Inventarizatsiya o‘tkazish haqida
Download 17.45 Kb. Pdf ko'rish
|
Hujjat
- Bu sahifa navigatsiya:
- B U Y U R A M A N
- Komissiya a’zolari
- Boshqarma boshlig‘i birinchi o‘rinbosari M.HATAMOV
24.07.2023 113 -um-son Inventarizatsiya o‘tkazish haqida O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan 1999-yil 19-oktabrda tasdiqlangan (ro‘yxat raqami 833, 1999-yil 2-noyabr) Inventarizatsiyani tashkil etish va o‘tkazish to‘g‘risidagi 19-sonli O‘zbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobining milliy standartiga asosan boshqarma va uning tarkibiy bo‘linmalari foydalanuvidagi tovar-moddiy qimmatliklar, asosiy vositalari va boshqa inventar jihozlarning to‘liq va sifatli saqlanishi ta’minlash, tovar moddiy qimmatliklar talon–taroj qilinishi va o‘zlashtirish holatlarining oldini olish, shuningdek, moddiy qiymatliklar ishonib topshirilgan moddiy javobgar shaxslar ustidan nazoratni kuchaytirish maqsadida B U Y U R A M A N: 1. Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi, viloyat idoraviy notarial va FHDY arxivlari, tuman (shahar) adliya bo‘limlari, DXM, FHDY bo‘limlari hamda yuridik xizmat ko‘rsatish markazlarining barcha tovar-moddiy qimmatliklari, asosiy vositalari va boshqa inventar jihozlarining saqlanishi va mavjudligini aniqlash yuzasidan joriy yilning 1-avgust kunidan 20-sentyabr kuniga qadar inventarizatsiya o‘tkazilsin. 2. Inventarizatsiya o‘tkazish bo‘yicha komissiya tarkibi quyidagi tarkibda tuzilsin: Komissiya raisi: Boshqarma boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari M.Hatamov Komissiya raisi o‘rinbosari: Boshqarma boshlig‘ining o‘rinbosari A.Raxmatov Komissiya a’zolari: Davlat xizmatlari markazlari va FHDY organlari faoliyati muvofiqlashtirish sho‘basi boshlig‘i A.Ismoilov Raqamlashtirish bo‘yicha bosh maslahatchi M.Eshboltayev Moliya-iqtisod sho‘basi boshlig‘i I.Mamatqulov Xo‘jalik faoliyati va mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha bosh maslahatchi X.Nuraliyev Moliya-iqtisod sho‘basi kichik mutaxassisi D.Beknazarova Tegishli viloyat idoraviy notarial va FHDY arxivlari, tuman (shahar) adliya bo‘limlari, DXM, FHDY bo‘limlari hamda Yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari rahbarlari. 3. Komissiyaning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilansin. - boshqarma va uning tarkibidagi barcha bo‘linmalariga ajratilgan asosiy vositalarni joyiga chiqqan holda inventarizatsiyadan o‘tkazish; - barcha asosiy vositalar, tovar-moddiy qimmatliklar qoldiqlarini aniqlash, asosiy vositalarga inventar raqamlarining to‘liq o‘rnatilishini ta’minlash; - mavjud asosiy vositalar va tovar-moddiy boyliklarni buxgalteriya hisobi ma’lumotlari bilan taqqoslash; - haqiqatda mavjud va balans hisobida tafovut aniqlangan ortiqcha mol- mulklarni o‘rnatilgan tartibda balansga kirim qilinishini yoki kamomad aniqlanganda aybdor shaxslar tomonidan mol-mulkni undirish choralarini ko‘rish; - inventarizatsiya natijalari bo‘yicha tegishli hujjatlani rasmiylashtirish va rahbariyatga axborot kiritish; - yaroqsiz asosiy vositalar, tovar-moddiy boyliklarni hisobdan chiqarish bo‘yicha tegishli hujjatlarni rasmiylashtirish va O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirligiga kelishish uchun yuborilishini ta’minlash; - inventarizatsiya natijasi bo‘yicha moddiy-texnika bazasini mustahkamlash bo‘yicha 2024-yilga mo‘ljallangan dasturga takliflar tayyorlanishini ta’minlash. 4. Komissiya tomonidan boshqarma balansidagi mavjud barcha asosiy vositalar va tovar-moddiy qiymatliklari 2023-yilning 1-avgust kuni holatiga inventarizatsiyadan o‘tkazilsin. 5. Inventarizatsiya natijasida ko‘p yillar davomida foydalanish natijasida yaroqsiz holatga kelib qolgan asosiy vositalar va tovar-moddiy qiymatliklarni O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2004-yil 29-avgustda 1401-son bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan “Asosiy vositalarni balansdan chiqarish tartibi to‘g‘risida”gi Nizom va 2010-yil 22-dekabrda 2169-son bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan Byudjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi yo‘riqnomada belgilangan tartiblarda hisobdan chiqarilishi ta’minlansin. 6. Mazkur buyruq ijrosini nazorat qilishni o‘z zimmamda qoldiraman. Asos: Moliya-iqtisod sho‘basi boshlig‘i I.Mamatqulovning bildirgisi. Boshqarma boshlig‘i birinchi o‘rinbosari M.HATAMOV Surxondaryo viloyati Download 17.45 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling