“BO’lajak o’qituvchilarni pedagogik faoliyatga tayyorlashda kreativ pedagogika fanidan foydalanish” mavzusida


Download 134.41 Kb.
bet14/15
Sana04.02.2023
Hajmi134.41 Kb.
#1158777
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
o\'zimga

hamkorlik guruhlari bo'lajak pedagoglarning qiziqishlari asosida tashkil etiladi; bunday guruhlar turli bilim va qobiliyat darajasiga ega bo'lajak pedagoglardan iborat bo'lishi ham mumkin. Ko'p hollarda bunday guruhdagi Bo'lajak pedagoglar ma'lum bir rol, ya'ni mas'uliyatni o'z elkalariga oladilar. Mazkur guruhni shakllantirishda asosiy e'tibor talabaning kognitiv hohish- istalariga emas, balki uning ilmiy va ijtimoiy bilimiga beriladi;

  • moslashuvchan guruhlar bo'lajak pedagoglarning individual ehtiyojlari, qiziqishlari va xohish-istalari asosida tashki etiladi. Guruhning qiziqishlari o'zgarsa, shunga ko'ra uning a'zolari ham o'zgaradi. Bunday guruh Bo'lajak pedagoglarda moslashuvchanlik ko'nikmasini shakllantiradi.

    II BOB BO`YICHA XULOSA
    Bob bo’yicha xulosada shunga to’xtalamizki, boshqa har qanday sifat (fazilat) kabi kreativlik ham birdaniga shakllanmaydi. Kreativlik muayyan bosqichlarda izchil rivojlantirilib boriladi. Xo'sh, shaxs faoliyatida kreativlik xususiyatlari qachondan namoyon bo'ladi? Odatda kreativlik bolalarning faoliyatida tez-tez ko'zga tashlansada, biroq, bu holat bolalarning kelgusida ijodiy yutuqlarni qo'lga kiritishlarini kafolatlamaydi. Faqatgina ular tomonidan u yoki bu ijodiy ko'nikma, malakalarni o'zlashtirishlari zarur degan ehtimolni ifodalaydi. Bolalarda kreativlikni rivojlantirishda quyidagilarga e'tibor qaratish zarur:

    1. ular tomonidan ko'p savollar berilishini rag'batlantirish va bu odatni qo'llab-quvvatlash;

    2. bolalarning mustaqilligini rag'batlantirish va ularda javobgarlikni kuchaytirish;

    3. bolalar tomonidan mustaqil faoliyatni tashkil etilishi uchun imkoniyat yaratish;

    4. bolalarning qiziqishlariga e'tibor qaratish.

    Kreativ jihatdan rivojlanishda har bir shaxs hayotida davr va bosqich muhim ahamiyat kasb etadi. Demak:
    Kreativlikning rivojlanish davri – ma'lum kreativlik sifatlarining rivojlanishi yakuniga etgan qandaydir vaqt birligi.
    Kreativlikning rivojlanish bosqichi muayyan kreativlik sifatlarining rivojlanganlik darajasi
    Shunga ko'ra ma'lum davr va bosqichlarda pedagoglarda ham kreativlik sifatlari, ijodiy faoliyat malakalari rivojlanadi.
    Kreativ tafakkurga ega b o'lajak pedagoglar: boshqa bo'lajak pedagoglarning xayoliga kelmagan g'oyalarni bildiradi; o'zlarini ifoda etishning o'ziga xos uslubini tanlaydi; ba'zan mavzu aloqasi yo'q yoki g'ayrioddiy savollar beradi; echimi ochiq qolgan vazifalardan zavqlanadi; g'oyalarni aniq dalillar asosida muhokama qilishni afzal ko'radi; muammoning echimini topishda noan'anaviy yondashuvni tanlaydi.
    Shaxsga xos kreativlik sifatlari quyidagilar sanaladi:

    • Ijodiy ta'sirchanlik va tashabbuskorlik;

    • O'z ijodkorligini to'la-to'kis namoyish etish;

    • Refleksiya qobiliyati;

    • Hissiyotga boylik;

    • Tavakkal qila olish qobiliyati;

    • O'ziga xos (orginal) g'oyalarni ilgari sura olish qobiliyati;

    • Innovatsion qobiliyatga egalik;

    • Yuksak badiiy qadriyatlarga egalik;

    • Mavjud tajriba va bilimlar asosida yangi qarorlarni qabul qilish malakasi

    XULOSA
    Xulosamizda shuni aytishimiz mumkinki, o'qituvchi bo'lajak pedagoglar muvafaqqiyatga erishishlari uchun ularni qiziqarli, murakkab vazifalar va aniq maqsad va vaqt bilan ta'minlaydi. Ma'lum vazifani bajarish jarayonida bo'lajak pedagoglar ishga “berilib” ketishlari sababli ular vaqt tushunchasini unutib qo'yadilar (Csikszentmihalyi, 1996). Vaholanki, Bo'lajak pedagoglar maktab sharoitida kamdan-kam bunday holatga tushsalarda, o'qituvchilar bunday mug'hitni yaratishga intilishlari lozim”.
    Oliy ta'lim muassasalarida ham o'qituvchilar bo'lajak pedagoglarda kreativ fikrlash ko'nikmalarini shakllantirish va rivojlantirishda ularning jamoa bo'lib, kichik yoki katta guruhlarda ishlashlari uchun zarur shart-sharoitni yaratib bera olishlari zarur. Zero, katta va kichik guruhlarda ishlash jarayonida bildirilgan har qanday fikrni kreativ jihatdan rivojlantirish imkoniyati yuzaga keladi. “Kreativlik yuqumlilik xususiyatiga egadir; kreativ bo'lish uchun kishi ko'proq kreativ insonlar bilan muloqot qilishi va hamisha izlanishda bo'lishi lozim. Har qanday ko'nikmani shakllantirish mumkin bo'lganiday, kreativ fikrlash qobiliyati yoki ko'nikmasini ham rivojlantirish mumkin. Bu bo'lajak pedagoglarga ham taalluqli bo'lib, kreativlik ustida ishlash bo'lajak pedagoglarga noodatiy tarzda fikrlashga yordam beradi. Biroq, bo'lajak pedagoglarni ruhlantirish va kreativ bo'lishga undash o'qituvchining qay darajada malakali ekanligiga bog'liq. Kreativlik bo'yicha olib borilgan tadqiqotlar va kreativlik nazariyachilarining ishlari bo'lajak pedagoglarda kreativlik ko'nikmasini shakllantirishda qo'llanma sifatida xizmat qiladi. Bu auditoriyadagi muhit, bo'lajak pedagoglarda fikrlash tarzining shakllanishi, o'qituvchining yondashuv va strategiyalari elementlarini o'z ichiga oladi”.Oliy ta’lim muassasalarida ham pedagoglar bo'lajak o'qituvchilarda kreativ fikrlash ko'nikmalarini shakllantirish va rivojlantirishda ularning jamoa bo'lib, kichik yoki katta guruhlarda ishlashlari uchun zarur shart-sharoitni yaratib bera olishlari zarur. Zero, katta va kichik guruhlarda ishlash jarayonida bildirilgan harqanday fikrni kreativ jihatdan rivojlantirish imkoniyati yuzaga keladi. Pedagog kreativlik darslarida jamoa tuyg'usining ahamiyatini anglagan holda, doimiy ravishda guruhlarni o'zgartirib, bo'lajak o'qituvchilarda jamoa bo'lib ishlash, boshqalar qobiliyati va mahoratini hurmat qilish ko'nikmasini shakllantiradi. Vaholanki, yakka tartibda ishlash ma’lum vaziyatlarda samara bersa, kreativlik darslarida kichik guruhlarda ishlash maqsadga muvofiqdir, chunki kreativlik ko'nikmasi ijtimoiy fenomendir; A.J.Rouning fikriga ko'ra, kreativ qarashlar jamoa bo'lib ishlash jarayonida va kreativ hamkorlik natijasida shakllanadi.


    Download 134.41 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling