Bo‘lajak boshlang’inch ta’lim yo’nalishi talabalarida innovatsion yondashuviga asoslangan pedagogik amaliyotini tashkil etishning nazariy asoslari
Download 28.87 Kb.
|
1 2
Bog'liqMaqola 1
- Bu sahifa navigatsiya:
- ANNOTATSIYA.
- Kalit so’zlar
BO‘LAJAK BOSHLANG’INCH TA’LIM YO’NALISHI TALABALARIDA INNOVATSION YONDASHUVIGA ASOSLANGAN PEDAGOGIK AMALIYOTINI TASHKIL ETISHNING NAZARIY ASOSLARI. Badalov Dilmurod Abdixalilovich Termiz iqtisodiyot va servis universiteti “Ijtimoiy-gumanitar fanlar” kafedrasi o‘qituvchisi Tel: 93-761-17-11 e-mail: dilmurodbadalov907@gmail.com ANNOTATSIYA. Ushbu maqolada bo’lajak mutaxassislarni yangicha haroitlarda ishlashga tayyorlovchi jarayon, pedagogik innovatsiya, innovatsion yondashuv, talabalarining pedagogik amaliyot maqsadi, vazifalari, bosqichlari, oliy ta’lim tizimida malakaviy amaliyotni tashkil etish va o’tkazishga doir muammolar bayon etigan. Kalit so’zlar: bo’lajak mutaxassislar, pedagogik innovatsiya, innovatsion yondashuv, pedagogik amaliyot. Pedagogika oliy ta’lim muassasalarida talabalarni pedagogik faoliyatga tayyorlash murakkab jarayon bo‘lib, uni oqilona amalga oshirish bo‘lg‘usi pedagog kadrning kasbiy yetukligini ta’minlashga xizmat qiladi. Ma’lumki, muayyan yo‘nalish va mutaxassislik bo‘yicha kadr tayyorlash to‘plangan tajriba, ilmiy izlanishlar asosida tartibga tushirilgan ta’lim standartlari, shuningdek, uni huquqiy jihatdan ta’minlovchi me’yoriy hujjatlar, o‘quv-metodik adabiyotlar tizimi asosida amalga oshiriladi. Demak, bunda kadrlar tayyorlashda uzoqni ko‘zlab ish yuritiladi. Bu kadrlar tayyorlashning asosiy komponenti hisoblanadi hamda unga mamlakatimizda davlat ahamiyati beriladi. Ayni zamonda, uni ta’lim jaryonida qanday qo‘llash masalasi ham borki, bu borada ham yutuqlarimiz kam emas. Ko‘rinib turibdiki, oliy ma’lumotli kadr tayyorlashda o‘zaro uzviy bog‘langan ikki jarayon mavjudki, biri strategik mohiyat, ikkinchisi esa taktik mohiyat kasb etadi. Pedagogik innovatsiya – bo’lajak mutaxassislarni yangicha sharoitlarda ishlashga tayyorlovchi jarayon bo’lib, u oldingi egallangan bilimlar asosida ta’limda sifat jihatidan o’zgarishlar qilib, yuqori samaradorlikka erishishga yangicha yondashuv qilishdan iboratdir. “Innovatsion yondashuv” tushunchasining pirovard maqsadi ta’lim sohasida o’quv-tarbiya jarayoni natijasini kafolatlaydigan o’zgarish, yangilanishlar kiritishdan iboratdir. Pedagogik innovatsiyalar tegishli sohada ijobiy o’zgarishlarni sodir etish, sifat jihatdan yuqori natijalarga erishish maqsadida qo’llaniladi. Pedagogik oliy ta’lim muassasalari talabalarining pedagogik amaliyoti professional pedagogik kadrlar tayyorlashning muhim omili hisoblanadi. Zero, bilim xazina bo’lsa, shuhbasiz, uning eshigini ochadigan kalit bu – amaliyot, amaliy ta’limdir. Globallashuv, ayniqsa, pedagogik ta’limdagi keyingi islohotlar jarayonining tezlashishi, zamonaviy o’qitish texnologiyalar paydo bo’lishi va axborotkommunikatsiya texnologiyalaridan amaliyotda keng foydalanish bilan bog’liq holda, ushbu muammo yanada keskinlashdi. Oliy ta’lim tizimida mutaxassislarni tayyorlash asosan ikki muhim bo’g’in: ilmiy-nazariy va amaliy tayyorgarlikdan iborat. Amaliy tayyorgarlik nazariy bilim va ko’nikmalarni qo’llashni uzluksizligi va uzviyligidan iborat bo’lib, ko’p jihatdan ta’lim jarayonida tashkil etiladigan malakaviy ishlab chiqarish amaliyoti samaradorligiga bog’liq. Innovatsion yondashuv asosida talabalarning pedagogik amaliyotini Rus pedagoglari N.V.Kuzmina, M.B.Klarin, VASlastenin hamda o’zbek olimlaridan B.A.Abdullaev, B.Ziyomuxamedov, M.Tojiev, A.Alimov, N.Muslimov kabi tadqiqotchilar tomonidan olib borilgan ishlarda innovatsion faoliyat, pedagogic faoliyatga innovatsion yondashish, innovatsion g’oyalarni asoslash va ularni amaliyotga samarali tatbik etish tadqiq qilingan. O’zbekistonlik olimlardan N.Saidahmedov, N.Azizxo’jaeva, Sh.Shodmonov, G.Baubekova, G.Xalikova, va boshqalar pedagogik yangilanishlarga ilg’or tajribaning xususiy shakli tarzida qaraydi [1.11]. Ma’lumki, bakalavriat ta’lim yo’nalishlari bo’yicha kadrlar tayyorlashning muhim qismi bo’lgan talabalarning ishlab chiqarish amaliyoti - fan-texnika, texnologiya va ishlab chiqarishdagi zamonaviy usullar, tajribalarni o’rgangan xolda, kasbiy ko’nikma va amaliy malakalarni shakllantirishga asoslanadi. Pedagogik kuzatishlar natijalari oliy ta’lim tizimida malakaviy amaliyotni tashkil etish va o’tkazishda bir qancha kamchiliklar mavjudligini ko’rsatadi. Oliy ta’lim jarayonida nazariya va amaliyot yaxlitligi ta’minlanmaganligi, talabalarning malakaviy amaliyotlarini ishlab chiqarish korxonalarida o’tkazish samarali tashkil etilmagani oqibatida bitiruvchilarning aksariyat qismi tayyor mutaxassis bo’lib chikish o’rniga, ishga joylashgandan keyin qaytadan o’z kasbini, mutaxassisligini o’rganayotganligi, shuningdek, ta’lim sifatini nazorat kilish mexanizmi zamonaviy talablarga javob bermasligi, ta’lim muassasalarida malakali pedagog va boshqaruv kadrlarining yetishmasligi kabi kamchiliklar qayd etilgan. Amaliyotni o’tkazish bo’yicha dasturiy ta’minotning zamonaviy talablarga mos emasligi; amaliyotni tashkil etishda innovatsion texnologiyalarning samarali metodlaridan yetarli darajada foydalanilmayotganligi; amaliyot natijalarini baholash tizimi yetarli darajada ishlab chikilmagani kabi muammolar uni tashkil etish va o’tkazishga innovatsion yondashuv zarurligini takozo etadi. Zamonaviy ta’lim taraqqiyotida paydo bo’layotgan “Innovatsion yondashuv”, “Innovatsion faoliyat”, “Innovatsion pedagogika” tarzdagi tushunchalar ehtiyojlar asosida kelib chiqqan bo’lib, ularning maqsadi ta’lim sohasida o’quv-tarbiya jarayoni natijasini kafolatlaydigan o’zgarish, yangilanishlar kiritishdan iborat. Innovatsion texnologiyalar sharoitida talabaning amaliy-kasbiy tayyorgarligi mazmunini yangilash, malakaviy amaliyotlarni tashkil etishda innovatsion texnologiyalardan foydalanish yo’llarini ishlab chiqish dolzarb pedagogic muammolaridan biri sanaladi. Ma’lumki, innovatsion ta’lim texnologiyalari - ta’lim sohasi yoki o’quv jarayonida mavjud muammoni yangicha yondashuv asosida yechish maqsadida qo’llanilib, avvalgidan ancha samarali natijani kafolatlay oladigan shakl, metod va texnologiyalardir [2.275]. Mazkur texnologiyalar talabalarning kasbiy bilim va ko’nikmalarini shakllantirishda mustakil ishlash va ikki tomonlama muloqot muhitini yaratadi, xar bir talabaning bilish imkoniyatlarini hamda ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishga yordam beradi. Pedagogik amaliyotni o’tashda talabalarning kasbiy qiziqishlari va istaklarini inobatga olgan holda, talabalar bilan propedevtik ish olib borish, o’quvchilarning pedagogik madaniyat darajasini oshirish maqsadida zamonaviy ta’lim muammolari bo’yicha turli ilmiy-metodik tadbirlar tashkil etish, ularning moyilliklari va qiziqishlarini aniqlash. Pedagogik amaliyotning har bir bosqichi yakunida talabalar stajyor-talabaning kundaligini tuzadilar va tekshirishga topshiradilar, yakuniy konferensiyalarda talabalar pedagogik amaliyotdan o’tganligi to’g’risida hisobot taqdim etadilar, tadqiqot ishlari, ijodiy loyihalar. natijalarini e'lon qiladigan hisobotlarni tuzadilar. Pedagogik amaliyot – bo’lajak o’qituvchilarni tayyorlashda o’quv – pedagogik jarayonining asosiy qismi hisoblanadi. Pedagogik amaliyot namunaviy va ishchi o’quv rejasiga mos ravishda amalga oshiriladi. Pedagogik amaliyotning mazmuni amaliyot turiga qarab, kafedrada ishlab chiqilgan dasturiga mos bo’ladi. Pedagogik amaliyot o’quv mashg’ulotlaridan ajralgan holda tashkil etiladi. Pedagogik amaliyotni talabalar oliy ta’lim muassasasi bilan shartnoma tuzilgan ta’lim muassasalarida o’tashlari mumkin. Ayrim hollarda bitiruvchi kurs talabalari o’zi ishlashni rejalashtirayotgan ta’lim muassasalarida faol pedagogik amaliyotni o’tashlariga ruxsat beriladi. Pedagogik amaliyot bo’lajak mutaxassisni kasbiy tayyorlash tizimining asosiy va muhim bo’g’inidir. Pedagogik amaliyot talabaning nazariy ta’limi va bo’lajak mustaqil faoliyatini bog’laydigan hamda kasbiy ko’nikma va malakalarni shakllantirishni ta’minlovchi jarayon bo’lib, dastlabki tajriba maktabi hisoblanadi. Pedagogik amaliyotning maqsadi – bo’lajak o’qituvchilarni kasbiy faoliyatga tayyorlash, olgan bilimlarini amaliyotda sinab ko’rish, pedagogik faoliyat mas’uliyatini his etish va o’z ustida ishlash ko’nikmasini shakllantirish, shuningdek, tajribali o’qituvchilarning ish faoliyatini o’rganishdan iboratdir. Pedagogik amaliyot maqsadini aniqlashda biz umumdidaktik maqsadlardan, shuningdek, o’quv-pedagogik faoliyat mazmunining o’ziga xosligidan kelib chiqdik. O’quv-pedagogik amaliyotning umumdidaktik maqsadini quyidagicha ta’riflash mumkin: pedagogik ta’limning hamma bosqichlarida amaliyotning barcha turini tashkil etish talabalarning amaliy kasbiy-pedagogik faoliyatni (oliy ta’lim muassasasi bitiruvchilarining amaliy tayyorgarligi darajasiga qo’yilgan talablardan kelib chiqqan holda) uzluksiz va izchil egallashlarini ta’minlashga yo’naltirilmog’i kerak. Maqsadlarga muvofiq holda talabalarda maxsus nazariy bilim, amaliy ko’nikma va malakalarni, amaliy tayyorgarlikni talab etilgan darajada shakllantirishzaruratidan kelib chiqib, asosiy masalalar ifodalanadi. Egallangan nazariy bilim, amaliy ko’nikma va malakalar o’quv-pedagogik faoliyatni mustaqil amalga oshirishga imkon berishi lozim. Pedagogik amaliyot vazifalari: Talabalarda o’qituvchi kasbiga qiziqishni tarbiyalash; Pedagogik faoliyat haqida bir butun tushunchani shakllantirish; Pedagogik ko’nikma va malakalarni shakllantirish; Pedagogik faoliyat bo’yicha tajribani yaratish. Amaliyot turlari (o’quv amaliyoti, pedagogik amaliyot, tashkiliy-pedagogik amaliyot, ishlab chiqarish amaliyoti, diplom oldi amaliyoti) ning maqsad va hajmi Davlat ta’lim standartlari orqali “Pedagogika va psixologiya” ta’lim yo’nalishi bo’yicha belgilanadi. Bizning nuqtayi nazarimizcha, maqsadning bunday tarzda ifodalanishi, birinchidan, yetarlicha amaliy xarakterga ega emas, ikkinchidan, amaliyotning har bir turi uchun maqsad alohida-alohida belgilanishi kerak. Zamonaviy ta’lim sharoitida amaliyotchilarning bilim, ko’nikma va malakalarini nazorat qilish va baholash ham yangicha mazmun kasb etishi lozim. Amaliyotchining o’zlashtirishini baholashni har bir modulni o’rganish jarayonida tashkil etish maqsadga muvofiq. Amaliyotchining amaliyotda o’zlashtirish natijalarini aniqlashda har bir modul yakuni bo’yicha nazarat topshiriqlarini turli variantlarda berish mumkin. Amaliyotni yakuniy baholashda esa modullar bo’yicha to’plangan ballarning o’rtacha qiymati hamda hisobot davridagi amaliyotchining faolligi, kasbiy sifatlarini namoyon eta olganligini e’tiborga olish maqsadga muvofiqdir. Bizning tadqiqot ishimizning maqsadi o’quv-pedagogik amaliyot dasturini didaktik jihatdan to’g’ri loyihalash, rejalashtirish va amalga oshirish metodikasini ishlab chiqish hamda amalda tatbiq etishdan iborat. Bunday o’quv-pedagogik amaliyot dasturi yuqorida ko’rsatib o’tilgan ziddiyatlarni bartaraf etishga imkon beradi [3.68]. Pedagogik amaliyot uch bosqichda amalga oshiriladi. 1-bosqich – tanishuv-pedagogik amaliyoti. U ikkinchi 2 hafta davomida amalga oshiriladi. Amaliyot davomida talabalar asosan ta’lim muassasasining ish faoliyati bilan tanishadilar va belgilangan tartibda hisobot topshiradilar. 2-bosqich – o’quv-pedagogik amaliyoti. Bu ham 2 hafta davomida ta’lim muassasasida amalga oshiriladi. Unda talabalar ta’lim muassasasida yuritiladigan barcha huquqiy–me’yoriy hujjatlar va mutaxassislik fan o’qituvchilarining ish faoliyati bilan tanishadi. 3-bosqich – faol pedagogik amaliyot. Bu 4 hafta davom etadi. Faol pedagogik amaliyot jarayonida talabalar o’quv mashg’ulotlariga tayyorlanish bilan birgalikda, ma’naviy-axloqiy tarbiyaviy ishlar rejasini tuzadi va suhbatlar tashkil etadi. O’ziga biriktirilgan guruhda pedagogik-psixologik tashxis o’tkazadi. Bundan tashqari, pedagogik amaliyot doirasida amaliyotchi talaba nafaqat o’quv va ma’naviy-axloqiy tarbiyaviy ishlar bilan bir qatorda fanni o’qitish metodikasi nuqtai nazardan ham bir qator quyidagi yo’nalishlarda ijodiy-tadqiqiy ishlarni olib boradi: - mutaxassislik fan xonalarining jihozlanishi, ko’rgazmali qurollarning mavjudligi va joylashuvi, fan bo’yicha o’quv- metodik majmuaning mavjudligi; - mutaxassislik fanlaridan o’quv amaliyoti xonalarining mavjudligi, ularning jihozlanishi; stend va plakatlarning mazmuni, o’quv xonasining texnika havfsizligi va estetik talablar javob berishi; - mutaxassislik va o’quv amaliyoti xonalarida o’qitishning texnik vositalarining mavjudligi va saqlanishi; - mutaxassislik va o’quv amaliyoti xonalarida mavjud bo’lgan o’quv-uslubiy majmualarning tahlili, dars va darsdan tashqari mashg’ulotlarining saviyasi bilan tanishadi. Shuningdek, mutaxassislik fanlaridan namunaviy va ishchi o’quv dasturlari hamda o’quv qo’llanma va darsliklarni tahlil qiladi, mutaxassislik fan o’qituvchilarining dars o’tish uslubini o’rganadi. Har bir pedagogik amaliyot yakunida talabalar amaliyot davrida bajargan ishlari yuzasida hisobot yozadilar va uni himoya qiladilar. Download 28.87 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling