Bo'lajak o'qituvchilarni metodik tayyorgarligini rivojlantirishning pedagogik mexanizmlari abduqodirov Elbek Abduvali o‘g‘li, Fozilov Shavkatjon Ibrohimjon o‘g‘li, Yo‘ldosheva Maftuna Zokirjon qizi


Download 28.94 Kb.
bet3/4
Sana09.06.2023
Hajmi28.94 Kb.
#1471967
1   2   3   4
Bog'liq
E.Abduqodirov maqola

TADQIQOT METODOLOGIYASI.
Ushbu maqolada yurtimizdagi oliy ta’lim muassalaridagi pedagog hodimlarning metodik tayyorgarligini rivojlanirishning pedagogik –mexanizmlari muhokama qilinadi. Uning asosiy tarkibiy qism hamda omillari tavsiflanadi. O’zbekiston oliygohlarida pedagog mahoratining reytingini aniqlash mezonlari tahlil qilinadi va xorijiy davlatlar mezonlari bilan solishtiriladi. Bo’lajak o’qituvchilarning pedagogik –mexanizmlarini yondashuvlari o’rganiladi.
TAHLILLAR VA NATIJALAR.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 5 iyundagi “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora –tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-3775-sonli qarori mamlakatimizdagi oliy ta’lim muassasalari oldiga ta’lim tizimini tubdan isloh qilish vazifasini qo‘ydi. Shu jumladan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 10-fevraldagi 20-son qaroriga binoan oliy ta’lim tizimida pedagog hodimlarning ishga qabul qilishda bir nechta pedagogik –mexanizmlarni o’zida shakllantirilganligini inobatga olish kerakligi nazarda tutilgan. Hozirgi axborot –kommunikatsiya texnologoyalari rivojlanib borayotgan bir vaqtda, oliy ta’lim tizimida talabalarga sifatli ta’lim berishda pedagog hodimlarning metodik tayyorgarligini rivojlantirishning pedagogik –mexanizmlari ustida ish olib borishlariga to’g’ri kelmoqda.
Aytaylik pedagogik texnologiya quyidagi ta’riflarga ega:

  • metodlar majmui –pedagogik faoliyatning chuqur jarayonlarining xususiyatlarini hamda o’zaro ta’sirining xususiyatlarini aks ettiruvchi, boshqaruvi ta’lim jarayonining zarur samaradorligini ta’minlaydigan pedagogik bilim sohasidir;

  • ijtimoiy tajribani uzatish shakllari, usullari, texnikasi va vositalaari, qolaversa, ushbu jarayonni texnik jihozlash;

  • o'qituvchining aniq faoliyati bilan bog'liq hamda maqsadlarga erishishga qaratilgan muayyan jarayonlar, vazifalar ketma-ketligi yoki o'quv-idrok jarayonini tashkil qilish usullari majmui bir so’z bilan aytganda texnologik zanjirdir.

Bugungi kunda oliy ta’lim sohasida o’qituvchilar tomonida quydagi.

  • Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari.

  • Tanqidiy fikrlashni rivojlantirish texnologiyasi.

  • Loyihalash texnologiyasi.

  • Rivojlantirib ta’lim texnologiyasi.

  • Salomatlikni tejaydigan texnologiyalar.

  • Muammoli ta’lim texnologiyasi.

  • O'yin texnologiyasi.

  • Modulli texnologiya.

  • Dastgoh texnologiyasi.

  • Case – texnologiya.

  • Integratsiyalashgan ta’lim texnologiyasi.

  • Hamkorlik pedagogikasi.

  • Darajani farqlash texnologiyalari.

  • Guruh texnologiyalari.

  • An'anaviy texnologiyalar (guruh tizimi).

texnologiyalarda foydalanish maqsadga muvofiq bo’lib qoldi.
Shu jumladan bu texnologiyalarning afzalliklari to’g’risida so’z yuritishimiz kerak chunki talabalar qanday qabul qilishlari hamda dars mashg’ulotlariga qiziqishlari ortishi muhim sanaladi.
Axborot –kommunikatsiya texnologiyalarining kasbiy faoliyatda qo’llash bo’lajak o’qituvchining pedagogik salohiyatini hamda talabalarda quyidagilarni:

  • talabalarda o’z-o’zini tarbiyalashga doimiy qiziqish va intilishini rivojlantirishni shakllantirish;

  • Kommunikativ kompetentsiyani shakllantirish va rivojlantirish;

  • o‘quvchilarga hayot yo‘lini erkin, mazmunli tanlashni belgilovchi bilimlar berish;

  • o'rganish uchun ijobiy motivatsiyani shakllantirish uchun shart-sharoitlar yaratishga qaratilgan bevosita sa'y-harakatlar;

shakllantirishga qaratilgan.
Integratsiyalashgan darslarning afzalliklari.

  • Ular o'rganish motivatsiyasini oshirishga, o'quvchilarning kognitiv qiziqishini shakllantirishga, dunyoning yaxlit ilmiy tasavvuriga va hodisani bir necha tomondan ko'rib chiqishga yordam beradi;

  • Oddiy darslarga qaraganda ko'proq darajada nutqni rivojlantirishga, o'quvchilarning taqqoslash, umumlashtirish, xulosa chiqarish qobiliyatini shakllantirishga yordam beradi;

  • Ular nafaqat mavzu g'oyasini chuqurlashtiradi, balki ufqlarini kengaytiradi. Ammo ular ko'p qirrali, barkamol va intellektual rivojlangan shaxsni shakllantirishga ham hissa qo'shadilar.

  • Integratsiya - ma'lum xulosalarni tasdiqlovchi yoki chuqurlashtiradigan faktlar o'rtasida yangi aloqalarni topish manbai. Talabalarning kuzatishlari.

Yuqoridagi pedagogik texnologiyalar orqali ushbu o’zlashtirish darajalari
1-jadvalda shakllantirishimiz mumkin.

Download 28.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling