Kationlarning analitik guruhlarga bo‘linish prinsiplari. Kationlarning analitik guruhga bo‘linishi D.I. Mendeleyevning davriy sistemasi bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib, u elementlar atom va ionlarining tuzilishidan kelib chiqadi. Bu bog‘lanish davriy sistemaning uzun variantida yaqqol namoyon bo‘ladi.
Kationlarni analitik guruhlarga bo‘linishiniig bir necha usuli mavjud. Ularga: kationlarning kislota (HCl, H2SO4) va asoslarga (NaOH, NH4OH) turlicha munosabatiga asoslangan kislota-asosli klassifikatsiya; kationlarning fosfatlarini suv va ammiakda turlicha erishiga asoslangan ammiak-fosfatli klassifikatsiya va metall sulfidlarining turlicha eruvchanligiga asoslangan vodorod sulfidli klassifikatsiyalarni kiritish mumkin. Kationlarning turli klassifikatsiyalarga asoslangan guruhlari 4-6- jadvallarda keltirilgan.
Kationlarning analitik guruhlarga bo‘linish prinsiplari. Kationlarning analitik guruhlarga bo‘linishining bir necha usuli mavjud. Ulardan eng qulay va ko‘proq qo‘llaniladigani sulfid usuli hisoblanadi. Kationlarni vodorod sulfidga bo‘lgan munosabati bo‘yicha analitik guruhlarga ajratishni 1871-yilda N.A. Menshutkin taklif etgan. Kationlarning analitik guruhlarga bo‘linishi D.I.Mendeleyevning elementlar davriy sistemasi bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib, elementlarning atom va ionlarining tuzilishidan kelib chiqadi. Bu
Do'stlaringiz bilan baham: |