Reja. O‘quv fanining maqsadi va vazifalari, innovatsiya tushunchasi. «Innovatsiya»


Download 245.83 Kb.
bet1/91
Sana18.12.2022
Hajmi245.83 Kb.
#1030144
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   91
Bog'liq
ilovepdf merged (1) merged

1-mavzu: O‘quv fanining maqsadi va vazifalari, innovatsiya tushunchasi.


Reja.
  1. O‘quv fanining maqsadi va vazifalari, innovatsiya tushunchasi.


  2. «Innovatsiya» tushunchasining paydo bo‘lishi
  3. Innovatsion jarayon, innovatsion faoliyat, innovatsion faoliyatning asosiy belgilari


Fanni o‘qitishdan maqsad – bakalavr-talabalarni pedagogik innovatsiya, integratsiya, texnologiyaga oid bilim, ko‘nikma va malakalar bilan qurollantirish.
Fanning vazifasi – bo‘lajak o‘qituvchilarni zamonaviy pedagogik texnologiyalarning nazariy asoslariga oid bilimlar bilan qurollantirish; yangi texnologiya darajasida pedagogik jarayonni samarali tashkil etish uchun zarur ko‘nikmalarni egallash; zamonaviy innovatsion texnologiyalarni keng doirada qo‘llay olishga yo‘naltirish; pedagogik faoliyatni amalga oshirishda ijodiy va metodik savodxonlikka tayyorgarlikni shakllantirishdan iborat.
Hozirgi vaqtda «Innovatsiya tushunchasi» juda keng qo‘llanilmoqda. Innovatsiya so‘zi inglizcha so‘z bo‘lib – «innovatsion» yangilik kiritish degan ma’noni bildiradi, ya’ni tizim ichki tuzilishini o‘zgartirish, deb ta’riflanadi. Innovatsiya amaliyot va nazariyaning muhim qismi bo‘lib, ijtimoiy-madaniy ob’ekt sifatlarini yaxshilashga yo‘naltirilgan ijtimoiy sub’ektlarning harakat tizimidir.
Innovatsiyalar dolzarb, muhim ahamiyatga ega bo‘lib, bir tizimda shakllangan yangicha yondashuvlardir. Ular tashabbuslar va yangiliklar asosida tug‘ilib, ta’lim mazmunini rivojlantirish uchun istiqbolli bo‘ladi.
Shuningdek, umuman ta’lim tizimi rivojiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Innovatsiya
– ma’lum bir faoliyat maydonidagi yoki ishlab chiqarishdagi texnologiya, shakl va metodlar, muammoni echish uchun yangicha yondashuv yoki yangi texnologik jarayonni qo‘llash, oldingidan ancha muvaffaqiyatga erishishiga olib kelishi ma’lum bo‘lgan oxirgi natijadir.
Bugun ta’lim tizimidagi innovatsiyalarni quyidagicha tasniflash mumkin: faoliyat yo‘nalishiga qarab (pedagogik jarayondagi, boshqaruvdagi)
kiritilgan o‘zgarishlarning tavsifiga ko‘ra (lokal, modulli, tizimli)
kelib chiqish manbaiga ko‘ra (shu jamoa uchun ichki yoki tashqaridan olingan)
Innovatsiyalar odatda bir necha muammo kesishgan paytda vujudga keladi va umuman yangi masalalarni hal qiladi, pedagogik jarayonning uzluksiz yangilanib borishiga olib keladi.

«Yangiliklarni joriy qilish» tushunchasi bizningcha, yangilik, ham ana shu yangilikni amaliyotga joriy etish jarayonidir. YAngilik – bu alohida olingan shaxs uchun yangi bo‘lgan g‘oyadir, bu g‘oya ob’ektiv ravishda yangi yoki yangi emasligi ahamiyat kasb etmaydi, biz uni vaqt bo‘yicha – yangilik ochilgan payt yoki undan birinchi marta foydalanilgan paytda aniqlaymiz.
Yangilikni joriy qilish predmet mazmuniga ko‘ra uchta asosiy guruhga bo‘linadi:

  1. texnik-texnologik;

  2. mahsuliy;

  3. ijtimoiy.

O‘z navbatida bularga quyidagilar kiradi: iqtisodiy, tashkiliy- boshqaruv, xususiy-ijtimoiy, huquqiy [1].

Download 245.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   91




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling