Bo’lajak o’qituvchilarining akt bo’yicha kasbiy kompetentligini shakllantiruvchi vositalar


Download 112.8 Kb.
bet3/5
Sana22.04.2023
Hajmi112.8 Kb.
#1378721
1   2   3   4   5
Bog'liq
Bo’lajak o’qituvchilarining akt bo’yicha kasbiy kompetentligini

NATIJALAR
Bo’lajak o’qituvchini tayyorlashda muhim pedagogik shart-sharoitlar sifatida quyidagilarni e’tirof etish mumkin:

  • zamonaviy talablarga javob bera oladigan me’yoriy va o’quv-metodik hujjatlar (davlat ta’lim standarti, namunaviy o’quv rejalari, ishchi o’quv rejalari, namunaviy o’quv dasturlari, ishchi dasturlari, darsliklar, o’quv qo’llanmalar, metodik tavsiyanomalar, qo’shimcha maxsus adabiyotlar, ko’rsatmali vositalar, dars ishlanmalari, loyihalar va boshqalar)ning mavjudligi;

  • ilmiy pedagogik xodimlar (professor, dotsent, o’qituvchi, malakali o’quv ustalari, texnik xodimlar)ning bilim, kunikma va malakalarining yuksakligi, kasbiy kompetentlik darajasining yetarlicha shakllanganligi hamda ilmiy salohiyatga ega bo’lishi;

  • o’quv jarayonining moddiy-texnik (o’quv binolari, o’quv auditoriyalari, o’quv ustaxonalari, amaliy-laboratoriya jihozlari), axborot texnologiyalari (radio, televideniye, kompyuter, nusxa ko’chirish qurilmalari, laboratoriya asbob-uskunalari, audio, video, multimediya, trenajyorlar, kinoproyektorlar, diaproyektorlar, videoproyektorlar, texnik vositalar majmuining mavjudligi va xokazolar) jihatdan yetarlicha ta’minlanganligi;

  • ijtimoiy va o’quv-texnologik jixatdan qulay muhit (o’qituvchilar, talabalar, raxbarlar hamda talabalar, shuningdek, talabalarning o’zaro munosabatlari mazmuni, yo’nalishi, maqsadlar birligi va boshqalar) yaratilganligi;

  • tashkiliy hamda o’quv-amaliy faoliyatning izchil, uzluksiz hamda tizimli yo’lga qo’yilganligi.


2-rasm. Kompetentlikni shakllantiruvchi o’qitish kategoriyalari
Berilayotgan axborotlar mashg’ulot mavzusining mazmuniga mos bo’lishi bilan birga talabalarda zarur ko’nikma hamda malakalarni shakllantirishni ta’minlovchi topshiriqlar va vazifalardan tashkil topishi, talabalar o’zlashtirishi lozim bo’lgan axborotlar hajmini aniqlashi, ma’lum bir mantiqiy tizimda taqdim etilishi, uzviylik va uzluksizlik tamoyillariga mos kelishi, nihoyat, tizimlilik tamoyiliga javob bera olishi zarur. Shuningdek, axborotlarning talabalar tayyorgarlik darajasiga mos bo’lishi maqsadga muvofiq sanaladi.
Zamonaviy axborot texnologiyalari vositalariga: kompyuter, videokamera, LCD proektor, interaktiv elektron doska, skaner, faks modem, telefon, elektron pochta, multimedia vositalari, internet tarmog’i, mobil aloqa tizimlari, ma’lumotlar omborini boshqarish tizimlari, sun’iy intelekt tizimlarini kiritish mumkin.
O’qitish metodlari ko’p qirrali bo’lib, ularning ko’plab tasniflari mavjud. Ushbu tasniflarda metodlar bir yoki bir nechta belgilar bo’yicha jamlanadi.

  1. An’anaviy tasnif. Umumiy belgi sifatida bilim manbai olinadi.

  • Amaliy: Tajriba, Mashqlar qilish, Mustaqil ish, Laboratoriya ishi.

  • Ko’rgazmali: Illyustratsiya, Kuzatish.

  • Og’zaki: Tushuntirish, Hikoya qilish, Suhbat, Ma’ruza.

  • Kitob bilan ishlash: O’qish, Tez ko’rib chiqish, Sitata olish, Bayon etish, qayta so’zlab berish, Konspekt.

  • Video metod: Ko’rib chiqish, Mashq ishlash.

  1. Hozirgi kunda o’qitish metodlarining uchta katta guruhi alohida ajratilgandir:

  • o’quv-bilish faoliyatini tashkil etish va amalga oshirish metodlari;

  • o’quv-bilish faoliyatini nazorat va o’z-o’zini nazorat qilish metodlari;

  • o’quv-bilish faoliyatini rag’batlantirish va motivatsiya metodlari;



Download 112.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling