2.1. BOYLIK FALSAFASI
«Ish boshlayotganda uni qanday qilib muvaffaqiyat bilan boshlasam ekan,
deb emas, qanday qilib muvaffaqiyat bilan yakunlasam ekan, deb o’yla».
Vitelo
Yuqoridagi bo’limda qashshoqlik muamosini har tomonlama o’rganib
chiqdik. Endi farovon va to’kin kelajak yaratish yo’llari haqida gaplashamiz.
Aslida bu borada o’rganadigan yangilikning o’zi yo’q, faqat shu paytgasha sizga
uqtirib kelingan ba’zi noto’g’ri fikrlarni unutishingiz lozim – bori shu. Aks holda
miyangizni egallab olgan talaygina befoyda va o’lik axborotlar bora-bora
shuuringizni shu qadar o’tmaslashtirib qo’yadiki, alal-oqibat, voqelikni tanqidiy
idroq etish, demakki ahvolingizni to’g’ri baholash imkonidan ayrilib qolasiz.
Muvaffaqiyatga erishish, o’zlikni topish, chinakam badavlat va baxtli inson bo’lish
uchun ularni aynan BUGUN unutishingiz kerak. Bordiyu buning uddasidan
chiqolmasangiz, o’tmish botqog’ida qolib ketaverasiz. O’sha keraksiz va noto’g’ri
axborot sizni bir umr qashshoqlikning domida ushlab turaveradi. Demak, zudlik
bilan harakatni boshlang. Paysalga solgan har bir daqiqangiz aslida ko’p
Do'stlaringiz bilan baham: |