“BO’lajak o’qituvchilarni pedagogik faoliyatga tayyorlashda kreativ pedagogika fanidan foydalanish” mavzusida


Download 134.41 Kb.
bet6/15
Sana04.02.2023
Hajmi134.41 Kb.
#1158777
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
o\'zimga

1.2 Bo’lajak o’qituvchilarni pedagogik faoliyatga tayyorlashda kreativlikni ifodalovchi tamoyillari
Bo'lajak pedagoglarni kreativ fikrlashga o'rgatish, ularda kreativ tafakkurni shakllantira olish uchun avvalo o'qituvchining o'zi kreativ, ijodkor shaxs bo'lishi zarur. Bordi-yu, uning o'zi kreativlik sifatlariga ega bo'lmasa, u holda qanday qilib, bo'lajak pedagoglarni kreativ fikrlashga rag'batlantira oladi. Chiqariladigan yagona xulosa quyidagicha: o'qituvchining o'zi kreativ, ijodkor bo'lsagina, bo'lajak pedagoglar ham shunday bo'la oladi.O'qituvchining ijodkor va kreativ bo'lishi yoki bo'lmasligi emas, balki darslarni ijodkorlik, kreativlik ruhida tashkil etishi, yangi g'oyalarni ta'lim jarayonida sinab ko'rishga intilishi zarur. Darslarda o'qituvchi “kreativlik yo'l xaritasi”ga ko'ra quyidagi 4 ta yo'nalish bo'yicha harakatlanadi va ulardagi harakatlar pedagoglarning kreativligini ifodalovchi belgilar (Patti Drepreau) sanaladi: ijodiy fikrlash ko'nikmalarini namoyon etish; bo'lajak pedagoglarni o'quv fanlarini qiziqish bilan o'zlashtirishga rag'batlantiruvchi strategiyalardan foydalan olish; innovatsion yondashuv va pedagogik masalalarning yechimini topishga kreativ yondashish; kutiladigan natija.[6] Pedagogning kreativlik potentsiali ko'p darajali jarayon va u quyidagi tamoyillarga tayanadi : (1-rasm)


  1. rasm. Pedagog kreativlik potensialining ustuvor tamoyillari


Kasbiy faoliyat samaradorligini baholashda pedagogning ijodkorligi – krativ potentsiali darajasini baholash muhim ahamiyatga ega. Pedagogning krativlik potentsiali darajasini aniqlovchi mezonlar quyidagilar sanaladi (2-rasm):




2-rasm. Pedagogning kreativ potentsiali darajasini aniqlovchi mezonlar


Ushbu mezonlar pedagoglar kreativ potentsialini uch darajada aniqlash imkonini beradi :(1-jadval)

Download 134.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling