Analitik kimyo usullarining


Download 105.17 Kb.
bet1/9
Sana17.02.2023
Hajmi105.17 Kb.
#1206214
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Analitik kimyo


Analitik kimyo usullarining sinflanishi. Akademik Yu.A.Zolotov
ta’rifiga ko‘ra: “O‘rganilayotgan ob’ekt kimyoviy tarkibiga doir ma’lumotlarni to‘plashga qaratilgan amallar majmuasiga kimyoviy analiz deyiladi”. Analitik kimyo har xil moddalar va ularning aralashmalarini sifat va miqdoriy tarkibini o‘rganish bilan shug‘ullanadigan fan bo‘lganligi sababli uning usullari birinchi navbatda asosan ikki turga: sifat va miqdoriy analizga bo‘linadi.
Sifat analiz. Kimyoviy sifat analizining vazifasi tekshirilayotgan (analiz qilinadigan) modda tarkibidagi element, ion, molekula, atomlar guruhini ochish, ya’ni ularning mavjudligini isbotlashdan iboratdir. Masalan, ammofosda azot, vodorod, fosfor va kislorod elementlarini yoki NH4+ va PO43- ionlarning mavjudligi aniqlanadi. Kimyoviy sifat analizida tekshirilayotgan moddadan ixtiyoriy (o‘lchamsiz) miqdorda olib, aniqlanayotgan modda, ion yoki elementning borligini ko‘rsatadigan reaksiyaga mos reagent ta’sir ettiriladi. Natijada modda va ular tarkibiga tegishli modda, ion yoki element bor yoki yo‘qligi haqidagi ma’lumot bilan cheklanadi.
Miqdoriy analiz. Yuqorida aytilganidek sifat analizining vazifasi moddaning sifat tarkibini, ya’ni u qanday molekula, atom, ion va funksional guruhlardan tashkil topganini aniqlashdan iborat bo‘lsa, miqdoriy analizning vazifasi shu molekula, atom, ion va funksional guruhlar modda tarkibida o‘zaro qanday nisbatlarda ekanligini aniqlashdan iborat. Miqdoriy analiz natijasi tegishli modda, element yoki ion tekshirilayotgan modda yoki aralashmaning necha foizini tashkil etishini, agar eritma bo‘lsa uning konsentratsiyasini qancha (normal, molyar va h.k.z.) ekanligini ko‘rsatish bilan tugaydi. Masalan, ammofos tarkibida azot yoki P2O5 dan necha % borligi aniqlanadi. Murakkab moddalar tekshirilganda avvalo, sifat analiz qilinib, so‘ngra tekshirilayotgan elementlarning massa ulushlari, ya’ni miqdorlari aniqlanadi. Sifat analizi miqdor analizidan oldin o‘tkazilishi kerak. Demak, miqdoriy tahlil “tahlil etiluvchi modda tarkibidagi kimyoviy element, molekula, atom, ion va funksional guruhlar miqdorini tajribada aniqlab, natijalarni ishonch chegarasi va standart chetlanishlari bilan ifodalab baholashdan iborat.
Miqdoriy analizda tekshirilayotgan moddadan va tekshirish uchun qo‘shilayotgan reagentdan aniq o‘lchamda olinadi. Miqdoriy analiz natijalariga ko‘ra reaksiyaning muvozanat konstantasi, moddaning eruvchanlik ko‘paytmasi va boshqa qiymatlar hisoblab chiqarilishi mumkin. Tekshirilayotgan modda tarkibidagi tegishli modda, element yoki ion oz miqdorda bo‘lsa miqdoriy analiz o‘tkazmay turib, sifat analizi davomida ajralib chiquvchi cho‘kma miqdori va hosil bo‘luvchi rangning intensivligiga qarab taxminiy xulosa chiqarish imkoniyati bo‘ladi. Moddaning sifat analizi haqida gapirilganda ko‘pincha “ochish”, miqdoriy tahlil haqida gapirilganda “aniqlash” iborasi qo‘llaniladi. Moddalarning sifat va miqdoriy tarkibini aniqlashning quyidagi usullari: 1) kimyoviy; 2) fizikaviy; 3) fizik-kimyoviy; 4) biologik usullari mavjud

Download 105.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling