Boks, qilichbozlik nazariyasi va uslubiyati kafedrasi


Download 19.13 Kb.
bet5/6
Sana06.02.2023
Hajmi19.13 Kb.
#1169583
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
2-mavzu “Boks taktikasi umumiy qoidalar” ga o‘rgatish

Taktik harakatlar

Taktik harakatlar tayyorlov, hujum va himoya harakatlariga bo‘linadi.


Tayyorlov harakatlari – bu bevosita hujum va himoyadan oldingi harakatlar. Ularga razvedka, aldamchi va manyovr qilish harakatlari kiradi.
Razvedka harakatlari raqibning yaxshi ko‘rgan kombinatsiyalari, uning kuchli zarba berish masofasi, individual jang olib borish uslubi xususiyatlari, jismoniy tayyorgarligini va h.k. aniqlash uchun zarur hamda aldamchi harakatlar va jang bilan razvedka qilish yordamida amalga oshiriladi.
Aldamchi harakatlar fintlar (zarbalar imitatsiyasi va bo‘sh joylarni yolg‘ondan ochib berish) hamda yolg‘on (yengil) zarbalar yordamida bajariladi. Ularning maqsadi: a) raqibning jang olib borish uslubini aniqlash uchun uni faol harakatlarga chorlash; b) o‘zining hujum va qarshi hujum harakatlaridan raqibni chalg‘itish hamda uni chorlash.
Manyovr qilish harakatlari faol harakatlar uchun qulay dastlabki holat va paytni tanlash maqsadida siljib yurishlar hamda himoyalanishlar yordamida amalga oshiriladi. Taktik vazifalarga qarab, masofali (pozitsiyali), yalpi va qanotli manyovr qo‘llaniladi.
Masofali manyovr – uzoq himoyalanish va zarba berish masofalarida manyovr qilish. U uzoq masofani saqlab qolish uchun chekinishlar (orqaga, yon tomonlarga) va sayd-steplar (yon tomonga qadam qo‘yib orqaga, chapga, o‘ngga burilish) bilan himoyalanishlar yordamida amalga oshiriladi.
Yalpi manyovr – faol hujum qilayotgan raqibni orqaga chekintirish yoki u bilan yaqinlashish maqsadida manyovrni (oldinga harakatlanishni) himoyala-nishlar bilan (to‘sishlar, og‘ishlar, sho‘ng‘ishlar yoki kombinatsiyalashgan himoyalanishlar yordamida) birga bajarish.
Qanotli manyovr – harakatchan raqibning erkin harakatlanishini cheklash maqsadida uni ring arqoni va burchaklariga (zarba berishga tahdid solib oldinga va yon tomonlarga qadam tashlash orqali) “qisib qo‘yish”.


Hujum harakatlari
Hujum harakatlari tayyorlov harakatlari va bevosita hujum harakatlaridan tashkil topadi. Ular hujum va qarshi hujumga har tomonlama tayyorgarlik ko‘rish, yo‘l-yo‘lakay himoyalanishlar, turli masofalardagi hujum, qarshi hujum va javob zarbalarini o‘z ichiga oladi. Shu hamma taktika elementlarining qo‘llanilish ketma-ketligi turlicha va jangovor vaziyat talablari, raqib harakatlari xususiyatlari bilan bog‘liq bo‘ladi.
O‘rta va yaqin masofalardagi hujum harakatlari zarba seriyalari bilan rivojlantiriladi hamda himoyalanishlar, manyovrlar, jangdan qisqa muddatga chiqish va masofani ko‘p marta o‘zgartirish bilan birga qo‘shib bajariladi. Hujum – boksdagi eng asosiy jangovor vosita bo‘lib, u turli xil taktik maqsad-larga xizmat qiladi. Tezkor, kutilmagan hujum tashabbusni qo‘lga olish va hal qiluvchi zarbani berish uchun qo‘llaniladi. Uzoq masofadan turib hujum qilishdan raqib himoyalanishidan oldin zarba berish orqali ochkolardagi ustun-likka erishish maqsadida ham foydalaniladi. Hujumlar jang olib borish uslubining asosi hisoblanadi va hujumkor harakatlarning asosiy vositasi bo‘lib xizmat qiladi. Uzoq masofadan turib jang olib boradigan bokschilar manyovr yordamida hujum tayyorlaydilar, so‘ngra esa qulay paytda bitta, ikkita, uchta, kam hollarda ko‘proq zarba berib, undan keyin raqib zarbalari doirasidan uzoqlashadilar. Ayrim hujumlar yolg‘ondan bo‘lishi mumkin. Uning maqsadi – raqibni hujum yoki qarshi hujumga o‘tishga chorlash, shuningdek, keyingi harakatlar uchun qulay dastlabki holatni yaratish. Uzoq masofadagi hujum, keyinchalik o‘rta yoki yaqin masofada rivojlantiriladigan jangovor operatsiya-ning bir qismi, masalan, boshlanishi bo‘lishi mumkin.
Hujumlar juda turli-tumandir. Ular bittalik yoki qo‘shaloq (jumladan, takroriy) zarbalardan yoxud zarbalar seriyalaridan iborat bo‘lishi mumkin va ham o‘ng qo‘ldan, ham chap qo‘ldan boshlanishi mumkin.

Download 19.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling