Bolada xotiraning yetakchi turini aniqlash. Diqqat barqarorligini aniqlash Ishdan maqsad: Bolalarda xotirani mustaxkamlash usullarini o’rganish. Ishning borishi


-rasm. Gilamdagi xar xildagi tuslar


Download 1.97 Mb.
bet3/5
Sana20.10.2023
Hajmi1.97 Mb.
#1713079
1   2   3   4   5
Bog'liq
Amaliy mashg\'ulot 6(1)

30-rasm. Gilamdagi xar xildagi tuslar
Suratda nechta uchta gulbargli gul tasvirlangan?
Nechta qora rangli gul tasvirlangan?
Nechta gul beshta gulbargli, lekin boshqa qo’shimchalari yo’q?
Maxfiy shifr
Yuqoridagi mashqlar sizga shunchaki ermakdek tuyulgan bo’lsa, mana bunisi haqiqiy boshqotirmaning o’zi. Bu maxfiy shifrni eslab qolish uchun ikki daqiqa vaqt beramiz. So’ngra esa 31-rasmga qaramasdan quyidagi uchta rasmda qanday so’zlar yozilganini toping.


31-rasm. Maxfiy shifrlar
Ye’tiborli bo’ling. Sport bilan shug’ullaning. Tartib-intizomga rioya qiling. Qo’shiqlar kuylang, she’rlar yodlang, kitob o’qing.
Boshqotirmalar yeching, aqlni charxlovchi o’yinlar o’ynang. Siz albatta mustahkam xotiraga ega bo’lasiz.
Xulosa:
Talabalarga mustail ish topshirilari:

Baxolovchi


Ishga soluvchi
Kommunikativ
Mustaxkamlovchi
parodoksal
Quyida berilgan xar bir shakl ichidagi so’zlardan bittasi ortiqcha. Shu ortiqa so’zlarni toping, nima uchun ortiqchaligini tushintiring.

Irratsional
Ratsional
Mantiqiy
Intuitiv
operativ

Sensor xotira
Fotografik xotira
Operativ xotira
Parodoksal xotira


Keyslar


1

Bolaligida Ibn Sino onasidan “Nega osmon oldin katakchalardan iborat edi-yu, xozir o’sha katakchalar yo’q?” deb so’ragan ekan.


Keys yuzasidan savollar:
1. Bunday deb so’rashiga sabab nima deb o’ylaysiz?
2. Bu qanday xotira turi bo’lishi mumkin?
Kaliti. Bunday deb so’rashiga sabab go’dakligida onasi xar xil xashoratlardan saqlash maqsadida uning yuzini elak bilan yopib qo’yar ekan. Keyinchalik o’sha manzarani bo’lg’usi tabib kuchli xotirasi yordamida xotirlay bilgan ekan. Bu uzoq muddatli kuchli xotira turiga kiradi.

2

Yoshi qirqdan oshgan kishilar gap orasida “Xotira chatoq-da, qarichilik endi” deb qo’shib ketishi odatiy xol. Aslida bunday emas. Vaxolanki, xotirani yoshi yetmishga yetgan aktyorlar butun boshli matnlarni qiynalmasdan yodlay olishlari xammaga ma’lum. Germaniya va AQSh kabi bir qator xorij mamlakatlarida esa, nafaqaga chiqqandan keyin talabaga aylanadigan qariyalar ko’plab topiladi.


Keys yuzasidan topshiriqlar:
1. Nima uchun ba’zi keksalarda xotirani pasayib borish xolati kuzatilyapti?
2. Nima uchun ikkinchi toifali insonlarda xotirasi pasaymagan?
3. Nima uchun ayrim davlatlardagi qariyalar nafaqaga chiqqandan so’ng talabaga aylanishadi?
4. Mazkur vaziyatni qanday baholaysiz va siz qanday yo’l tutgan bo’lar edingiz?
Kaliti. “Xalqimiza ishlamagan tesha zang bosadi” degan maqol bejizga aytilmgan. Birinchi toifali insonlar ko’pincha faol o’rganish davri tugagandan keyin o’rganishga ishtiyoqlarini yo’qotishadi va xotirani zo’r berib ishlatmasliklari natijasida shu kuyga tushib qolishadi. Ikkinchi toifali insonlarda xotirasi pasaymasligiga sabab xotirani charxlash kundalik ishiga aylangan. Uchinchi toifali insonlar xotirani zaiflashuvini oldini olish maqsadida ijtimoiy-gumanitar fakultetlarga o’qishga kirishadi va yosh kursdoshlari bilan baravar mashg’ulotlarni o’zlashtirib, imtixonlar topshirishadi. Demak, xotira zaiflashuviga yoshni sabab qilib ko’rsatish asossiz baxona.


3

Nima haqidadir gapirmoqchi bo’lasiz, lekin kutilmaganda esingizdan chiqib ketadi, fikringizning o’rtasida aslida o’zi nima haqida o’ylayotganingizni xech eslay olmaysiz, bu muammoning sababi nima deb o’ylaysiz.


Ushbu masalani yechimini toping?
Kaliti. Bunday xolat ko’pincha aqliy zo’riqish paytida kelib chiqadi. Chunki aqliy z o’riqish paytida shartli reflekslar kuchining pasayishi, ish bajarish tezligi va aniqligining kamayishi, xotira va e’tiborning pasayishi kuzatiladi. Chunki bola qattiq charchaganda nerv tizimining funksional xolati o’zgaradi va tormozlanish vujudga keladi.
Xalqimizda «yuz martada yod bo’ladi, ming martada muxr» degan naql yuradi. Bu maqol asosli, faqat qachonki unga to’g’ri amal qilinganda shunday. Chunki miya ma’lumotni muxrlashi uchun unga vaqtincha boshqa ma’lumotni yuklamay turishi lozim. Tadqiqotchi Myuller va Piltsekerlar biror matnni yod olgach dam oldirish kerakligini ta’kidlashadi. Ba’zan esa miyada yech qanday “muxrlanish” jarayoni yuz bermaydi.
1. X o’sh, nima uchun tadqiqotchi Myuller va Piltsekerlar biror matnni yod olgach dam olish kerak deb ta’kidlashadi.? Sizning fikringiz qanday?
2. Nima uchun ba’zan miyada xech qanday «muxrlanish» jarayoni yuz bermaydi?
Kaliti. Chunki tin olish jarayonida miya ma’lumotlarni o’z-o’zidan takrorlar ekan.
Ba’zan ma’lumot yodlagandan so’ng o’rinsiz qaytarilaversa miyada xech kanday “muxrlanish” jarayoni yuz bermaydi. Shuning uchun xar 24 soatda yodlangan so’zlarni qaytarib turish maqsadga muvofiq.

4

Xotira jarayonlari shaxsning faoliyatidagi yutuqlariga bog’liq bo’lgani uchun xam, uning tabiati, qanday kechishiga ko’plab olimlar axamiyat berganlar. Masalan nima uchun inson u yoki bu ma’lumotni xotirada saqlaydi degan savolga turli olimlar turlicha javob beradilar.


Ushbu holat bo’yicha fiziologlar qanday fikr bildirishgan deb o’ylaysiz?
Bioximiklar qanday fikr bildirishgan deb o’ylaysiz?
Psixologlar qanday fikr bildirishgan deb o’ylaysiz?
Kaliti. Fiziologlar uning sababini miyada xosil bo’ladigan nerv bog’lanishlar-assotsiatsiyalar bilan bog’lashadi.
Bioximiklar DNK va boshqa bioximik o’zgarishlar bilan bog’lashadi.
Psixologlar esa xotirani doimo inson faoliyati, uning shaxs uchun axamiyati va motivlar xarakteri bilan bog’laydi. Chunki shaxsning yo’nalganligi, uning hayotdagi mavqei va qobiliyatlarining rivojlanganlik darajasi aynan xotirasining mazmuniga bog’liq. Talaba yoki talabalar orasida bilimlirog’i ham bir qarashda xotirasining kuchi bilan boshqalardan ajralib turadi.

5

Italyan oilasida tug’ilgan bola 5 yoshga to’lganda ota-onasidan ayriladi, so’ng fransuz tilida so’zlashadigan oilaga berishadi. Bola 7 yoshida italyan tilini umuman unutadi. Bola voyaga yetgandan keyin oilasi bilan Angliyaga ketishadi. Shundan so’ng ingliz tilini o’rganib, bir umr ingliz tilida gaplashadi. Uning nevaralari bobosi qachonlardir italyan bo’lganligini bilishmas edi. Bu inson 80 yoshga to’lganda ingliz tilini umuman unutadi, lekin fransuz tilida erkin gaplasha boshlaydi. Vaqtlar o’tib 90 yoshga t o’lganda fransuz tilini xam umuman unutib, o’zining sof italyan tilida so’zlasha boshlaydi.


Yuqoridagi xolatga sizning fikringiz, nima uchun bu insonda vaqtlar o’tib sof o’zining italyan tilida so’zlashgani nimadan dalolat beradi?

6
Kaliti. Yuqoridagi xolatni kuzatilishi shundan dalolat beradiki, qachonlardir sodir bo’lgan voqea-xodisalar, xosil bo’lgan shartli reflekslar funksional izlari bosh miya yarimsharlarida qoladi.

Tomas edison xayolparast, ko’p narsani yodida tuta olmaydigan, kamsuqum bola bo’lgan. Kunlarning birida yosh Tomas edison maktabdan uyga kelgach, onasiga o’qituvchisi bergan xatni berdi. Onasi ovoz chiqargan xolda xatni ko’zida yosh bilan o’qidi: “Sizning o’g’lingiz - daxo, ulug’ iste’dodli. Bu maktab unga juda kamlik qiladi, bu yerda uni nimagadir o’rgatadigan va unga mos keladigan o’qituvchi yo’q. Shunday ekan, iltimos farzandingizni o’zingiz o’qitsangiz”. Bir necha yillardan so’ng onasini o’limidan keyin (o’sha vaqtda edison o’z asrining buyuk ixtirochisi edi) u eski oilaviy arxivlarni ko’zdan kechirar ekan xatga ko’zi tushdi. U xatni ochdi va o’qidi “..............”. Edison bir necha soat baqirdi. So’ngra o’zining kundaligini olib, shunday deb yozdi: “.................”


Sizning fikringizcha xatda o’qituvchi nima deb yozgan?
Yedison o’z kundaligiga nimalarni yozib qoldirdi?
Kaliti. Xatda shunday yozilgan edi: “Sizning o’g’lingiz aqliy orqada qolgan. Boshqa bolalar bilan bir maktabda o’g’lingizni o’qitolmaymiz. Shuning uchun farzandingizni uyda o’zingiz o’qitishingizni tavsiya etamiz”.
Kundaligida shunday bitiklar yozib qoldirdi: “Tomas Alva edison aqliy orqada qolgan bola bo’lgan. Onasining jasoratligi tufayli u o’z asrining buyuk ixtirochilardan biri bo’lishiga muyassar bo’lgan”.
Test savollari
1. Xotira turi ontogenezda qanday ketma-ketlikda shakllanadi?

Download 1.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling