Boks, qilichbozlik nazariyasi va uslubiyati kafedrasi


Download 19.13 Kb.
bet6/6
Sana06.02.2023
Hajmi19.13 Kb.
#1169583
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
2-mavzu “Boks taktikasi umumiy qoidalar” ga o‘rgatish

Qarshi hujum uzoq masofadan turib manyovr qilishda bokschining asosiy jangovor harakatlariga kiradi va himoya vositasi bo‘lib xizmat qiladi. Qarshi hujum har xil taktik maqsadlarda qo‘llaniladigan alohida mustaqil jangovor harakatlar bo‘lishi mumkin. Qarshi hujum yordamida ochkolar sonida ustun-likka erishiladi va ko‘p hollarda u hal etuvchi g‘alabaga olib keladi.
U yoki bu bokschining butun jangi qarshi hujum asosiga qurilishi mumkin. Bunday bokschilar qarshi hujumni ochilishlar, yolg‘ondan hujumlar, poylash yordamida tayyorlaydilar, shu orqali raqibni hujumga chorlaydilar va bir zumda uni himoyalanish bilan birga qarshi hamda javob zarbalari bilan kutib oladilar. Bunday uslubda jang olib boruvchi bokschilar reaksiya hamda jangovor hara-katlar tezligi bilan ajralib turadilar.
Himoya harakatlarini bokschi, agar raqibning tezkor va shiddatli hujumidan yoki qarshi hujumidan himoyalanishi lozim bo‘lganda, ya’ni hujumni aniqlashga ulgurmaganda, jang masofasini o‘zgartira olmaganda, raqibni toliq-tirish va ma’naviy ta’sir ko‘rsatishni uddalay olmaganda, raqibning bo‘sh joyla-rini topolmaganda, berilgan kuchli zarbadan so‘ng dam ololmaganda, qarshi hujumlarni tayyorlay olmaganda, to‘xtovsiz hujumlarga qarshi taktik maqsadda bir qator himoya harakatlarini qarshi qo‘ya olmagan hollarda qo‘llaydi.
Himoya harakatlari, bulardan tashqari, bokschiga qarshi va javob qarshi hujumlarining ta’sirini, ya’ni raqibning tashabbusni egallab olishga bo‘lgan urinishini bartaraf etib, to‘xtovsiz hujum qilish imkonini beradi. Himoyala-nishlar manyovr qilish bilan birga raqibga faol yaqinlashish va o‘rta hamda yaqin masofani saqlash vositasi bo‘lishi mumkin. Shu bilan birga bu himoyalar uzoq masofani saqlab qolishga yordam beradi. Himoyalanishlarni manyovr bilan birga amalga oshirish masofani o‘zgartirish uchun ham qo‘llaniladi.
Himoya harakatlariga nafaqat shaxsan himoyalanishlar (to‘sishlar, og‘ishlar va sho‘ng‘ishlar), balki agar ular qarshi hujum sifatida rivojlantirilmasa va raqibning shiddatli hujudaqi to‘xtatish hamda uni toliqtirish uchun qo‘llanilmasa, ayrim qarshi va javob zarbalari ham kiradi. U yoki bu bokschining hujumkor harakatlariga kiruvchi yoki asosiy hujum vositasi bo‘lib xizmat qiluvchi qarshi hujumlarni himoya harakatlari qatoriga kiritish kerak emas.
Download 19.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling