Bo’lajak o’qituvchilarining akt bo’yicha kasbiy kompetentligini shakllantiruvchi vositalar
Download 112.8 Kb.
|
Bo’lajak o’qituvchilarining akt bo’yicha kasbiy kompetentligini
- Bu sahifa navigatsiya:
- ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA
- Kompetentlik
1-rasm. AKT Klassifikatsiyasi
Pedagogning bilish faoliyati kup jihatdan o’rganilayotgan narsalarning murakkabligi, dinamikasi, nostandartligi, ijtimoiy hodisalarni ajratib turadigan chegaralarning ta’siri, ularni izlash, noaniqlik bilan belgilanadi, bu esa kuzatuvchanlik, suhbatdoshning ichki dunyosini modellashtirish malakasini nazarda tutadi. Mazkur holda o’z-o’zini tartibga solish xususiyatlari o’z bilim va malakalarini doimo takomillashtirish zarurati, boshqa odamlarga qaratilgan o’z xatti-harakatini qat’iy muvofiqlashtirish o’quvi bilan tavsiflanadi. ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA Oliy ta’lim muassasalarida pedagog va mutaxassislarni tayyorlash muammolari mamlakatimiz va xorijlik mutaxassislar tomonidan bir qancha adabiyotlarda yoritib o’tilgan. Oliy ta’lim jarayonida bo’lajak o’qituvchi va mutaxassis shaxsini shakllantirish masalalari X.A.Abduraxmanova, M.A.Abdullajonova, S.V.Safonova, O.A.Abdulina, N.A.Muslimov, A.A.Akbarovlarning tadqiqotlarida o’rganilgan. O’qituvchining kasbiy mahorati pedagog olimlar A.Aliev, H.Abdukarimov, Yu.A.Axrorov, A.A.Verbitskiy, N.Azizxo’jaeva, R.H.Jo’raev, B.R.Jo’raeva, S.M.Markova, G.M.Maxmutova, A.A.Hamidov, F.R.Yuzlikaev, J.G’.Yo’ldoshevlarning ishlarida tadqiq etilgan. Kompetentlik – bu biror bir ishni samarali qila olish va ma'lum bir kasbda qo'llaniladigan standartlar bo'yicha bajara olish qobilyati. Kompetentlikning bir nechta turlari mavjud bo’lib, ular quyidagilar: O’zini tutish (povedencheskaya) kompetentligi – o’zining professional vazifalarini bajarish paytida insonning individualligini xarakterlovchi kompetentlik tushuniladi. Texnik (professional) kompetentlik – bu mehnat natijalari, professional majburiyatlarni bajarish standartlari bilan bevosita bog’liq bo’lgan kompetentlik tushuniladi. Umumiy kompetentlik – ma’lum bir kasb bilan shug’ullanuvchi barcha insonlarni xarakterlovchi kompetenllik hisoblanadi. Maxsus kompetentlik – aniq professional majburiyatlarni samarali bajarish uchun kerak bo’lgan kompetentlik tushuniladi. Boshlang’ich kompetentlik – topshirilgan professional vazifalarni bajarish uchun ishchiga zarur bo’lgan asos, baza kompetentlari tushuniladi. Ijrochilik kompetentligi – erishilgan natijaning sifatini aniqlashtiruvchi kompetentlikdir. Differensial kompetentlik – u yoki bu darajada samarali ijrochilarni farqlashga yordam beradigan kompetenlik hisoblanadi. Pedagogning kasbiy tarbiyalanganlik layoqatliligini tadqiq qilishga bag’ishlangan asarlarda uning quyidagi turlari bilan farq qilinadi: maxsus tarbiyalanganlik layoqatliligi – kasbiy faoliyatini yetarlicha yuqori darajada egallaganlik, o’zining kelgusi kasbiy rivojlanishini loyihalash qobiliyati; ijtimoiy tarbiyalanganlik layoqatliligi – birgalikdagi kasbiy faoliyatni, hamkorlikni va shuningdek, mazkur kitobda qabul qilingan kasbiy muloqot uslublarini egallaganlik, o’z kasbiy kasbi natijalari uchun ijtimoiy mas’ullik. Pedagog shaxsiga qo’yiladigan talablar asosida uning modelini ishlab chiqishda oliy ta’limning Davlat ta’lim standartlarida belgilab berilgan quyidagi holatlar asos uchun qabul qilindi: pedagogning faoliyat sohalari: ta’lim; boshqaruv. pedagogning faoliyat turlari: o’quv; metodik; tarbiyaviy; tashkiliy; ilmiy (rahbarlik); kadrlar bilan ishlash; tadbirkorlik; ekspertlik va boshqalar. pedagog faoliyat yurituvchi muassasalar: maktagacha ta’lim; umumiy o’rta ta’lim; o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi; oliy ta’lim; oliy ta’limdan keyingi ta’lim; maktabdan tashqari ta’lim; ta’limni boshqarish organlari. Pedagog shaxsiga qo’yiladigan talablar mazmuni asoslandi va ularning har biriga tavsif berildi[2]. Download 112.8 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling