Reja: Yer sun’iy yo’ldoshlarining orbita elementlari
Download 24.73 Kb.
|
Yer sun
- Bu sahifa navigatsiya:
- Galiley
Mavzuning bayoni:
Teleskop. Teleskop – asosiy astronomik asbobdir. Teleskopning vazifasi – tekshirilayotgan osmon jismlaridan kelayotgan yorug`likni iloji boricha ko`proq yig`ish va (vizual kuzatishlarda) osmon jismlarining ko`rinma burchagini kattalashtirishdan iborat. Teleskopning asosiy optik qismi obyektiv bo`lib, u manbadan kelayotgan yorug`likni yig`adi va uning tasvirini hosil qiladi. Agar teleskopning obyektivi linza yoki linzalar sistemasidan iborat,agar teleskop ob’ektivi faqat qavariq ko’zguli bo`lsa, u holda bunday teleskopni refraktor deyiladi, agar obyektivi botiq ko`zguli bo`lsa, bu holda reflektor deyiladi. Teleskop yig`adigan yorug`lik energiyasi obyektiv o`lchamiga bog`liq. Obyektiv sirti qancha katta bo`lsa, bu teleskop orqali shuncha kuchsiz ravshanlikdagi yoritgichlarni kuzatish mumkin. (19-rasm) Refraktorda nurlar obyektivdan sinib o`tadi va fokal tekisliklarda osmon jismining tasvirini hosil qiladi. Reflektorlarda nurlar botiq ko`zgudan qaytadi va fokal tekisliklarda yig`iladi. Osmon jismining obyektiv hosil qilgan tasvirini okulyar deb ataladigan linza orqali kuzatish yoki fotosuratga olish mumkin. Teleskop Quyosh, Oy, planetalar va ular sirtidagi detallarning ko`rinma burchak kattaligini, yoritkichlar orasidagi ko`rinma burchak masofalarini kattalashtirib beradi. Ammo yulduzlar bizdan juda uzoqda bo`lgani sababli ular istalgan teleskopda ham nurlanayotgan nuqta ko`rinishidagina namoyon bo`ladi. Teleskopda odatda to`nkarilgan tasvir hosil bo`ladi, ammo kosmik jismlarni kuzatishda buning hech qanday ahamiyati yo`q. Okulyatorga qo`shimcha linza kiritilsa, teleskop tasvirni to`g`ri ko`rsatadigan kuzatuv durbiniga aylanadi, lekin bunda yorug`likning ma`lum qismi yo`qoladi. Teleskoplar bilan kuzatishda 500 martadan ortiq kattalashtirish kamdan-kam qo`llaniladi. Teleskopning kattalashtirishi qancha kuchli bo`lsa, tasvirning bo`zilishi shuncha sezilarli bo`ladi. Eng katta refraktor obyektivining diametri 102 sm (AQSH, Klark) ga teng. Dunyodagi eng katta reflektorning botiq ko`zgusi diametri 6 m (Rossiya, Ioannisiani). Bu teleskop, Kavkaz tog`larida o`rnatilgan bu teleskop oddiy ko`z bilan bevosita ko`rish mumkin bo`lgan yulduzlarga nisbatan o`nlab million marta xira yulduzlarni kuzatish imkonini beradi. Refraktor teleskop asoschisi Galiley va reflektor teleskop asoschisi esa Nyuton hisoblaniladi. Dunyodagi eng katta teleskop 1974-yilda Rossiyaning Stavropol o`lkasida qurilgan bo`lib, bu teleskop haqidagi ma`lumotlar quyidagi jadvalda keltirilgan: Astronomik tadqiqotlar ilmiy-tadqiqot institutlarida, universitetlar va observatoriyalarda olib boriladi. Leningrad yaqinida joylashgan Pulkovo observatoriyasi 1893 yildan beri mavjud bo`lib, yulduzlarning aniq kataloglarini to`zish bilan shuhrat qozongan. Bu observatoriyani o`tgan asrda dunyoning astronomiya poytaxti deb atashgan. Fanning g`urkirab rivojlanishi natijasida bizning mamlakatimizda, shu jumladan, ittifoqdosh respublikalarda juda ko`p boshqa observatoriyalar qurildi. Yirik observatoriyalarga shimoliy Kavkazlarga maxsus astrofizik observatoriyani, Krim, Byurakan, Abastuman, Golosiyolo, Shamaxi observatoriyalarini kiritish mumkin. Institutlardan eng yiriklari - MDU qoshidagi P.K.Shternberg nomli Astronomiya instituti va O`zbekiston fanlar akademiyasiga qarashli Toshkentdagi Astronomiya institutidir. O`zbekiston Respublikasi FA 1966-yilda qayta to`zilgan bo`lib, Toshkent observatoriyasida dastlabki astronomik kuzatishlar 1873-yildan boshlangan. Observatoriyalar odatda astronomik tekshirishlarning ma`lum bir sohasi bo`yicha ish olib borishga ixtisoslashgan bo`ladi. Shu munosabat bilan ular, chunonchi, yulduzlarning osmondagi aniq vaziyatlarini aniqlash, Quyoshni o`rganish yoki ilmiy masalalarni echishga mo`ljallangan har xil teleskoplar va boshqa asboblar bilan jihozlangan. Ko`pincha, osmon jismlarini o`rganishda ularni maxsuslashtirib qurilgan teleskoplar yordamida fotosuratlarga tushiriladi. Olingan negativlardagi yulduzlarning vaziyatlari laboratoriyalarda maxsus asboblar yordamida o`lchanadi. Observatoriyalarda saqlanadigan negativlar “shisha fototekasini” tashkil etadi. Astronomik fotosuratlarini tekshirib bizga yaqin joylashgan yulduzlarning olis yulduzlarga nisbatan asta-sekin siljishlarini o`lchash, juda xira jismlarning negativdagi tasvirlarini ko`rish, yo`ldluzlar, platetalar va boshqa kosmik jismlardan kelayotgan nurlanishlar oqimi kattaligini o`lchash mumkin. Yorug`lik oqimlari energisini katta aniqlikda o`lchashda fotoelektrik fotometrlar qo`llaniladi. Bo`larda yulduzning teleskop obyektivi yig`adigan yorug`ligi elektron vakuum asbob-fotoko`paytkichnining yorug`likni sezadigan sirtiga yo`naltiriladi, bunda maxsus elektron asboblar yordamida qayd qilinadigan kuchsiz tok hosil bo`ladi. Astronomlar yorug`likni maxsus tanlab olingan turli yorug`lik filtrlaridan o`tkazib, jismlarning rangini katta aniqlikda miqdoriy aniqlaydilar. O`zbekistonning asosiy astronomik kuzatishlar olib boradigan Maydanak observatoriyasi Qashqadaryo viloyatining Qamashi tumanida joylashgan bo`lib, bu observatoriyadagi reflektor – teleskop obyektivining diametri 1,5 metrga tengdir. O`rta Osiyodagi yagona Xalqaro tekislik stansiyasi ham Qashqadaryo viloyatining Kitob tumanida joylashgan bo`lib, bu Yerdagi refraktor – teleskop obyektivining diametri 0,4 metrga teng. Shuni aytib o`tishimiz kerakki, Kitob Xalqaro tekislik stansiyasida aniqlangan asteroidga «O`zbekistoniya» nomi berilgan bo`lib, bu nom asteroid katalogida 1351-o`rinda turadi. Ma`lumki, hozirgacha aniqlangan mayda planetalar (asteroid va meteor) soni 3500taga etdi va ularning 98%i «asteroidlar poyasi»da joylashgandir. Download 24.73 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling