Bola tug‘ilgani uchun beriladigan nafaqa


Sanatoriylarda davolanish uchun yo‘llanmalar berish


Download 437.32 Kb.
bet16/21
Sana03.12.2023
Hajmi437.32 Kb.
#1801480
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
Bog'liq
Ijtimoiy xizmatlar va moddiy yordamning boshqa turlari

Sanatoriylarda davolanish uchun yo‘llanmalar berish
Keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarga sanatoriylarda davolanish uchun yo‘llanmalar berish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti

  • Sanatoriylarda davolanish uchun yo‘llanmalar DXM yoki my.gov.uz orqali beriladi

  • Ma’muriy reglamentga ko‘ra, 2022-yil 1-iyuldan keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarga sanatoriylarda davolanish uchun yo‘llanmalar faqat DXM yoki YaIDXP (my.gov.uz) orqali beriladi.

Yo‘llanmalar quyidagi toifadagi keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarga beriladi:

  1. urush nogironlariga va qatnashchilariga tenglashtirilgan shaxslar;

  2. halok bo‘lgan harbiy xizmatchilarning yangi nikohdan o‘tmagan beva xotinlari (beva erlari);

  3. respublika ahamiyatiga molik shaxsiy pensiya oluvchi shaxslar;

  4. Chernobilь AES halokati oqibatida nurlanish kasalligiga chalingan va uni boshidan kechirgan shaxslar, shuningdek, Chernobilь halokati sababli nogiron bo‘lib qolgan shaxslar;

  5. yadro poligonlari va boshqa radiatsiya-yadro ob’ektlarida harbiy xizmatni o‘tagan pensiya yoshidagi shaxslar;

  6. I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar, ko‘zi ojiz I guruh nogironini kuzatib boruvchi shaxs;

  7. o‘zgalar parvarishiga muhtoj yolg‘iz keksalar;

  8. yoshga doir pensiya oluvchilar.

Davlat xizmatlari ko‘rsatilgani uchun yig‘im undirilmaydi.

  • Yo‘llanmalar keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarga 12 kunga, yo‘llanmalarning amal qilish muddati boshlanishidan 10 kun oldin (asosli sabablarga ko‘ra qaytarilgan yo‘llanmalar bundan mustasno) beriladi.

  • Yo‘llanmalar faqat ularda ko‘rsatilgan muddatlarda haqiqiy hisoblanadi.

  • Yo‘llanmada ko‘rsatilgan muddatdan oldin sanatoriyga qabul qilinmaydi, sanatoriyga kechikib kelingan kunlar tiklanmaydi.

  • Yo‘llanmadan faqat unda ko‘rsatilgan shaxsgina foydalanishi mumkin. Bitta yo‘llanma bilan bittadan ortiq kishi (jumladan, yosh bolalar ham) qabul qilinmaydi.

Elektron sanatoriy” platformasi ishlab chiqiladi. Bunda:

  1. sanatoriylarga yo‘llanma olish uchun murojaat qilgan aholi elektron axborot tizimi orqali hisobga olinadi;

  2. yo‘llanmalar bo‘yicha navbatni kuzatish imkoniyatini beruvchi mexanizmlar joriy etiladi.


Download 437.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling