Reja: Yer sun’iy yo’ldoshlarining orbita elementlari


Download 24.73 Kb.
bet3/3
Sana24.12.2022
Hajmi24.73 Kb.
#1052184
1   2   3
Bog'liq
Yer sun

Radioteleskoplar. Kosmik radionurlanish ma`lum bo`lishi bilanoq uni qayd qilish maqsadida turli sistemadagi radioteleskoplar barpo etildi. Ba`zi radioteleskoplarning antennalari oddiy reflektorlarga o`xshaydi. Ular radioto`lqinlarni botiq metall ko`zgu fokusida yig`adi. Bunday ko`zguni juda katta, ya`ni diametri o`nlarcha metrga teng bo`lgan panjarasimon qilib yasash mumkin (20-rasm).
Panjarasimon ko`zguli radioteleskop
Boshqa radioteleskoplar harakatlanuvchi nihoyatda katta ramalardan iborat bo`lib, bu ramalarga o`zaro parallel qilib metall sterjenlar yoki spirallar o`rnatilgan. Kelgan radioto`lqinlar stoerjenlarda elektromagnit tebranishlarni vujudga keltiradi, bu tebranishlar esa jismlarning radionurlanishini yozib borishga mo`ljallangan juda sezgir qayd qiluvchi radioapparatlarga uzatiladi. Hozirda O`zbekistonning Jizzax viloyati, Zomin tumanidagi Supa baland tog`larida diametri 70 metr bo`lgan radioteleskop qurilmoqda.
Spektral analizning tatbiqi. Ko`pchilik osmon yoritkichlarining nurlanishi ular haqidagi eng muhim ma`lumotlar manbai hisoblanadi. Spektral analiz jismlar haqidagi qimmatli va turli-tuman ma`lumotlarni olishga imkon beradi. Bu metod bilan yoritkichning sifat va miqdoriy tarkibini, uning temperaturasini, magnit maydonining bor yo`qligini, ko`rish nuri yo`nalishidagi harakat tezligini va boshqalarni aniqlash mumkin.
Spektral analiz yorug`lik dispersiyasi hodisasiga asoslangan. Agar yorug`likning ingichka bir dastasining uch yokli prizmaning yon tomoniga yo`naltirsak, u holda oq yorug`likni tashkil etgan nurlar shishada turlicha sinib, ekranda spektr deb ataladigan kamalak yo`llarini hosil qiladi. Spektrda barcha ranglar ham hamma vaqt ma`lum tartibda joylashgan bo`ladi.
Yorug`lik elektromagnit to`lqinlar tarzida tarqaladi. Har bir rangga elektromagnit to`lqinining ma`lum uzunligi to`g`ri keladi. Spektrda to`lqin uzunligi qizil nurlardan binafsha nurlarga tomon taxminan 0,7dan 0,4 mkm gacha kamayib boradi. Spektrda binafsha nurlaridan keyin ko`zga ko`rinmaydigan, biroq fotoplastinkaga ta`sir etadigan ultrabinafsha yotadi. Rentgen nurlari yanada qisqa to`lqin uzunligiga ega. Qizil nurlardan keyin infraqizil nurlar joy oladi. Ular ko`zga ko`rinmaydi, lekin infraqizil nurlanish uni qayd etudigan usullar, masalan, maxsus fotoplyonkalar yordamida o`rganiladi. Yerdagi ma`danlar va osmon jismlari spektrlarining quyidagi turlari mavjud. Cho`g`langan qattiq jismlar va deyarli keng joyni egallagan gazning quyuq massalari kamalak yo`llar ko`rinishidagi to`tash yoki uzluksiz spektrni hosil qiladi.
Osmon jismlarini o’rganishda bizning bobokalonlarimizning ham xizmatlari juda katta. XV asrning o’rtalarida bobokalonimiz Mirzo Ulug’bek Samarqandda osmonni tekshiradigan astronomic rasadxona, jumladan, eng yirik kuzatish asbobi – sekstantni qurdirdi. Ulug’bek rasadxonasi o’rta asrlarda Sharqda mavjud bo’lgan rasadxonalar ichida eng yirigi bo’lib, o’lchash aniqligi va hashamatliligi bilan ajralib turardi. Samarqand rasadxonasida Ulug’bekdan tashqari G’iyosiddin Jamshid Koshiy, Qozizoda Rumiy, Muyiddin Koshiy, Ali Qushchi kabi buyuk olimlar ishlaganlar.
O`zbekistonda asosiy astronomik kuzatishlar olib boriladigan joy asosan O’zbekiston fanlar akademiyasiga qarashli Toshkentdagi Astronomiya institutidir. O`zbekiston Respublikasi FA 1966-yilda qayta tuzilgan bo`lib, Toshkent observatoriyasida dastlabki astronomik kuzatishlar 1873-yildan boshlangan.
Adabiyotlar:
M.Mamadazimov Astranomiya: Akademik litsey va kasb-hunar
Kollejlari uchun darslik .91-98 betlar
M. Mamadazimov Astronomiyadan o’qitish kitobi
Nazorat savollari
1. Teleskoplar nima maqsadda ishlatiladi?
2. Teleskoplar qanday to`zilgan?
3. Eng katta refraktor-teleskop qayerda o`rnatilgan?
4. Teleskop asoschilari kimlar?
5. Ulug`bek observatoriyasidagi kuzatuv asbobi haqida to`la ma`lumot bering?
Download 24.73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling