Bo’lajak millionerga maslahatlar
Download 1 Mb. Pdf ko'rish
|
Boylik va qashshoqlik [ @biznes kitob ]
AYUPOV RAVSHAN HAMDAMOVICH 1.4. BOYLIK VA BOYLAR XAQIDA «Dangasalik boylikning qizi va qashshoqlikning onasidir». Pyer Dekursel
Bir tarafdan qarasangiz, kambag’al yashash hech kimga yoqmaydi. Ammo ikkinchi tomondan, bizda azaldan badavlat kimsalarga allaqanday shubha bilan qarash odat tusiga kirgan. Keling, ana shu qiziq holatni bir o’rganib ko’ramiz. Men ham Qashshoqlik, ishsizlik muammolarini o’rganish jarayonida ko’pgina yurtoshlarimizning badavlat, mulkdor kimsalarga nisbatan salbiy munosobatda ekanliklariga guvoh bo’lganman. Chunki odamlar ularni muttaham, yolg’onshi, firibgar, ko’pshilikning haqini yeydigan odam deb o’ylashadi. Mayli, har kimning gunoh-savobi o’ziga. Biz hozir boylarga nisbatan salbiy munosabatning sabablarini qidirib ko’ramiz.
odatlarimizda ham salbiy baholanadi. Lekin boylarga nisbatan salbiy munosabat baribir mavjud. Buning birinchi sababi, uzoq muddat davomida boy- badavlat kimsalarning xalq ko’zi oldida turli xil noma’qul ishlarni qilayotganlari bo’lsa, ikkinchi sababi, ular bilan bogliq bo’lgan va yumushlarini bajaradigan savodsiz hamda omi kimsalarning xaddidan oshishidir.
Biz O’zbekistonni ma’danlarga, yer osti va usti boyliklariga kon o’lka deb maqtanamiz va o’zimizsha bu ma’danlar, boyliklar har bir fuqaroga o’z-o’zidan foyda olib kelishi kerak, deb o’ylaymiz. Lekin hech qachon, hech narsa o’z- o’zidan kelmaydi. O’z-o’zidan kelgan boylik esa o’z-o’zidan yo’qoladi.
unda doimo o’ziga nisbatan muxolif bir kimsani ko’rish extiyoji mavjud. Shunga ko’ra u moddiy jihatdan o’ziga o’xshamagan odamni dushman sifatida ko’radi. Ya’ni: “Men bilan emasmisan, demak, menga dushmansan!” Bu ham boylarni yomon ko’rishning bir sababidir. Xalqimizning seriallarga o’chligi barchaga ma’lum. Ammo bizda yaratilgan va chet eldan oqib kelingan bir qancha teleseriallar tufayli boylar haqida biroz AYUPOV RAVSHAN HAMDAMOVICH noto’g’ri tasavvur paydo bo’ldi. Bunday seriallarni ko’ganda, boylik to’plash uchun albatta jinoiy faoliatga qo’shilish kerak ekan, degan tushuncha paydo bo’lishi mumkin. Bizda shou biznes yulduzlari yoki mashhur sportshilarni hamma taniydi. Ammo katta tadbirkorlar haqida juda kam narsa bilamiz. Kim o’zi ular? Qanday qilib muvaffaqiyatga erishdilar? Bu savollarga javoblarni ko’pchilik bilmaydi. Tadbikorlarning o’zlari ham muvaffaqiyatlarining ommaga ko’rsatishni istamaydilar. Biznes sirimi yoki ko’z tegib qolishidan cho’chishmi – har holda bu sirlilik oqibatida ham odamlar boylik va boylar tuchunchasiga shubha bilan qaraydilar. Hayotiy misollar bilan Uzbekistonda o’z mehnati orqali boy bo’lganlar xaqidagi adabiyotlarning yo’qligi ham ular xaqida noto’g’ri tasavvurlarning tarqalishiga sabab bo’ladi. Shunday bo’lsada, esi-xushi joyida bo’lgan odam boylarni qanchalik yomon ko’rmasin, hech qachon katta pul topish imkoniyatidan voz kechmaydi. Demak, boylarga munosabatning o’zgarishi muqarrar. Chunki badavlat insonlar ko’payishi bilan, jamoatchilik fikri ham tubdan o’zgara boradi. Axir odam o’zini o’zi yomon ko’rishi mumkin emas-ku! Shunday ekan, “boy” so’zini eshitib ijirg’anishni
Download 1 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling