Shaxsning rivojlanishda oila ijtimoiy muhitining ta’siri shamsiyeva Hilola
Download 0.77 Mb. Pdf ko'rish
|
Shamsiyeva Hilola
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kalit so‘zlar
Международныйнаучныйжурнал№10(100), часть2 « Научный импульс» Мая, 2023 921 SHAXSNING RIVOJLANISHDA OILA IJTIMOIY MUHITINING TA’SIRI Shamsiyeva Hilola Qashqadaryo viloyati, Shahrisabz tumani 3- umumiy o’rta ta’lim maktabi psixologi Annotatsiya:Oila va undagi shaxslararo munosabatlar tizimi, oilaviy shaxslararo munosabatlarning bola tarbiyasiga ta’siri, bola faoliyatini oilada tashkillashtirish masalalari, oilada ma’naviy, axloqiy va madaniy malakalarni shakllantirish kabi masalalarni nazariy va amaliy tahlil qilish va yoritish maqsad qilib olingan. Shuningdek, oilada farzandlar tarbiyasining ijtimoiy psixologik mohiyatini, ijtimoiy tasavvurlarning shakllanishida oila muhitining, xususan, ota-onalarning o‘zaro munosabatlari, ularning farzand tarbiyasidagi mas’uliyati hamda har bir oila a’zosining ijtimoiy psixologik mavqei, oilaviy munosabatlarga tayyorligi xususiyatlarini ham tahlil qilishga e’tibor qaratilgan. Kalit so‘zlar: oila, shaxsalaro munosabat, farzand, axloq, psixologik mashqlar. Oila-o‘ziga xos ijtimoiy birlik bo‘lib, uning asosida er-xotin ittifoqi, qarindoshlik munosabatlari, maishiy hayot birligi, axloqiy va huquqiy ma’suliyat hamda jamiyat tomonidan o‘rnatilgan ota-onalarning bolalarini tarbiyalashi bo‘yicha va farzandlarning o‘z ota-onalari uchun muayyan majburiyatlari turadi. Oila hayoti shaklining davrlari-oilaning shakllanishidan boshlab parchalanishigacha o‘zgarishlari dinamikasini tavsiflovchi kategoriya. Oila funksiyalari-oila va uning a’zolari yashashi va faoliyatini namoyon qilish usuli, oila funksiyalari tarixidir va jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlari bilan chambarchas bog‘liq. Odatda hamma bolalar ham tug‘ilgan vaqtlaridayoq ota-onalariga ma’lum bir qiyinchiliklarni keltiradilar. Ammo ba’zilari uchun muammo bo‘lgan narsa boshqalarga hech qanday qiyinchilik keltirmaydi va u ko‘pgina sabablarga bog‘liq. Bolaga nisbatan ota- onalarning tutgan yo‘li, oiladagi qadriyatlar tizimi, oila a’zolari o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarning bor yoki yo‘qligi, shuningdek, boshqa ko‘pgina narsalar bolani tarbiyalash jarayonida muqarrar ravishda paydo bo‘ladigan qiyinchiliklarni bartaraf etish malakasini belgilab beradi. Hozirgi kunda ijtimoiy amaliyotda muloqot va shaxslararo munosabatlar muammosi muhim ahamiyat kasb etmoqda. Muloqot va uning asosiy xususiyatlari, samarali muloqotning psixologik aspektlari, muloqotga o‘rgatishga oid psixologik mashqlar, samarali muloqotning psixologik vositalarini o‘rganish ishbilarmonlik faoliyatida asosiy o‘rinni egallamoqda. Oila va oilaviy tarbiya muammolari bilan shug‘ullanuvchi olimlarning tadqiqotlarida asosiy e’tibor oila bo‘yicha amaldagi bo‘linishga va Bolalar tarbiyasida ota-onalarning faol Международныйнаучныйжурнал№10(100), часть2 « Научный импульс» Мая, 2023 922 darajasiga qaratiladi. Shuningdek, ota-onalarning, Bolalarning hamda ayollarning bandligi va ularning Bolalar tarbiyasiga bo‘lgan ta’siri oilaning moddiy imkoniyatlari va turar joylariga bog‘lab o‘rganiladi. Jamiyatning moddiy va ma’naviy kamoloti yoshlarni turli ijtimoiy vazifalarni bajarishga, to‘plangan munosabatlarga doir tajribalar, moddiy va ma’naviy qadriyatlarga har tomonlama va uzoq tayyorlash lozimligini talab etmoqda. Oilaviy-munosabatlar asosan shaxs ijtimoiylashuvining dastlabki davridanoq shakllana boshlaydi va uning o‘zgarishida ijtimoiy-psixologik omillar, ta’lim tarbiya, oila muhiti, milliy- ma’naviy va axloqiy qadriyatlar, shaxsning muloqot muhiti va shaxsiy faolligi muhim rol o‘ynaydi. Oilaviy-munosabatlar har bir oila a’zosining bilish tizimida shakllangan ong tarkiblaridan iborat bo‘lib, shaxsning ijtimoiy va individual tajribasi sifatida uning oilaviy hayotga tayyorligini ta’minlaydi . Oiladagi o‘zaro munosabatlarning asosini tashkil etgan oilaviy tarbiyaga oid masalalar va ularning differensiatsiyasi o‘zining yosh, hududiy va jinsiy xususiyatlariga ega bo‘lib, ular avvalo har bir oilaning ruhiy ma’naviy muhiti, u yerdagi milliy qadriyatlar, an’analar, rasm - rusumlar qanchalik saqlanib qolganligiga ham bog‘liqligi asoslangan Bu holat tarbiya jarayoniga katta ta’sir etishi muallif tomonidan psixologik nuqtai nazardan tahlil qilib, uning sabablarini ko‘rsatib o‘tilgan. X.Karimovning ilmiy ishlarida o‘zbek oilasida er-xotin orasidagi nizolar boshqa millat vakillari (rus, ukrain va boshqa) oilalaridagi nizolardan farqlanishi, ya’ni o‘ziga xos etnopsixologik xususiyatlarga ega ekanligi aniqlangan o‘zbek oilalaridagi er-xotin orasida nizolarning kelib chiqishiga milliy-madaniy muhitiga xos bo‘lgan nikoh oldi omillarining xususiyatlari: ya’ni ba’zida tanishish imkoniyatining bo‘lmasligi yoki qisqaligi ham ta’sir etishi, natijada yuzaga kelgan nizo sabablarini tomonlar o‘zidan qidirmasligi, uni bartaraf etishda ota-onalarga tayanish, oiladagi o‘zaro munosabatlar qo‘pollik asosiga qurilishi va boshqa bir qator salbiy holatlar yuzaga kelishi ko‘rsatib o‘tiladi. X.Karimov tadqiqot ishlari natijalariga tayanib er-xotin o‘rtasidagi yuz beradigan nizoli holatlarning klassifikatsiyasini ishlab chiqqan. Nizolar klassifikatsiyasini asoslashda nizo sabablari, unda ishtirok etganlar soni, uning ifodalanish darajalari, nizo o‘chog‘i, yo‘nalganlik xarakteri, bosqichlari va boshqalar asos qilib olingan. Shu bilan bir qatorda, muallif tadqiqotlariga tayanib oilaviy nizolarning oldini olish yo‘llari, bartaraf qilish choralari, unda o‘zaro murosabatlar barqarorligini ta’minlashga bog‘liq tavsiyalarni ham ilgari suradi. F.R.Ro‘ziqulov ilmiy izlanishlarida o‘zbek oilalarda ajralishning ijtimoiy psixo logik asoratlarini ilmiy asoslashga harakat qilgan. Muallif muayyan darajada ijtimoiy -tarixiy taraqqiyot davomida oila-nikoh munosabatlari, uning barqarorligini ta’minlashning ba’zi omillari to‘g‘risidagi ilg‘or qarashlarni va hozirgi kunda respublikamizda amalga oshirilayotgan davlat ahamiyatidagi tadbirlarni tahlil qilarkan, oila-nikoh munosabatlarining jiddiy jihatlaridan biri sifatida hali ham oilalarning buzilishi–ajralishlar borliginialohidata’kidlabo‘tadi. F.Ro‘ziqulov ajralish miqdori haqida gapirar ekan, «Ajralish respublikamiz hududida istiqomat qilayotgan oilalarda Fransiya, Angliya, Germaniya, AQSh, Международныйнаучныйжурнал№10(100), часть2 « Научный импульс» Мая, 2023 923 Boltiq bo‘yi davlatlari, Rossiya va boshqa MDH mamlakatlaridagiga qaraganda, bir necha marotaba kam bo‘lsa-da, biroq o‘zbek oilalarida ajralish asoratlarini hoyatda ayanchli, noxush holatlar, kechinmalar, hodisalar keltirib chiqarishni hisobga olsak, uning miqdoriy ko‘rsatkichlari quyi ekanligi xotirjamlikka asos bo‘la olmaydi, deb ko‘rsatib o‘tadi. Muallifning tadqiqot xulosalariga ko‘ra, ajralish va uning asoratlari o‘zbek oilalarida o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lib, ko‘p bolalilik, uning murakkab tuzilmaliligi, qarindosh - urug‘chilik aloqalarining kuchliligi, oila-nikoh munosabatlarining etnik xususiyati ko‘proq saqlanib kelganligi, o‘zbek oilasida ajralish boshqa xalqlarnikiga nisbatan qoralanishi, er- xotinlarning turmush darajasi, bilim saviyasi, muloqot madaniyati va shu kabilar bilan asoslanadi. Bu oradaundaonalikmehriuyg‘onmaydi, u yangichaqaloqqabefarqbo‘lib qoladi. Ona bolaning yonida bo‘la turib, undan yashirin tarzda voz kechgan holatda ham bolada nevrotik xususiyatlar rivojlanadi, ayniqsa, bola shaxslararo munosabatlardanoq, urushqoq bo‘lib, qarorlar qabul qilishda qiynaladi, ijtimoiylashuv jarayoni nihoyatda murakkab kechadi. Ko‘rib turganimizdek, onaning bolaga psixologik yaqinligi uning istiqbolini, shakllanajak ijobiy fazilatlari, jamiyatdagi o‘rni va nufuzini belgilovchi muhim omildir. Ma’lumki, ijtimoiy tarbiyaning dastlabki o‘chog‘i oila bo‘lib, aynan ota va ona dastlabki ijtimoiy ko‘nikmalarni bola ongiga singdiruvchi, uning irodasini charxlovchi insonlardir. Oilaviy munosabatlar bolani nafaqat shaxs sifatida o‘zligini anglash, balki o‘zini u yoki bu jins vakili sifatida idrok etish va shaxsiy fazilatlarini takomillashtirishga ha m yordam beradi. Bizning kuzatishlarimiz shuni isbotladiki, oilaning to‘liq bo‘lishi, ya’ni, unda ham ota, ham onaning tinch-totuvda yashashlari va unda normal insoniy munosabatlar, sog‘lom ma’naviy muhitning mavjudligi bolaning har tomonlama yaxshi rivojlanishi, sog‘lom, aqlli, kuchli iroda sohibi bo‘lib etishiga imkon beradi. Bolaga ham otaning, ham onaning bo‘lishining zarurati shu bilan izohlanadiki, masalan, qiz bola onasi va uning oilada o‘zini tutishiga qarab, o‘zini ayollar jinsiga taalluqli ekanligini anglashdan tashqari, kelajakda qanday ona bo‘lishini tasavvur qilsa, otasining onasiga bo‘lgan munosabatiga qarab, o‘zini kelajakda oila qurganda qanday oila sohibasi bo‘lishi lozimligini anglab boradi. Xuddi shunday, o‘g‘il bola onasining fazilatlari, oiladagi tutumi va otasiga munosabatini idrok qilib borar ekan, kelajakda qanday qiz bilan turmush qurish mumkinligi, tanlaydigan qiziqanday sifatlar sohibasi bo‘lishi lozimligini bilib borsa, otasi va uning oiladagi mavqeiga qarab, o‘zini erkak sifatida kelajakda tasavvur qilish bilan birgalikda turmush o‘rtog‘iga qanday munosabatda bo‘lish lozimligi to‘g‘risida bilim va tasavvurlarini orttirib boradi. Bu psixologik qonuniyat bo‘lib, shaxsning oiladagi shaxsiy va jinsiy sotsializatsiyasining yetakchi tamoyili hisoblanadi. Shu bois ham bolaning tom ma’noda yaxshi tarbiya olib, jamiyatda va oilaviy munosabatlarda munosib mavqega ega bo‘lishi uchun oila muhiti Международныйнаучныйжурнал№10(100), часть2 « Научный импульс» Мая, 2023 924 sog‘lom, barqaror, er va xotin bir birlariga g‘amxo‘r, mehrli va sadoqatli bo‘lishlari o‘ta muhimdir. Xulosa qilib aytadigan bo’lsak. Oila va oilaviy tarbiya muammolari bilan shug‘ullanuvchi olimlarning tadqiqotlarida asosiy e’tibor oila bo‘yicha amaldagi bo‘linishga va Bolalar tarbiyasida ota-onalarning faol darajasiga qaratiladi. Shuningdek, ota-onalarning, Bolalarning hamda ayollarning bandligi va ularning Bolalar tarbiyasiga bo‘lgan ta’siri oilaning moddiy imkoniyatlari va turar joylariga bog‘lab o‘rganiladi. Jamiyatning moddiy va ma’naviy kamoloti yoshlarni turli ijtimoiy vazifalarni bajarishga, to‘plangan munosabatlarga doir tajribalar, moddiy va ma’naviy qadriyatlarga har tomonlama va uzoq tayorlash lozimligini talab etmoqda. Ijtimoiy-tarixiy va ilmiy manbalarning guvohlik berishicha, o‘zbek oilasining hayoti, undagi o‘zaro munosabatlar, uning urf-odatlari, an’analari va qadriyatlari, turmush tarzi, madaniyati, tarbiyaviy muhiti va mehnat shart sharoitlari jiddiy ilmiy muammolar sifatida XX asrning 60-70 yillaridan e’tiboran o‘rganila boshlandi. Ana shu yillardagi dastlabki tadqiqotlar ko‘proq falsafiy, tarixiy, etnografik yo‘nalishdagi va oilaning tarbiyaviy va mehnat shart sharoitlarini o‘rganishga qaratilgan bo‘lsa, keying tadqiqotlar o‘z xarakteriga ko‘ra, oilaning madaniy, huquqiy, tibbiy, uning turmush tarzi, undagi tarbiya muhitining ahamiyati, o‘zaro munosabatlarning psixologik qonuniyatlarini o‘rganishga qaratilganligi bilan ajralib turadi. Xulosa qilib aytish mumkinki, shaxs tarbiyasida ota-ona bilimlarini doimiy oshirib borishlari lozim. Yagona haqiqat shuki, uyda ota-ona, maktabda ustoz va murabbiylar ma’naviy boy, dunyo qarashi keng bo‘lishlari zarur. Shundagina o‘sib kelayotgan avlodlarga to‘g‘ri yo‘l ko‘rsata olish mumkin. Eng muhimi ularning psixologik rivojlanishi, ruhiyatidagi o‘zgarishlar to‘g‘risida umumiy ma’lumotga ega bo‘lish mumkin bo‘ladi. Bu esa o‘z o‘rnida munosabatlarni to‘g‘ri rivojlanishiga, ularni hayotini oldindan ko‘ra bilishga, kelajagini porloq qilib voyaga yetkazishga katta yordam beradi. Download 0.77 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling