga,

shuningdek ichki ishlar organlariga o'tkazilishi va ular shaxsiy tartibda haqiqiy harbiy

xizmatga yoki bojxona organlarida xizmatni davom ettirish uchun tayinlanganligi munosabati

bilan qaytarib o'tkazilishi mumkin.

Chaqiriluvchi bo'lgan, bojxona organlariga xizmatga qabul qilingan harbiy xizmatga majbur

O'zbekiston Respublikasi fuqarolari harbiy hisobdan chiqariladi va O'zbekiston Respublikasi

Davlat bojxona qo'mitasining maxsus hisobida turadi. Xizmatdan bo'shatilgan xodimlar

O'zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligida harbiy hisobga qo'yiladi.

20. «DAVLAT BOJXONA XIZMATI TO'G'RISIDA»GI QONUNING 4 BOB 14-moddasi Bojxona organlarining

xodimlari

Bojxona organlarida xizmat qilayotgan, maxsus unvon berilgan O'zbekiston Respublikasi

fuqarosi bojxona organining xodimidir.

Bojxona organlari xodimlarining formali kiyim-bosh namunalari O'zbekiston Respublikasi

Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi.

Bojxona organi xodimiga xizmat guvohnomasi va shaxsiy raqamli jeton beriladi.

Bojxona organining xodimi xizmatni o'tash davrida siyosiy partiyalar a'zosi bo'la olmaydi.



21. «DAVLAT BOJXONA XIZMATI TO'G'RISIDA»GI QONUNING 4 BOB 16-moddasi Bojxona organlari

xodimlariga maxsus unvonlar berish, bu unvonlarni pasaytirish va ulardan mahrum qilish

Bojxona organlari xodimlariga quyidagi maxsus unvonlar beriladi:

serjantlar tarkibi;

-bojxona xizmati kichik serjanti,

-bojxona xizmati serjanti,

-bojxona xizmati katta serjanti;



ofitserlar tarkibi:

kichik ofitserlar tarkibi

-bojxona xizmati leytenanti,

-bojxona xizmati katta leytenanti,

-bojxona xizmati kapitani;



katta ofitserlar tarkibi

-bojxona xizmati mayori,

-bojxona xizmati podpolkovnigi,

-bojxona xizmati polkovnigi;



generallar tarkibi:

-bojxona xizmati general-mayori,

-bojxona xizmati general-leytenanti,

-bojxona xizmati general-polkovnigi.

Bojxona organlarining serjantlar tarkibi lavozimlariga qabul qilingan nomzodlarga ularni

lavozimga tayinlash bilan bir vaqtda «kichik serjant» maxsus unvoni beriladi.

Bojxona organlarining ofitserlar tarkibi lavozimlariga qabul qilingan nomzodlarga ularni

lavozimga tayinlash bilan bir vaqtda «katta serjant» maxsus unvoni berilib, ular bu unvonda

dastlabki sinov muddati tugab, birinchi ofitserlik unvoni berilguniga qadar xizmat qiladi.

Bojxona organi xodimining dastlabki sinov muddati uch oyni tashkil etadi.

O'zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari zaxirasidagi ofitserlar bo'lgan va bojxona

organlarining ofitserlar tarkibi lavozimlariga qabul qilingan nomzodlarga mavjud harbiy

unvoniga teng maxsus unvon beriladi.

Bojxona organlarining katta ofitserlar tarkibigacha bo'lgan maxsus unvonlar, shu jumladan

katta ofitserlik unvonlari ham O'zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo'mitasi raisining

buyrug'i bilan beriladi.

Ayrim hollarda, ilmiy darajasi yoki faoliyatning tor ixtisoslik turlari bo'yicha ko'p yillik

stajga va ish (xizmat) tajribasiga ega bo'lgan fuqarolarni bojxona organlarining ofitserlar

tarkibi lavozimlariga tayinlash chog'ida ularga birinchi unvon sifatida «mayor» maxsus

unvonigacha bo'lgan unvon, shu jumladan «mayor» maxsus unvoni ham berilishi mumkin.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni, qarori, farmoyishi asosida yoki uning

roziligi bilan generallar tarkibi lavozimlariga bojxona organlaridagi xizmatga yuborilgan,

maxsus, harbiy va boshqa unvoni bo'lmagan shaxslarga «polkovnik» maxsus unvonigacha bo'lgan

unvon, shu jumladan «polkovnik» unvoni ham berilishi mumkin.

«Leytenant» maxsus unvoni quyidagilarga beriladi:

bojxona organlarining ofitserlar tarkibi lavozimlariga qabul qilingan, sinov muddatini

muvaffaqiyatli o'tagan shaxslarga;

bojxona organlarining serjantlar tarkibidan ofitserlar tarkibi lavozimlariga tayinlangan

shaxslarga;

Bojxona instituti bitiruvchilariga.

Bojxona organlari generallar tarkibining maxsus unvonlari O'zbekiston Respublikasi

Prezidenti tomonidan beriladi.



Maxsus unvonda xizmatni o'tash uchun quyidagi muddatlar belgilanadi:

«kichik serjant» — ikki yil;

«serjant» — ikki yil;

«katta serjant» — muddatsiz;

«leytenant» — ikki yil;

«katta leytenant» — ikki yil;

«kapitan» — uch yil;

«mayor» — to'rt yil;

«podpolkovnik» — besh yil.

«Polkovnik» va undan yuqori maxsus unvonlarda xizmatni o'tash muddatlari belgilanmaydi.

Navbatdagi maxsus unvonlar ushbu moddaning o'n birinchi qismi bilan belgilangan xizmat

muddatini o'tagan bojxona organlari xodimlariga, ular egallab turgan lavozim bo'yicha nazarda

tutilgan unvonga muvofiq beriladi.

Tegishli maxsus unvonda bo'lishning belgilangan muddati o'tgan bojxona organi xodimi ilgari

egallab turgan lavozimidan yuqori maxsus unvonni nazarda tutadigan lavozimga

o'tkazilayotganda navbatdagi maxsus unvonni berish uchun taqdim etiladi.

Bojxona organi xodimining maxsus unvoni pasaytirilgan taqdirda, uning avvalgi unvoni qayta

tiklanguniga qadar o'tagan xizmat muddati navbatdagi unvonni berish muddatiga qo'shilmaydi.

Xizmat majburiyatlarini namunali bajarayotgan, xizmat burchini bajarishda fidoyilik va

qahramonlik ko'rsatgan bojxona organlari xodimlariga bojxona organlari ofitserlar

tarkibining maxsus unvonini muddatidan ilgari berish tarzida yoki egallab turgan lavozimi

bilan nazarda tutilganidan bir pog'ona yuqori navbatdagi maxsus unvon berish tarzida

rag'batlantirish chorasi ularning bojxona organlaridagi butun xizmati davrida faqat bir

marotaba qo'llanilishi mumkin.

Bir vaqtning o'zida muddatidan ilgari maxsus unvon hamda egallab turgan lavozimi bilan

nazarda tutilganidan bir pog'ona yuqori navbatdagi maxsus unvon berilishiga yo'l qo'yilmaydi.

Pensiya olish huquqini, shuningdek navbatdagi maxsus unvonni berish imkonini beradigan xizmat

yillariga ega bo'lgan, egallab turgan lavozimi bo'yicha eng yuqori maxsus unvoni «kapitan»

etib belgilangan, ishda ijobiy tavsiflanadigan bojxona organlarining ofitserlar tarkibidagi

xodimlariga xizmatdan bo'shatish bilan bir vaqtda «mayor» maxsus unvoni berilishi mumkin.

Bojxona organlari xodimlariga navbatdagi maxsus unvonlarni berish quyidagi hollarda

kechiktiriladi:

xodim O'zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo'mitasi ixtiyorida bo'lganda;

xodimda amaldagi intizomiy jazo chorasi mavjud bo'lganda;

xodim navbatdagi attestatsiyadan shartli ravishda o'tganida;

xodimga nisbatan jinoyat ishi qo'zg'atilganda;

xodim egallab turgan lavozimidan intizomiy jazo chorasi sifatida ozod etilganda va boshqa

lavozimga o'tkazilganda — lavozimidan ozod etilgan kundan e'tiboran bir yil davomida.

Bojxona organlarining ofitserlar tarkibidagi xodimlariga maxsus unvonini bir pog'ona

pasaytirish tarzidagi intizomiy jazo berilishi mumkin. Bunda pasaytirish «leytenant» maxsus

unvonigacha amalga oshirilishi mumkin. Maxsus unvonni pasaytirish tarzidagi intizomiy jazo

berish faqat O'zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo'mitasi raisi tomonidan amalga

oshiriladi.

Bojxona organi xodimining avvalgi unvoni tiklanguniga va unga navbatdagi unvon berilguniga

qadar maxsus unvonni takroran pasaytirishga yo'l qo'yilmaydi.

Maxsus unvoni pasaytirilgan bojxona organi xodimining avvalgi unvoni, egallab turgan

lavozimidan qat'i nazar, unvoni pasaytirilgan kundan e'tiboran bir yil o'tgach O'zbekiston

Respublikasi Davlat bojxona qo'mitasi raisi tomonidan tiklanishi mumkin.

Bojxona organlarining generallar tarkibidagi xodimlarining maxsus unvonlarini pasaytirish

va tiklash O'zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan amalga oshiriladi.

Maxsus unvoni pasaytirilgan va so'ngra tiklangan bojxona organi xodimining maxsus unvondagi

xizmat muddati, unvoni pasaytirilguniga qadar o'tgan xizmat muddati bilan qo'shib

hisoblanadi.

Yuqori yoki teng lavozimga vazifani bajaruvchi etib tayinlangan bojxona organlari xodimlariga

ular vazifani bajaruvchi etib tayinlanguniga qadar egallab turgan lavozimiga muvofiq maxsus

unvonlar beriladi.

Bojxona organlari xodimlari ilgari egallab turgan lavozimlarning shtat jadvalidagi

o'zgarishlar (shtatlar qisqarishi, unvonlar ko'tarilishi yoki pasaytirilishi) ular vazifani

bajaruvchi etib tayinlanganidan yoki o'qishga kirganidan so'ng inobatga olinmaydi.

Boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlardan yoki maxsus unvonlar va darajalar mavjud

bo'lishini nazarda tutuvchi o'zga organlardan bojxona organlaridagi xizmatga o'tkazilgan

shaxslarga maxsus unvonlar, egallab turgan lavozimidan qat'i nazar, O'zbekiston Respublikasi

Davlat bojxona qo'mitasi raisi tomonidan beriladi.

Bojxona organi xodimiga navbatdagi maxsus unvonni berishda avvalgi ish joyidagi unvonda

xizmatni o'tagan davri inobatga olinadi.

Bojxona organlarining maxsus unvonlar berilgan xodimlariga xizmat qilgan yillari uchun

foizli ustamani belgilashda avvalgi ish joyidagi (foizli ustamani to'lash uchun belgilangan)

xizmat yoki mehnat staji inobatga olinadi va mazkur davr bojxona organlaridan bo'shatilgan

taqdirda pensiya tayinlash chog'ida umumiy xizmat stajiga qo'shib hisoblanadi.

Sudning hukmi asosida maxsus unvonlardan mahrum qilish O'zbekiston Respublikasi Davlat

bojxona qo'mitasi raisining buyrug'i bilan amalga oshiriladi. Maxsus unvonni qayta tiklash

to'g'risida sudning qarori qabul qilingan bo'lsa, maxsus unvon O'zbekiston Respublikasi Davlat

bojxona qo'mitasi raisining buyrug'i bilan tiklanadi.

22. «DAVLAT BOJXONA XIZMATI TO'G'RISIDA»GI QONUNING 5 BOB 25-moddasi Bojxona organlari

xodimlarini ijtimoiy himoya qilish turlari

Bojxona organlari xodimlarini ijtimoiy himoya qilish quyidagilar orqali ta'minlanadi:

sog'lig'ini saqlash;

mehnatiga haq to'lash;

uy-joy maydoni bilan ta'minlash;

mol-mulkiga yetkazilgan zararning o'rnini qoplash;

davlat pensiya ta'minoti;

davlat sug'urtasi;

ijtimoiy yordam ko'rsatish.

Qonun hujjatlarida bojxona organlari xodimlarini ijtimoiy himoya qilishga doir boshqa chora-

tadbirlar ham nazarda tutilishi mumkin.



23. «DAVLAT BOJXONA XIZMATI TO'G'RISIDA»GI QONUNING 4 BOB 19-moddasi Xizmatni o'tash rejimini ta'minlash.

Bojxona organlari xodimlari uchun ish vaqti davomiyligi haftasiga qirq soatdan oshishi mumkin

emas. Zarur bo'lgan hollarda, xodimlar kuchaytirilgan yoki sutkalik rejimda xizmatni o'tashga

jalb etilishi mumkin.

Xizmatni o'tashning odatdagi rejimida olti kunlik ish haftasi nazarda tutiladi, bunda kunlik

ish davomiyligi yetti soatdan, besh kunlik ish haftasida esa sakkiz soatdan oshmasligi kerak.

Xizmatni o'tashning kuchaytirilgan rejimi kuniga ish vaqtidan tashqari davomiyligi to'rt soatdan

oshmaydigan xizmat belgilanishini nazarda tutadi.

Sutkalik rejimda xizmatni o'tash uch mahal ovqatlanish hamda kamida sakkiz soat dam olish uchun

vaqt berilgan holda yigirma to'rt soat davomida amalga oshiriladi.

Xizmatni sutkalik rejimda o'tash chog'ida bojxona organlari xodimlariga ularning xohishiga

ko'ra, xizmatni o'tash joyida O'zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiy xizmatchilari

uchun belgilangan umumqo'shin payogi normalari doirasida belgilanadigan oziq-ovqat payogi uchun

beriladigan kompensatsiya o'rniga uch mahal bepul ovqat berilishi mumkin, bundan o'z xizmat

vazifalarini doimiy ravishda sutkalik navbatchilik rejimida bajaradigan xodimlar mustasno.

Kuchaytirilgan yoki sutkalik rejimlar joriy etilishi munosabati bilan ish soatlarining

(kunlarining) belgilangan normalari oshirilganligi uchun bojxona organi xodimiga pullik

kompensatsiya to'lanadi yoki xohishiga ko'ra dam olish kunlari (otgullar) beriladi yoxud bu kunlar

har yilgi asosiy ta'tiliga qo'shiladi.

Kuchaytirilgan va sutkalik rejimlarni joriy etish hamda bekor qilish, shuningdek bojxona

organlari xodimlarini jangovar harakatlarda ishtirok etishga jalb etish O'zbekiston

Respublikasi Davlat bojxona qo'mitasi raisining buyrug'i bilan amalga oshiriladi.

Dam olish va bayram kunlari xizmat majburiyatlarini bajarishga jalb etiladigan bojxona

organlari xodimlariga haftaning boshqa kunlarida dam olish kunlari beriladi.

Bojxona organlarining navbatchilik qismlari sutkalik naryadining xizmati yigirma to'rt soatga

mo'ljallab tashkil etiladi.

Navbatchilik vaqtida bojxona organlari navbatchilik qismining xodimlariga ovqatlanish va

qisqa muddatli dam olish uchun har bir kishiga umumiy davomiyligi uch smenalik navbatchilikda —

olti soat, to'rt smenalik navbatchilikda — to'rt soat davom etadigan tanaffuslar navbatma-

navbat beriladi.

Smena tugagach, bojxona organlari navbatchilik qismlarining xodimlariga hamda xizmat

majburiyatlarini sutkalik navbatchilik rejimida doimiy bajaruvchi boshqa xodimlarga dam olish

beriladi. Bojxona organlarining asosiy xizmat majburiyatlariga qo'shimcha ravishda sutkalik xizmatga (shu jumladan navbatchilikka) jalb etilgan xodimlariga navbatchilik tugaganidan so'ng kamida

yigirma to'rt soat davom etadigan dam olish vaqti beriladi.

Bojxona organlaridagi xizmat faoliyatining xususiyatlaridan kelib chiqqan holda bojxona

organining boshlig'i tomonidan tasdiqlanadigan kun tartibi ishlab chiqiladi.



24. «DAVLAT BOJXONA XIZMATI TO'G'RISIDA»GI QONUNING 4 BOB 21-moddasi Bojxona organlari

xodimlarining attestatsiyasi

Bojxona organlari xodimlarining attestatsiyasi (bundan buyon matnda attestatsiya deb yuritiladi)

ularning bilim darajasini va kasbga yaroqliligini, egallab turgan lavozimiga munosibligini

xolisona baholash, shuningdek xizmat intizomini mustahkamlash hamda zimmasiga yuklatilgan

vazifalarni bajarayotganda mas'uliyatini oshirish maqsadida o'tkaziladi.

Attestatsiya oshkoralik, talabchanlik, printsipiallik va xayrixohlik vaziyatida o'tishi lozim.

Bojxona organlarining xodimlari xizmat davrida navbatdagi va navbatdan tashqari

attestatsiyadan o'tadi.

Navbatdagi attestatsiyani o'tkazish davri lavozimga tayinlangan va oxirgi attestatsiyadan

o'tkazilgan kunidan e'tiboran hisoblanadi.

Navbatdagi attestatsiya uch yilda bir marta o'tkaziladi.

Bojxona organlarining quyidagi xodimlari navbatdagi attestatsiyadan o'tmaydi:

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanganlar;

egallab turgan lavozimida bir yildan kam xizmat qilganlar. Mazkur toifadagi xodimlar bir

yil o'tgach attestatsiyadan o'tadi;

xizmat safarida, davolanishda (ichki ishlar organlarining tibbiyot muassasalarida mehnatga

layoqatsizlik varaqasi ochilgan holda) bo'lganlar va malaka oshirishdan o'tayotganlar. Mazkur

toifadagi xodimlar xizmat majburiyatlarini bajarishga qaytganidan keyin attestatsiyadan o'tadi;

kadrlar zaxirasiga kiritilganlar. Mazkur toifadagi xodimlar kadrlar zaxirasidan chiqarilib,

bojxona organlaridagi lavozimga tayinlangan kundan e'tiboran kamida bir yil o'tgach umumiy

tartibda attestatsiyadan o'tadi;

homiladorlik, tug'ish va bolani parvarishlash ta'tilida bo'lganlar. Mazkur toifadagi xodimlar

xizmat majburiyatlarini bajarishga qaytgan kundan e'tiboran kamida bir yil o'tgach

attestatsiyadan o'tadi;

bojxona organlari ixtiyoriga olingan xodimlar. Mazkur toifadagi xodimlar lavozimga

tayinlanganidan keyin bir yil o'tgach attestatsiyadan o'tadi;

o'ziga nisbatan xizmat tekshiruvi o'tkazilayotgan xodimlar. Mazkur toifadagi xodimlar xizmat

tekshiruvi tugaganidan keyin attestatsiyadan umumiy tartibda o'tadi.

Navbatdan tashqari attestatsiyadan bojxona organlarining ishda past ko'rsatkichlarga ega bo'lgan, xizmat intizomini qo'pol ravishda buzgan yoki muntazam buzib kelayotgan, bojxona organi

xodimining sha'niga putur yetkazuvchi nojo'ya harakatlar sodir etgan xodimlar o'tadi.

Navbatdan tashqari attestatsiyani o'tkazish to'g'risidagi qaror O'zbekiston Respublikasi Davlat

bojxona qo'mitasi raisi tomonidan qabul qilinadi.

25. O`zbekiston Respublikasi hududidan yoki hududiga olib o`tiladigan har qanday ko`char

mol-mulkni nazorat qilish, bojxona yuk deklaratsiyasida tovarlar to`g`ri ko`rsatilganligini

tekshirish va noqonuniy tovar moddiy boyliklari yo`qligini tekshirish bojxona postlarining

asosiy vazifasi hisoblanadi. Hududiy bojxona boshqarmalari tuzilmalariga bo`lim, bo`linma va

guruhlardan tashqari chegara bojxona postlari va tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona postlari

ham kiradi.



26. Davlat chegarasi orqali belgilangan o`tish joylarida fuqarolar, transport vositalari va

yuklarning harakatlanishi ustidan bojxonanazoratini o`rnatish, shuningdek davlat chegarasining

bojxona nazorati o`rnatilmagan joylaridan (bojxona maskanlarini aylanib o`tish imkonini

beruvchi avtomobil va so`qmoq yo`llar hamda yasama ko`priklar) fuqarolar tomonidan noqonuniy

ravishda transport vositalarining va yuklarning olib o`tilishi oldini olish asosiy

vazifalardan hisoblanadi. Shu bilan birga, chegara bojxona postlarida o`q-dori, qurol-yaroq,

portlovchi va giyohvandlik vositalari, xalqaro terrorizm va diniy yekstremizmga doir

adabiyotlar va turli materiallar kontrabandasiga, tarixiy, madaniy, milliy boyliklar va

tovarlarning noqonuniy olib o`tilishiga qarshi kurashish ishlariga alohida ye`tibor qaratildi.

Chegaradosh ikki davlatning hukumatlari o`rtasidagi kelishuvga asosan davlat chegaralariga

joylashgan bojxona postlarining maqomlari belgilanadi.Bu maqomlar ikki xil bo`ladi:

*xalqaro maqomga yega bojxona postlari;

*ikki tomonlama maqomga yega bojxona postlari;

Chegara bojxona postlari transport vositalariga qarab quyidagicha ajratish mumkin:

*Avto chegara bojxona postlari

*Temir yo`l chegara bojxona postlari

*Aeroport chegara bojxona postlari

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 12 apreldagi “Davlat bojxona xizmati

organlari faoliyati samaradorligini yanada takomillashtirish va oshirish chora tadbirlari

to`g`risida”gi PQ-3665 son qarorida chegara bojxona postlarining namunaviy tuzilmasi



tasdiqlangan.
Download 23.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling