Bola organizmining anotoma fiziologik xususiyatlari Asab tizimi


Download 499.25 Kb.
bet2/4
Sana20.06.2023
Hajmi499.25 Kb.
#1627803
1   2   3   4
Bog'liq
Bola organizmining anotoma fiziologik xususiyatlari

Ovqat hazm qilish tizimi.
Qizilo‘ngach embriologisi va anatomiyasi. Qizilo‘ngach va traxeya embrion birlamchi ichagidan rivojlanadi. Ularning ajralishi karina sohasida boshlanadi va kranial yo‘nalishda davom qiladi. Bu murakkab jarayonlarning buzilishida qizilo‘ngach atreziyasi va traxeya atreziyasi kabi nuqsonlar rivojlanishi mumkin. Aslida traxeya tog‘aydan iboratligi sababli, qizilo‘ngach anomaliyalarida, odatda, o‘z devorida tog‘ay qoldiqlari saqlaydi. Qizilo‘ngachning kistoz zararlanishi uning to‘liq kistoz ikkilanishi yoki bronxogen kistalari, devorida nafas yo‘llari shilliq qavati ham, tog‘ay ham uchragan holda namoyon bo‘lishi mumkin.
Qizilo‘ngach mushak devori ichki aylanma va tashqi bo‘ylama muskullardan tashkil topgan. Qizilo‘ngach o‘zining seroz qobig‘iga ega emas. Uning ko‘ndalang-targ‘il mushakdan tashkil topgan yuqori uchdan biri erkin nazoratda bo‘lsa, sirtqi uchdan ikki qismi avtonom boshqariladigan silliq mushakdan tashkil topgan. Qizilo‘ngach shilliq qavati o‘zining xususiy bezlariga ega bo‘lib, qattiq tiqilib qolganda ular ko‘p miqdorda shilliq ishlab chiqaradi.
Xirurgik nuqtayi nazardan qizilo‘ngachni bo‘yin, ko‘krak va qorin qismlarga ajratilishi mumkin. Bo‘yin qismi hiqildoq bilan o‘zaro qalin bog‘langan. Qizilo‘ngach devorining eng yupqa devori bevosita uzuksimon-halqum mushaklari pasti va orqasida joylashgan. Qizilo‘ngachning teshilish xavfi yuqori bo‘lgan bu qismi qalqonsimon-bo‘yin tomirlaridan oziqlanadi. Qizilo‘ngachning ko‘krak qismi aorta ravog‘ini yon tomondan aylanib o‘tadi hamda uning tomir halqasi deb nom olgan anomaliyasida ancha siqilgan bo‘ladi. Bu qismda qizilo‘ngach aorta va perikard bilan o‘zaro qalin bog‘langan bo‘lib, qizilo‘ngach yot jismi va kimyoviy kuyishlarida ham ular zararlanishi mumkin.
Qizilo‘ngach qorin qismi pastki qizilo‘ngach qisqichi (PQQ) ta’sir mexanizmini ta’minlaydi va diafragma tarmog‘i va oshqozon tomirlaridan mo‘l qon bilan ta’minlangan bo‘ladi. Kuchli qayt qilganda (Burxave sindromi) va portal gipertenziyada varikoz rivojlanganda, bu qism shilliq qavatining yorilishi – qizilo‘ngach pastki uchdan bir qismida ko‘p qon ketishining yashirin manbayi bo‘ladi.


Download 499.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling