“BO’lajak o’qituvchilarni pedagogik faoliyatga tayyorlashda kreativ pedagogika fanidan foydalanish” mavzusida


Download 134.41 Kb.
bet3/15
Sana04.02.2023
Hajmi134.41 Kb.
#1158777
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
o\'zimga

Mavzuning o’rganilish darajasi: So'nggi yillarda yetakchi xorijiy mamlakatlarning ta'lim tizimida o'quvchi va bo'lajak pedagoglarda kreativlik sifatlarini shakllantirish masalasiga alohida, jiddiy e'tibor qaratilmoqda. Buni Bronson, Merriyman (2010 y.), Ken Robinson (2007 y.), Fisher, Frey (2008 y.), Begetto, Kaufman (2013 y.), Ali (2011 y.), Treffinger (2008 y, hamyurtlarimizdan Ro`ziyeva D,Sayidahmedov N,Sultonova G.A va b. tomonidan olib borilgan ko'plab tadqiqotlar, ularning natijalarini ko'rish mumkin.
Kurs ishining maqsadi: Bo'lajak pedagoglarda kreativlikni shakllantirish va rivojlantirishning ilmiy-nazariy asoslarini o'rganish va amaliy jihatdan tavsiflash.
Kurs ishining vazifalari:

  • bo’lajak o’qituvchilarni pedagogik faoliyatga tayyorlashda kreativlik tushunchalarining mohiyatini o'rganish;

  • bo’lajak o’qituvchilarni pedagogik faoliyatga tayyorlashda kreativlikni ifodalovchi tamoyillarini tasniflash;

  • bo’lajak pedagoglarda kreativlik ko'nikmalarni shakllantirish jarayonining mohiyatini ko'rsatish;

  • bo’lajak pedagoglarda kreativlikni rivojlantirishning samarali usullarini tasniflash;

  • kreativ ko'nikmalar va talabalarda kreativ ko'nikmalarni shakllantirish

jarayonining mohiyatini izohlash;
Kurs ishining predmeti: Bo'lajak pedagoglarda kreativlikni shakllantirish va rivojlantirish yo'llaridan ta'lim jarayonida samarali foydalanishning zamonaviy shakl, usul va vositalari.
Kurs ishining obyekti: Oliy ta'lim tizimida bo'lajak pedagoglarda kreativlikni shakllantirish va rivojlantirish yo'llaridan foydalanish jarayoni.
Kurs ishining ilmiy va amaliy ahamiyati: Kurs ishi natijalarining ilmiy ahamiyati ilgari surilgan muhim nazariy g'oya, taklif etilgan fikr, mexanizm va tarkibiy tuzilma, ishlanmalar, ta'lim jarayonida bo'lajak pedagoglarda kreativlikni shakllantirish va rivojlantirish yo'llaridan samarali foydalanishning shakl, metod vositalarini takomillashtirish, «Pedagogika» fani mazmunini yangi tushunchalar bilan boyitishda foydalanish bilan izohlanadi.
Ishning hajmi:
2 ta bob, 4 ta paragraf, boblar bo’yicha xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati, umumiy xulosadan glossariy va ilovalardan iborat. Ko’lami 40 bet.


Download 134.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling