Bo’lajak millionerga maslahatlar


Download 1 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/71
Sana09.01.2022
Hajmi1 Mb.
#258881
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   71
Bog'liq
Boylik va qashshoqlik [ @biznes kitob ]

birinchi  g’ildiragi  –  ichki  ishonch  va  safarbarlik.  Aynan  shu  ishonch  sizning 


 

AYUPOV RAVSHAN HAMDAMOVICH 

kelajak amallaringiz muvaffaqiyatini ta’minlaydi. Faqat iqtidorli bo’lish, hatto o’ta 

iqtidorli  bo’lish  ham  maqsadga  erishish  uchun  yetarli  emas.  O’zingizga 

ishonishingiz,  qa’tiyatli  va  sabrli  bo’lishingiz,  maqsadga  tomon  dadil 

harakatlanishingiz va xuddi ilon kabi egiluvchan bo’lishingiz kerak. 



“Bir  kuni  bir  donishmand  do’stinikiga  mehmonga  kiribdi.  Do’sti  sharob 

ichib o’tirgan ekan, unga ham quymoqchi bo’libdi. Shunda donishmand piyolasini 

tortib  olibdi  va  bir  necha  tomshi  sharob  dasturxonga  to’kilibdi.  Do’sti:  “Nima 

gap?” – dep so’rabdi. Shunda u: “Bilib quy, quyadigan idish bo’lmasa, sharobni 

qancha  quyganing  bilan  befoyda  –  baribir  men  uni  icholmayman.  Bu  sharob 

ichmaslikning  eng  to’g’ri  yo’li”  –  debdi”.  Agar  bu  rivoyatga  biz  so’ylayotgan 

mavzu  nuqtai  nazaridan  qarasak,  o’zimizga  yarasha  xulosani  chiqarishimiz 

mumkin.  Inson  o’zini  yaxshi  bilmasa,  hech  qachon  o’zini  yaxshi  nazorat  qila 

olmaydi. Demak, muvaffaqiyatga erisha olmaydi. Unda boylik quyiladigan piyola 

bo’lmaydi. Yoki o’zi bilib-bilmay bu piyolani oqib kelayotgan boylikka tutmaydi.  

Mashinaning  ikkinchi  g’ildiragi    -  pul  bilan  to’g’ri  muloqot  qila  bilish 

qobiliyati. Nega ko’p tadbirkorlar ish boshida ko’p mablag’ga ega bo’la turib, tez 

orada sinadilar? Chunki ular pul bilan muloqotning oddiy qoidalarini bilmaydilar. 




Download 1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling