Bola tarbiyasida oilaning o'rni haqida mutafakkirlar ta'limoti


Download 16.73 Kb.
Sana22.03.2023
Hajmi16.73 Kb.
#1286000
Bog'liq
1-Mavzu


Mavzu:Bolalar rivojlanishda oila, maktab, maktabgacha ta’lim muassasasi va mahallaning o’rni..

Reja
1. Bola tarbiyasida oilaning o'rni haqida mutafakkirlar


ta'limoti.
2. Maktabgacha ta'lim muassasining ota-onalar bilan hamkorlikdagi ishining mazmuni va usullari

Bola tarbiyasida oilaning o'rni haqida mutafakkirlar
ta'limoti Qadimgi yunon faylasuflari Aflotun va Arastu bolatarbiyasini jamiyat o'z ixtiyorigaolishi, tarbiya jarayonidagi barcha zarur ishlarni davlat bajarishi lozim degan g'oyani ilgari surgan edilar,Bu g'oya fransuz xayoliy sotsalistlari Sen Semon, ShariFure asarlarida keyinchalik rivojlantirildi. Ular bola tarbiyasibilan asosan davlat shug'ullanishi kerak, degan g'oyani ilgari surganlar. Ammo sharq mutafakkirlari bola tarbiyasi bilan asosan ota-ona shug'ullanishi kerak, degan xulosaga kelganlar. Bu bilan ular oilaviy tarbiyaning roliga katta e'tibor berganlar.Rizouddin ibn Fahriddinning “Oila” nomli risolasida bola tarbiyasi yomon niyat va qo'pollik bilan emas, balki sabr-toqat,matonat, mehribonlik, chidamlilik, shafqat-u sezgirlik bilan bo'lishi kerak. Zarar bilan foydani ayira olmagan yosh go'dakni nazoratsiz tutish ulug' xatolikdir. Balki uni qattiqlik bilan yumshoqlik o'rtasida adolat bilan tarbiya qilmoq kerakligi haqida fikrlar berilgan Ma'lumki, bola 2-3 yoshidan boshlab, o'z ehtiyojlari, fikr va talablarini birmuncha aniq ifoda etadigan bo'lib qoladi. U ko'ziga ko'ringan, aqli yetgan narsalarni so'ray va ularni sinchkovlik bilan tekshira boshlaydi. Maktabgacha ta'lim muassasining ota-onalar bilan hamkorlikdagi ishining mazmuni va usullariMTMning ota-onalar bilan ishlashining jamoa tarzida va yakkama-yakka holda ishlash shakllarini mohirlik bilan qo'shib olib borish, keng aholi orasida pedagogik tashviqot ishlarini tashkil etish tufayli bolalarni tarbiyalashda ijobiy natijalarga erishish mumkin. MTM xodimlarini ota-onalar va oila bilan hamkorlikdagi ishlarining eng keng tarqalgan shakllaridan bir qanchasini keltiramiz:- ota-onalar bilan yakkama-yakka ishlash. Ilg'or pedagogic tajribalarning ko'rsatishicha, ishning bu turi katta ahamiyatga ega. Bunda tarbiyachi oila va bolaning shaxsiy xususiyatlarini o'rganib ularni o'zining tarbiyaviy ishida hisobga oladi. - ko'rsatmali ishlar. Ishning bu turi ko'rgazmali, bolalarning ishlarini namoyish qilish, ochiq eshiklar kuni, pedagogic axborot stendlari, ota-onalar uchun kutubxona oilaviy tarbiyaning barcha masalari bo'yicha materiallar solingan papka.- ota-onaga pedagogik ta'lim berish va boshqalarni ko'rsatish mumkin. Tarbiyachining oilani borib ko'rishi Bola yashab turgan oilani o'rganish ota-onalar bilan yaqin aloqa o'rnatish va ularga yordam, maslahatlar berishning
samarali yoTlaridan biridir. Tarbiyachi oilaga tekshiruvchi sifatida emas maslahatchi, do'st va bola tarbiyasiga yordam beruvchi shaxs sifatida boradi. Tarbiyachining oilaga
borishidan asosiy maqsad bola yashayotgan sharoitni ko'rish va zarur bo'lsa, ota-onalarga yordam ko'rsatishdir. Oilani borib ko'rish va ota-onalar bilan suhbatlashish katta pedagogik odat bilan o'tkazilishi kerak. Ota-onalar bilan suhbatda bolaning eng
yaxshi tomonlari ochib berilsa, ota-onalarning tarbiyachiga bo'lgan hurmati va ishonchi ortadi. Tarbiyachi bolaning uyida ko'rganlarini qayd qilish bilan bir qatorda ularni tahlil qiladi,
ota-onalar majlislarida oilaviy tarbiyadagi ijobiy va salbiy tomonlar haqida gapiradi. Ularga o'zining maslahatlarini beradi. Oila tarbiyasidagi ijobiy ishlarni ota-onalar uchuntashkil etilgan testlarda aks ettirish ham mumkin. Oilani borib ko'rgandagi taassurotlarini tarbiyaviy ishlarni hisobga olish ustuniga yozib qo'yishi kerak Oilaga kamida yiliga 2 martaborib ko'riladi.Tarbiyachining oilaga borishi ota-onalardapedagogik madaniyatni oshiradi.
Download 16.73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling