Reja: Yer sun’iy yo’ldoshlarining orbita elementlari
Download 24.73 Kb.
|
Yer sun
Yer sun’iy yo’ldoshlari va uning evolyutsiyasi. Orbital manyovrlar. Oyga va boshqa planetalarga uchish buxdu.uz Reja: 1. Yer sun’iy yo’ldoshlarining orbita elementlari. 2. Orbital manyovrlar. 3. Oyga va boshqa planetalarga uchish Yer atrofi fazosida harakatlanayotgan sun’iy yo’ldoshning yer ekvatori tekisligiga nisbatan holatini va uning harakati bilan bog’liq kattaliklarni o’zida aks ettiruvchi parametrlar uning orbita elementlari deyiladi. Yer atrofida harakatlanayotgan sun’iy yo’ldoshga turli kuchlar ta’sir etadi. Bular ichida Yer atmosferasining qarshilik kuchi eng muhim hisoblanadi. Qarshilik kuchi tufayli yo’ldosh harakatiga ta’sir etuvchi chetlantiruvchi tezlanishning kattaligi 200 km balandlikda 2,2·10-4 m/s2 ni, 400 km balandlikda esa 3,1·10-6 m/s2 ni, 800 km balandlikda esa atigi 2,6·10-8 m/s2 ni tashkil etadi.Yo’ldosh 100 km balandlikda uchayotganda bu tezlanishning miqdori sezilarli darajada katta bo’lib, 0,3 m/s2 ga teng bo’ladi. Yer atrofida aylanayotgan sun’iy yo’ldoshga Oy va Quyoshning tortish kuchlari sezilarli ta’sir ko’rsatib, uning orbitasi ko’rinishini o’zgartiradi.Bunda Oyning ta’siri Quyoshga nisbatan yaqinligi tufayli, Quyoshnikidan ancha ortiq bo’ladi. Ma’lum maqsadni mo’ljallab sun’iy yo’ldosh orbitalarini har qanday o’zgartirish orbital manyovrlar deyiladi. Suniy yo’ldoshlarning manyovr qildirish zarurati, ularning orbitalariga tuzatish kiritishdir, yangi orbitaga o’tkazishda, orbitadagi boshqa bir sun’iy yo’ldosh bilan yaqinlashtirishda yoki yo’ldoshni Yerga qaytarish zaruratlari tug’ulganda amalga oshiriladi. Orbital manyovr, odatda, bort dvigatellari yordamida amalga oshiriladi. Qisqa vaqtda dvigatelni ishga tushirish yo’li bilan amalga oshirilgan manyovrlar bir impulsli, bir necha marta dvigatelni yoqish yo’li bilan amalga oshirilgan manyovr ko’p impulsli manyovrlar deyiladi. KAni oy sirtiga ohista qo’ndirish uchun uning tezligini tormozlovchi impuls yordamida so’ndirishga to’g’ri keladi. Oy sirtiga ohista qo’ndirilgan birinchi “Luna-9” planetalararo avtomatik stansiyasi, Oy sirtiga tushayotganda, 75 km balandlikda tormozlovchi raketa dvigateli ishga tushiriladi va balandlik 150 m qolgunga qadar ishlatib beriladi. Tezlikning so’ngi so’ndirilishi, harakat yo’nalishiga tuzatish kirituvchi kichik dvigatellar yordamida amalga oshiriladi. “Luna”rusumidagi kosmik stansiyalarni barchasi Oy sirtiga shunday yo’l bilan qo’ndirilgan. “Luna-13” dan keyingi stansiyalarning Oy sirtiga ohista qo’ndirilishi, Oy sun’iy yo’ldoshi orbitasida berilgan tormozlovchi impulslar yordamida bajariladi. Oy sirtining jinslaridan namuna bilan qaytgan “Luna-16, 20, 24” va AQSH ning “Appolon” avtomatik stansiyalari Oydan vertical yo’nalishda 2,7 km/s boshlang’ich tezlik bilan ko’tarilib Yerga qaytdi. Mavzuga oid didaktik va texnik vositalar, foydalanilgan jihozlar: Yer sun’iy yo’ldoshlarining orbita elementlari aks ettirilgan plakat, kadoskop. O’qitish uslublari: O’quv mavzusini og’zaki bayon qilish, savol-javob, tadqiqot metodlari. Adabiyotlar: M.Mamadazimov Astranomiya: Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari uchun darslik. 74-90 betlar M. Mamadazimov Astronomiyadan o’qitish kitobi 10-Mavzu: Teleskoplar. Ulug’bek rasadxonasi. O’zbekistonda astronomiya. Reja: 1. Teleskoplar. 2. Radioteleskoplar. 3. Ulug’bek rasadxonasi. O’quvchilar bilishi kerak: Teleskopning vazifasi va ishlash prinsipi. Keng to’lqinli zamonaviy astronomiya. Yerdan tashqi astronomiyaning imkoniyatlari. Osmon jismlarini o’rganishda spectral analiz. Optik telskoplar. Radioteleskoplar. Ulug’bek rasadxonasi. Yer tipidagi planetalar. Gigant planetalalari. O’zbekistonda astronomiya. Download 24.73 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling