Bo’lajak millionerga maslahatlar
Download 1 Mb. Pdf ko'rish
|
Boylik va qashshoqlik [ @biznes kitob ]
1.3. QASHSHOQLIK G’OYASI «Aytadilarki, pulga hirs qo’yish barcha balolarning boshidir. Ammo xuddi shu fikrni pulsizlik haqida ham aytish mumkin». S. Batler
- deb so’rasangiz, savolingizga yaxsigina javob topib beradi. Har bir kambag’alning o’zini oqlash uchun bahonasi bor. Kimdir: “Taqdirim shu ekan. Omadim kelmayapti!”, - deydi. Yana birov mamlakatdagi ahvolni ro’kach qiladi. Uchinchisi boy bo’lish istagi yo’qligini aytadi. Kimdir ota-onasiga aybni yuklaydi, menga yaxshi ta’lim-tarbiya bera olishmagan deydi. Ko’pchilik maktabda berilayotgan ta’limning no-to’g’riligidan noliydi: axir u yerda pul topishni o’rgatishmaydi-da! Kambag’allar orasida o’zining ayanchli ahvolini oqlash borasida professional darajasiga ko’tarilganlar ham bor. Ular bu haqida kitob yozsalar ham arziydi. Masalan, mana bundaylar:
- Nima desalar ham, men boshlang’ish kapitalsiz halol yo’l bilan boyib ketish mumkinligiga ishonmayman. Bunga javoban qo’rqoq: - Xa, yana soliqlar, qurollangan bosqinchi-o’g’rilar… Naqadar qo’rqinchli! Daydi ularni eshitib turib, shunday dermish: - Men umuman pul topishni istamayman. Ahvolim shudog’am yaxshi. Ha, odam harakat qilmayman desa, bunga istaganicha bahona topishi mumkin. Yana inson tabiati shundayki, u boshiga yog’ilgan balolarda hamisha boshqalarni ayblaydi, zinhor o’zini emas. Ho’sh, odamlarning kambag’al yashashiga kim ayibdor? Agar kimdir boyib ketmayotgan ekan, bunga birinchi navbatda mamlakatdagi muammolar, ta’lim tizimidagi kamchiliklar emas, avvalo o’zining tafakkuridagi tartibsizliklar sababdir. Qolgan sabablar keyingi o’rinda turadi. AYUPOV RAVSHAN HAMDAMOVICH Pulga munosabat qanday shakillanadi? Ko’pincha u ota-onangiz va atrofingizdagilarning sizga ko’rsatgan ibrati orqali tarbiyalanib boradi. Ularning pul haqida qanday o’ylashlari va uni qanday sarflashlari bolaligingizdanoq sizda pulga munosabatni shakillantirib boradi. Va albatta, o’zingizning orzularingiz va shaxsingizga bergan bahongiz, ishonchingiz ham bu borada muhim ahamiyatga ega. Pul masalasida farzandlarga uch xil tarbiya beriladi: 1. “Pul yomon narsa. Usiz ham yashasa bo’laveradi”. 2. “Pul? U nima o’zi?” (ya’ni ota-onalar ma’lum yoshga yetguncha bolalar pul nimaligini umuman bilmaganlari ma’qul, deb hisoblaydilar, xuddi jinsiy tarbiya kabi) 3. “Pul – bu jiddiy masala. Uni ishlatishni bilish kerak”. Bu – eng to’g’ri tarbiya. Ko’p insonlarning ongi yoshligidanoq qashshoqlikga tayorlanib boriladi. Maktabda “pul qayerdan paydo bo’ladi?” degan savolga javob berilmaydi. Shuning uchun bola maktabni pul haqida unga qadam qo’yganidagi kabi sodda va ko’pincha noto’g’ri tasavvurlar bilan bitirib ketadi. U butun umr pul haqidagi oddiy, ammo juda muhim tushunchalardan bexabar yashayverishi mumkin. Oqibatda nima xoxlayotganini o’zi ham bilmaydigan noshudga aylanadi-qoladi. Nima xohlashini bilmagan odam, nima qilishni ham bilmaydi. Natijada, boshqalar uchun ishlab o’taveradi. Download 1 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling