2023-yil 1 oktyabrgacha “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimi ishga tushiriladi.
2023-yil 1 oktyabrdan:
“Ijtimoiy himoya yagona reestri” axborot tizimi Agentlik tasarrufiga o‘tkaziladi;
aholiga ko‘rsatiladigan barcha turdagi ijtimoiy xizmatlar va yordamlar, shu jumladan kam ta’minlangan oilalar bolalari uchun nafaqa va moddiy yordamlar bo‘yicha arizalar “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimi orqali qabul qilinadi.
2024-yil 1 yanvardan “Mehr daftari”, “Saxovat va ko‘mak”, “Yoshlar daftari” va “Ayollar daftari” orqali ko‘rsatiladigan ijtimoiy yordam va ko‘maklar qamrab olinadi.
Har haftaning juma kuni “Mehr va saxovat kuni” sifatida belgilanib, barcha davlat organlari va tashkilotlari ehtiyojmand aholi, nogironligi bo‘lgan shaxslar hamda yolg‘iz keksalar holidan xabar olish, ularga g‘amxo‘rlik qilish hamda xayriya tadbirlari o‘tkaziladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida Ijtimoiy himoya milliy agentligining asosiy faoliyat yo‘nalishlari
Do'stlaringiz bilan baham: |