1.6. KAMBAG’ALLAR FALSAFASI
«Ehtiyoj – bu bizning oltinchi hissimizdir.
Ko’pincha u qolgan besh hisni bosib ketadi».
Moris Safir
“Boylikning asosiy sharti – og’ir mehnat”. Shunga ko’ra qancha-qancha
odamlar ertadan kechgacha tinim bilmay mehnat qiladilar va arzimas pul oladilar.
O’qituvchilar, dehqonlar, shifokorlar dam olish kunlarisiz, ikki stavkalab
ishlaydilar, ammo baribir farovon yashay olmaydilar. Albatta, mehnatsiz
millionlarni topib bo’lmaydi. Ammo boshqalar uchun emas, o’zingiz uchun
ishlamog’ingiz kerak. Yana sizni chalg’itayotgan afsonalardan xalos bo’lish va o’z
qashshoqligingizni oqlashni bas qilishingiz kerak. Keling, boyib ketishingizga
to’sqinlik qilayotgan ayrim xato qarashlarni aniqlashtirib olaylik.
Do'stlaringiz bilan baham: |