Bola tarbiyasida mahalla, maktab va oila hamkorligi
Download 30.18 Kb.
|
14-мавзу дарсдан ташқари ма.и
Bola tarbiyasida mahalla, maktab va oila hamkorligi Barkamol shaxs tarbiyasini tashkil etish barcha davrlarda ham ijtimoiy jamiyatning muhim talabi va asosiy maqsadi bo‘lib kelgan. Tabiiyki, hozirgi kunda ta’lim islohotlari sharoitida ham barkamol shaxs tarbiyasi muhim ahamiyat kasb etmoqda. Mamlakatimizda ijtimoiy-iqtisodiy sohalarda bunyodkorlik ishlari amalga oshirilayotgan hozirgi kunda mehnat tarbiyasida yoshlarni ijtimoiy-foydali mehnatga tayyorlash ishiga katta e’tibor berilmoqda. Chunki mehnat kelajak avlodni aqliy, ahloqiy va estetik jihatdan tarbiyalaydi, ularning dunyoqarashini hamda mustahkam iroda sifatlarini shakllantiradi. Irodaviy sifatlarni tarbiyalash, ularga mehnat ko‘nikmalarini singdirish g‘oyat murakkab jarayon hisoblanadi. O‘quvchilar mehnat tarbiyasini tashkil etishda maktabning roli qanchalik katta ahamiyatga ega bo‘lmasin, oila, mahalla hamkorligisiz bu ishni muvaffaqiyatli hal etib bo‘lmaydi. Zero, oila birinchi tarbiya o‘chog‘i, birinchi muallim, bolaning mehnatga layoqatini, qobiliyatini, ijtimoiy qiziqishini uyg‘otadigan dastlabki tarbiya maskani bo‘lsa, mahalla uni rivojlanishi, ranaq topishi uchun muhit hisoblandi. Bolaga mehnat tarbiyasini berishda sog‘lom oilaviy muhit, ota-onalarning shaxsiy namunasi, mehnatga munosabatlari, mehnat ahliga bo‘lgan mehr oqibatlari, tinch-totuv mahalla, mehribon qo‘shnilar ham muhimdir. Bolada mehnat faoliyatiga qiziqish va extiyoj ancha barvaqt shakllanadi. Ota yoki ona farzandining xarakter-xususiyatini, qiziqishini hisobga olib, yoshligidan mehnat tarbiyasini berib boradi. Bolalarni o‘z-o‘ziga xizmat qilishga odatlantirishda harakatlarni tushuntirish va ko‘rsatishdan ko‘proq foydalanish kerak. Kichik yoshidanoq har bir bola mehnatda ishtirok etsa, o‘z-o‘ziga xizmat qilsa, ya’ni kiyinish, ovqatlangandan so‘ng yig‘ishtirish, chang artish, oyoq kiyimlarni taxlash, gullarga suv quyish va boshqa uncha qiyin bo‘lmagan yoki xususiyatiga mos keladigan ishlarni muntazam bajarsa, mehnat bolaga tarbiyaviy ta’sir etadi. Bularning barchasiga oilada asos solingan bo‘lsa, mahalla faoliyatida shakllanadi. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida o‘tkaziladigan turli mashg‘ulotlar orqali bolalar o‘z oldiga maqsad qo‘yish, ish jarayonini rejalashtirish, materialdan oqilona foydalanish, ishning maqsadiga muvofiq usullarni qo‘llash malakasini o‘stiradilar. 6-7- yoshdagi bolalarga nisbatan chaqqonlik, harakatlardagi aniqlik va tezlik, materialni moslash, murakkab holatdan mustaqil chiqa olish ko‘nikmasi rivojlanadi. Bularning barchasi kelgusida umumta’lim maktablarida ijodiy faoliyat asoslarini rivojlantirish uchun yangi imkoniyatlar ochib beradi. Shuningdek, umumta’lim fanlari qatori mehnat ta’limi darslarida bu jarayon uzviyligi va uzluksizligi ta’minlangan holda davom etib, o‘sib kelayotgan yosh avlodni aqliy va jismoniy mehnat turlari, jarayonlari hamda kasblar bilan tanishtirish, ularda dastlabki mehnat ko‘nikma va malakalarini, mehnatga qiziqish, mehnatsevarlikni shakllantirish, ularni mehnat va kasblarni qadrlashga, ahamiyatini tushunishga o‘rgatish hamda kasb tanlashga tayyorlash orqali kasbgacha tayyorgarliklarni amalga oshirishdan iboratdir. O‘quvchilar o‘z qobiliyati va qiziqishi asosida kasb tanlab, ta’limning keyingi bosqichlarida o‘qishni davom ettirib, kelajakda jamiyat manfaati uchun foyda keltiradigan shaxs bo‘lib yetishadi. “Fonologiyaning til tovushlar tizimini o‘rganishda ilmiy jihatdan yondashishi nutqiy jarayonlarni sintaktik qonuniyatlar nuqtai nazaridan o‘rganishi maqsadga muvofiq bo‘ladi. Bu fonologiyaning ham tarkibiy qismini tashkil etadi. So‘zning fonetik shakli faqat talaffuz jarayonidagina yaqqol ko‘zga tashlanadi.” deb ko‘rsatadi3. Mehnatga doir mashg‘ulotlarda bolalar qog‘oz va karton, turli va tabiiy materiallar, tolali va gazlama, loy va plastilin bilan ishlash bo‘limlarida ko‘pgina ajoyib turli tuman o‘yinchoqlar, tabriknomalar, ertak qahramonlarini qurish-yasashni o‘rgansalar, o‘rta va yuqori (5-9-sinf) sinflarda yog‘ochga, metallga, gazlamaga ishlov berish texnologiyalari asosida uy-ro‘zg‘or buyumlarini yasaydilar, mebellarni ta’mirlaydilar, turli xil kiyim-kechak, buyumlar bichib, tikadilar, kichik hajmdagi buyumlarni to‘qiydilar, turli tuman suvenerlar yasaydilar, pazandachilik asoslari bo‘limida milliy va jahon taomlarini texnologiya asosida pishirishni, salat tayyorlashni hamda dasturxonga tortish, bayram kechalarga dasturxon tuzashni, qishloq xo‘jalik asoslari yo‘nalishi bo‘yicha o‘simlik va uy hayvonlarini parvarish qilish yo‘llarini o‘rganish bilan ularning umummehnat ko‘nikmalarini rivojlantirishda ma’naviy-ahloqiy, aqliy, jismoniy, estetik, ekologik, vatanparvarlik, insonparvarlik va tadbirkorlik sifatlari shakllanadi. Biroq asosiy vaqtini oila va mahallada o‘tkazishi hech kimga sir emas albatta. Shunday ekan, oila, mahalla va maktab hamkorlikdagi faoliyati hozirgi kunda barkamol avlod tarbiyaning asosi bo‘lib hisoblanmoqda. Shu nuqtai nazardan, bugungi kunda MTT oila, maktab va mahalla hamkorligida bolalarni komil inson qilib tarbiyalashda samarali va tizimli ishlar olib borish zarur. Unutmasligimiz kerakki, oila jamiyat bo‘lagi, tarbiya va ta’limning ilk qadami oiladan boshlanadi. Demak, farzandning kelajagi, uning ravnaqi, o‘zi tanlagan kasb-hunarni egallashiga bo‘lgan qiziqishi oilada shakllanadi, rivojlanadi. Yuqorida bildirilgan fikr-mulohazalar asosida shuni qiyosiy tarzda aytmoqchimizki, oila ona tuproq, farzand nihol bo‘lsa, ta’lim maskani va mahalla uning ozuqa manbaidir Oila, MTT va mahallaning hamkorligi. Milliy mafkuramiz va qadriyatlarimiz xalqimizning maqsad muddaolarini ifodalaydi. Farzandlar oila timsolida jamiyatning ijtimoiy-ma’naviy qiyofasini ko‘radi, jamiyat talablari mohiyatini ilk bora shu kichik jamoada anglaydi. Ular ongiga dastlabki ma’naviy-axloqiy bilimlarni singdirishda oilaning, ayniqsa, ta’lim-tarbiya muassasalarining o‘rni muhim ahamiyat kasb etadi. Ta’lim-tarbiya muassasalari, oila va mahalla qo‘mitalari ijtimoiy institutlarning asosiy vazifasi milliy istiqlol g‘oyasini barcha yoshlarimiz ma’naviy boyligiga aylanishiga, ularning dunyoqarashiga singdirishda ko‘maklashish, mazmun-mohiyatini har tomonlama tushuntirishdan iborat. Ma’lumki, 1993-yilda ana shu tarbiya jarayoni ishtirokchilari sa’yi-harakatlarini birlashtirish maqsadida «Oila, mahalla, maktab hamkorligi» konsepsiyasi ishlab chiqilgandi. Mazkur Konsepsiyada taraqqiyotimizning ma’naviy-axloqiy negizi-milliy va umuminsoniy qadriyatlar uyg‘unligi ekanligi e’tirof etilgan. Yurtimizda yuz berayotgan o‘zgarishlar «Oila, mahalla, maktab hamkorligi» yo‘nalishida bola tarbiyasida oila, ota-ona, mahalla, maktabning asosiy vazifalarini mazmunan yangilab, hayotga tatbiq etishni taqozo etadi. Bolalarga ta’lim-tarbiya berishda ta’lim muassasalari pedagoglarining asosiy vazifalari «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonun, «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» mazmun-mohiyatidan kelib chiqqan holda belgilanadi. «Kadrlar tay-yorlash milliy dasturi» va «Maktab ta’limini rivojlantirish umummilliy davlat dasturi»da belgilangan vazifalarning amalga oshirilishi davlatimizning farzandlar baxtli kelajagi yo‘lidagi g‘amxo‘rligining amaliy ifodasidir. Bu yil davlatimiz rahbarining Qarori bilan jismonan sog‘lom va ruhan tetik, barkamol, mustaqil fikr va yuksak intellektual salohiyat, chuqur bilim hamda zamonaviy dunyoqarashga ega yosh avlodni voyaga yetkazish uchun kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirishga qaratilgan «Sog‘lom bola yili» Davlat dasturi tasdiqlandi. Ma’lumki, keyingi yillarda mamlakatimizda ta’lim sohasidagi islohotlar yurtimiz kelajagini ta’minlovchi bolalarning kamolini ko‘zlab amalga oshirilmoqda. «Sog‘lom bola yili» Davlat dasturida sog‘lom farzandlarning voyaga yetishi, barkamol bo‘lib o‘sishida zarur ta’lim va tarbiyaviy muhitini yaratishga oid masalalar o‘z ifodasini topgan. Dasturda boshqa dolzarb masalalar bilan bir qatorda, hozirgi axborot xurujlari kuchayayotgan davrda bolalarning jismoniy va ma’naviy rivojiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi axborotdan himoya qilish to‘g‘risidagi masalalar ham alohida ta’kidlangan. «Sog‘lom bola yili» Davlat dasturida bolalarni maktabga tayyorlash, sifatli boshlang‘ich ta’lim bilan ta’minlash, pedagogik jarayonlarda bilim va tarbiya berishning ilg‘or metodikalari, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish masalalari nazarda tutilgan. «Sog‘lom bola yili» Davlat dasturida belgilangan vazifalarni amalga oshirishda oila, umumta’lim maktablari, mahalla hamkorligi alohida o‘rin tutadi. Farzand tarbiyasi ko‘p omillar, avvalo, oiladagi axloqiy-ma’naviy muhitga bog‘liq. Ta’lim-tarbiya muassasalari bilan oila hamkorligi bunda muhim ahamiyat kasb etadi. Oila, mahalla, maktab hamkorligining asosiy omili oilada sog‘lom muhitni yaratish, sog‘lom turmush tarzini yuritish, farzandlar uchun ota-ona har tomonlama o‘rnak bo‘lishi, farzandlarning oilaviy qadriyatlarga, Ona yurtiga muhabbatni shakllantirish, bilimlar asoslarini berish, ma’rifatli va ma’naviyatli shaxs sifatida voyaga yetishlarini ta’minlash, bolalarning ma’naviy barkamol va jismonan sog‘lom bo‘lishlari uchun iqtisodiy va ijtimoiy muhitni yaratish muhim ahamiyat kasb etadi. Mazkur vazifalar mahalla faollari tomonidan tarbiya muassasalari bilan birgalikda ta’lim-tarbiya jarayonida amalga oshirilishi zarur bo‘lgan masalalarni muhokama qilish va ularni oqilona hal etishda faollik ko‘rsatish, oilaviy tarbiya jarayonlarini qo‘llab-quvvatlashdan iborat. Ota-onalarning yetarli darajada bilim va ko‘nikmalarga egaligi mustahkam oila va unda sog‘lom, har tomonlama barkamol farzandlar voyaga yetishi kafolati hisoblanadi. Bugungi kunda mamlakatimizdagi har bir oilada mobil telefoni, kompyuter, planshet kabi vositalar mavjud bo‘lib, ularni kimdir asosan muloqot qilishda qo‘llasa, kimdir mustaqil bilim oshirish maqsadida foydalanadi. Mazkur vositalar taqdim etadigan imkoniyatlardan biri internet xizmatidan keng foydalanish ham odatiy hol bo‘lib qoldi. Hozirgi davrda ko‘plab mahallalarda bolalar va yoshlar uchun turli to‘garaklardan tashqari, Internet kafe, kompyuter o‘yinxonalari ham mavjud. Mazkur maskanlar doim bolajonlar bilan gavjum bo‘ladi. Shu boisdan ham Internet tarmog‘idan yoshlar ongiga kirib kelayotgan zararli g‘oya va ta’sirlardan samarali va ishonchli himoyalash tobora dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Hozirgi davrimizning mo‘jizalari bo‘lgan kompyuter va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari juda qulay imkoniyatlarni taqdim etishi bilan birga, talay jiddiy muammolarni ham yuzaga keltirmoqda. Mazkur muammolarning oldini olish va ularni hal etish uchun esa ota-onalar, o‘qituvchilardan farzandlariga yanada hushyor va e’tiborli bo‘lishni, yosh avlodning g‘oyaviy-mafkuraviy immunitetini mustahkamlash borasidagi ishlar ko‘lamini yanada kengaytirishni talab etadi. Shu maqsadda mahallalar qoshidagi yoshlar va voyaga yetmaganlar bilan ishlash komissiyasi, ota-onalar va pedagog xodimlar bilan har oyda tuman ichki ishlar bo‘limi xodimlari ishtirokida davra suhbatlari tashkil etilishi ham yaxshi samara beradi. Bundan tashqari, komissiya a’zolari Internet kafe va kompyuter o‘yinxonalarida vaqt o‘tkazib, dars qoldirayotgan o‘quvchilarning ota-onalari bilan suhbatlashishlari ham muhim ahamiyatga molik. Mahalla guzarlarida o‘smir bolalarning bo‘sh vaqtlarini turli to‘garaklar bilan band etish ham yaxshi samara beradi. Mahallalarda olib boriladigan mazkur tadbirlardan ko‘zlangan asosiy maqsad o‘sib kelayotgan avlodni kamolga yetkazish, oila-mahalla-maktab hamkorligini ta’minlash va yanada kuchaytirishdan iborat. «Sog‘lom bola yili» Davlat dasturining muvaffaqiyatli amalga oshirilishi davlat va jamoat tashkilotlarining mustahkam hamkorligi, ta’lim muassasalari mutaxassislari, oilalar, mahalla faollari, umuman barcha fuqarolarning faol ishtirokini taqozo etadi. Bolalar — kelajagimiz ekan, ularni ham jismonan, ruhan, ham ma’nan sog‘lom bo‘lib kamolga yetkazish asosiy vazifamizdir. Davlatimiz rahbarining 2009 yil 13 apreldagi ―Ona va bola salomatligini muhofaza qilish, sog’lom avlodni shakllantirishga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida hamda 2009 yil 1 iyulda qabul qilingan ―2009-2013 yillarda aholining reproduktiv salomatligini mustahkamlash, sog’lom bola tug’ilishi, jismoniy va ma‘naviy barkamol avlodni voyaga yetkazish borasidagi ishlarni yanada kuchaytirish va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari Dasturi to’g’risidagi qarorlari bunday xayrli ishlarningizchilligini ta‘minlashga xizmat qilayotir. Yurtimizda amalga oshirilayotgan keng ko’lamli tibbiy-ijtimoiy islohotlar aholiga zamonaviy tibbiy xizmatni yaqinlashtirish, reproduktiv salomatlikni mustahkamlash, ekstragenital kasalliklarni kamaytirishga xizmat qilmoqda. Skrining xizmati qamrovining kengayayotgani, perinatal, pediatriya, akusher-ginekologiya sohalarida erishilayotgan natijalar onalik va bolalik muhofazasida yaxshi samara berayotir. Bu borada yana bir muhim loyiha – homilador ayollarni polivitaminlar bilan ta‘minlash chora-tadbirlari amalga oshirilmoqda. Bundan ko’zlangan maqsad – oilada sog’lom farzandlar tug’ilishini ta‘minlash va tug’ma nogironlikning oldini olishdir. Yurtimizdagi oilalarning demografik holati, yosh oilalarni qo’llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar, oilalarda tibbiy madaniyatni oshirish, reproduktiv salomatlikni mustahkamlash, birlamchi tibbiy-profilaktika ko’rigi qamrovini kengaytirish, istalmagan homiladorlikning oldini olishda zamonaviy tibbiyot yutuqlaridan samarali foydalanish masalalariga bag’ishlangan tadbirlar sog`lom oilada barkamol avlodni voyaga yetishini ta‘minlaydi. Konsepsiyada oilaga alohida e‘tibor qaratildi. O`zbekistonda 1998 yil―Oila yili deb e‘lon qilinishi oilaning tarbiyaviy rolini yanada kuchaytirdi. Qayd etilgan masalalar jamiyatimiz, xalqimiz, davlatimiz taqdiri va uning dunyo miqiyosidagi siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy salohiyatini shakllantirishda g`oyat katta ahamiyatga ega ekanligiga O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 26-martda qabul qilingan ―Ijtimoiy-ma‘naviy muhitni yanada sog`lomlashtirish, diniy aqidaparastlikning oldini olish chora-tadbirlari to`g`risidagi130-sonli qarori misol bo`la oladi. Shuningdek, O`zbekiston Respublikasining ―Ta‘lim to`g`risidagi Qonunining 30-moddasida ―Voyaga yetmagan bolalarni ota-onalari yoki qonuniy vakillari bolaning qonuniy huquqlari va manfaatlarini himoya qilishlari shart hamda ularning tarbiyasi, makatabgacha, umumiy o`rta, o`rta maxsus, kasb-hunar ta‘limi olishlari uchun javobgardirlar, deb belgilab qo`yilgan. ―Kadrlar tayyorlash Milliy Dasturining 3.2-bandida esa ta‘lim oluvchilarning o`qishi, turmushi va dam olishi uchun shart-sharoitlar yaratish borasidagi vazifalar hal etilishida jamoatchilik boshqaruvini rivojlantirishga alohida e‘tibor berilgan. Bu ―Oila, mahalla, maktab hamkorligi bugungi kunning ma‘naviy, ma‘rifiy, mafkuraviy, tarbiyaviy zarurati ekanligini bildiradi. Yosh avlodni ma‘naviy-axloqiy tarbiyalashda xalqimizning boy milliy, madaniy, tarixiy an‘analariga, urf-odatlariga hamda umumbashariy qadriyatlarga asoslangan samarali, zamonaviy pedagogik texnologiyaning ishlab chiqilib, amaliyotga joriy etilishi; shaxsni tarbiyalash va uni har tomonlama kamol toptirishning ustuvorligini ta‘minlash; umumiy hamda milliy pedagogik madaniyatni oshirish; mamlakatimiz fuqarolari orasida milliy mafkuraviy tarbiya ishlarini takomillashtirish, Oila, mahalla, maktab hamkorligi konsepsiyasining asosiy maqsadidir. O`zbekistonda yuz berayotgan o`zgarishlar oila, mahalla, maktab hamkorligi yo`nalishida bola tarbiyasida oila, ota-ona, mahalla, maktabning asosiy vazifalarini mazmunan yangilab hayotga tatbiq etishni taqazo qiladi. O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida belgilanganidek, ―Oila jamiyatimizning asosiy bo`g`inidir. Haqiqatan ham oila bu jamiyatni tashkil etuvchi katta kuchdir. Download 30.18 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling