Bola organizmining anotoma fiziologik xususiyatlari Asab tizimi


Bo‘g‘im turlari va ulardagi harakatlar


Download 499.25 Kb.
bet4/4
Sana20.06.2023
Hajmi499.25 Kb.
#1627803
1   2   3   4
Bog'liq
Bola organizmining anotoma fiziologik xususiyatlari

Bo‘g‘im turlari va ulardagi harakatlar. Yuzasining tuzilishiga ko‘ra bo‘g‘imlar sharsimon, ellipssimon, egarsimon, silindrsimon, g‘altaksimon, shakli va funksiyasiga ko‘ra bir, ikki, uch o‘qli bolishi mumkin. Bir o‘qli bo‘g‘imlarga silindrsimon, g‘altaksimon bo‘g‘imlar kiradi. Silindrsimon bo‘g‘im bilak-tirsak suyaklarining ikki uchida bolib, unda ichkariga va tashqariga burish harakati boladi. G‘altaksimon bo‘g‘im falangalar orasida, yelka-tirsak suyaklari orasida bolib, bu bo‘g‘imlarda bukish-yozish harakatlari boladi.
Gavda muskullari Gavda muskullari joylashishiga ko‘ra ko‘krak qafasi, qorin va orqa muskullariga ajratiladi. Ko‘krak qafasi muskullari ko‘krak qafasining atrofida joylashgan bolib, yuza va chuqur qavatlarga bo’linadi. Ko‘krak qafasi muskullari Ko'krakning yuza muskullari. Ko'krakning katta muskuli yelpig‘ich shaklida bolib, o‘mrov suyagining to‘sh tomondagi uchidan, to‘sh suyagining old tomonidan, qorinning to‘g‘ri muskuli qinidan muskul tolalari bilan boshlanadi va yelka suyagiga birikadi. Ko‘krakning katta muskuli qisqarsa, yelkani bukadi, oldinga, ichkariga buradi, qovurg‘alarni ko‘tarib, nafas olishda qatnashadi.
Qorin muskullari. Qorin muskullari ko‘krak bilan chanoq orasida joylashgan bolib, tolalari har xil yo‘nalgan. Ular qorindagi organlarni turli tashqi ta’sirdan saqlaydi, qorinni tarang qilib turadi. Nafas olish va gavdaning turli harakatlarida ishtirok etadi. Qorin muskullari qorinning oldingi yon tomonida joylashgan, ularning payi o‘zaro tutashib, qorinning old o‘rta qismida keng pay aponevrozini hosil qiladi. Qorinning o‘rtasida oq chiziq bolib, u to‘sh suyagining o‘simtasidan qovuq suyaklari davom etadi. Bu qismda nerv va qon tomirlar kam boladi. Qorin muskullari ichki organlarga press sifatida ta’sir etib, siydik, najas chiqarishni va qusishni tezlashtiradi.
Muskullarning charchashi. Faoliyatidan so‘ng ish qobiliyatining vaqtincha pasayishiga aytiladi. Dam olishdan so‘ng charchoqlik bosiladi. Bir guruh muskullarning charchashi ergografda tekshiriladi. Muskullar ish vaqtida yoki statik vaziyatda uzoq qisqarib turganda yoki birorta jismoniy ish bajarganda charchaydi. Muskul charchaganda uning qisqarishidagi latent davr uzayadi, kuchi susayadi, ta’sirga javob reaksiyasi tezligi pasayadi, organizmning chidamliligi kamayadi. Bola qancha yosh bo‘lsa, shuncha tez charchaydi, ayniqsa bir turli muskullar tez charchab qoladi. Bolalar harakatsiz turganda tezroq charchaydi. Mehnat qobilyatining uzoq saqlanishida va charchoqlikning boshlanishda markaziy nerv sistemasi hal qiluvchi rol o‘ynaydi.
Download 499.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling