Bo’lajak pedagoglarning o’zini o’zi rivojlantirish kasbiy tayyorgarlikni takomillashtirish sharti sifatida


Download 58.77 Kb.
bet1/3
Sana20.06.2023
Hajmi58.77 Kb.
#1636828
  1   2   3
Bog'liq
Rajabova D.A., Abduqodirov G\'.


BO’LAJAK PEDAGOGLARNING O’ZINI O’ZI RIVOJLANTIRISH KASBIY TAYYORGARLIKNI TAKOMILLASHTIRISH SHARTI SIFATIDA


Rajabova Dilfuza Abdumajitovna - Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat Pedagogika Universiteti Texnologik ta"lim metodikasi kafedrasi o’qituvchisi
Abduqodirov G’ayrat - Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat Pedagogika Universiteti Texnologik ta"lim metodikasi kafedrasi o’qituvchisi.

Ta’limni modernizatsiya qilish sharoitida mehnat bozorida raqobatdosh, vakolatli va o’z kasbini yaxshi biladigan mutaxassislarni kasbiy tayyorlash muammosi alohida ahamiyatga ega.


Bugungi kunda bo’lajak mutaxassislarning kasbiy o’zini o’zi rivojlantirishga yo’naltirish davlat va jamiyat talablarini amalga oshirishning muhim omillaridan biridir. Bunday sharoitda talaba uchun yaxshi kasbiy tayyorgarlikka ega bo’lish, ham shaxsiy, ham kasbiy jihatdan muvaffaqiyatli shaxsga aylanishi mumkinligini anglash juda muhimdir. Shu bilan birga, undan mustaqil faoliyat yurita olish va diplomatik munosabatlarga kirisha olish, yangi ish sharoitlariga moslashish va mobil mutaxassis bo’lish talab etiladi.
Bo’lajak pedagoglarning kasbiy tayyorgarligi mazmunini belgilaydigan amaldagi dasturiy hujjatlar tahlili shuni ko’rsatadiki, ularda kasbiy o’z-o’zini rivojlantirish masalasi yetarli darajada hisobga olinmagan. Shuningdek, mamlakatimizda bugungi kunga qadar olib borilgan tadqiqotlarda ham bo’lajak pedagoglarning kasbiy o’zini o’zi rivojlantirish muammosi maxsus tadqiqot predmeti sifatida o’rganilmagan. Demak, bu muammo pedagogika va psixologiya sohasida muyyan tajribalar asosida chuqur o’rganishni taqozo etadi.
Shu o’rinda ta’kidlash joizki, zamonaviy pedagogik jarayon ijtimoiy-madaniy hayotning murakkabligiyu ziddiyatlarini aks ettiruvchi ko’p qirrali hodisa bo’lib, unda yuzaga keladigan muammolarni hal qilish uchun odatdagi yondashuvlar juda kam natija berishi mumkin.
Shu nuqtai nazardan yoshlarni jamiyat hayotining zamonaviy haqiqatlariga moslashishi bilan bog’liq muammolarni samarali yechishga qodir bo’lgan bo’lajak pedagoglarning ham nazariy, ham amaliy jihatdan kasbiy tayyorgarligini takomillashtirish muammosi paydo bo’ladi. Bo’lajak pedagoglarning kasbiy o’z-o’zini rivojlantirishni yo’lga qo’yish uning refleksiv ko’nikmalarini shakllantirishga qaratilgan kasbiy yo’nalishga ega bo’lishlarini talab qiladi.
Kasbiy o’z-o’zini rivojlantirish muammosi - bu shaxsning rivojlanishini faoliyat bilan belgilash g’oyasi bo’lib, unda inson o’z kasbiga muvofiqligi va faoliyatining muvaffaqiyati nuqtai nazaridan o’rganiladi. Professional darajadagi mutaxassis bo’lish nafaqat kasbiy, balki ham shaxsiy rivojlanish birligida amalga oshishi mumkin.
Shaxsning hayotiy faoliyatini o’rganish shuni ko’rsatadiki, unda faol faoliyat sub’ekti fazilatlarining shakllanishi ushbu faoliyat davomida kechar ekan.
Demak, shaxsning faoliyat sub’ekti sifatida o’zini o’zi rivojlantirish xususiyatlari o’zining ijodiy qirralari namoyon bo’lishining maqbul sharoiti tarzida kasbiy faoliyat ahamiyatini belgilaydi. Shu munosabat bilan, shxsning kasbiy rivojlanish natijasi kasbiy tajribaning an’anaviy ravishda ajralib turadigan shakllari - bilim, ko’nikma va malakalardan kengroq tushuncha sifatida aks etadi.
Ma’lumki, o’zgaruvchan bozor munosabatlarining ta’siri ostida mehnat maqsadlari va natijalari bir-biridan tubdan farq qiladi. Masalan, "Men" kontseptsiyasi dinamikasida o’z-o’zini baholashda shaxsiy maqsadlar sezilarli darajadagi qiyinchiliklar, fikrlash vositalari va faoliyat uslublarini o’zgartiradi.
Shaxsning kasbiy rivojlanishining haqiqiy shaxsiy tarkibini o’rganish mutaxassislarning professional jihatdan rivojlanishini boshqarish uchun maxsus psixologik texnologiyalarni ishlab chiqishni taqozo qiladi.
Kasb muayyan shaxs uchun mavjudlik manbai va shaxsiy o’zini o’zi anglash vositasidir. Rus psixologi A.K.Markov fikriga ko’ra, kasbiy kompetentsiya turlarini xarakterlovchi individual kompetentsiyani ochib beradi. Bunda kasbiy o’z-o’zini rivojlantirish kabi faoliyatning yaxlit jihati yoritiladi va uning mazmun-mohiyati quyidagi xususiyatlarda:

  • kasbiy o’z-o’zini anglashi;

  • o’zini mutaxassis sifatida qabul qilishi;

  • doimiy o’zini o’zi belgilashi;

  • kasbiy qobiliyatlarni o’zi muntazam rivojlantirib borishi,

  • o’zini va ichki imkoniyatlarini o’zi loyihalashi,

  • o’zining kasbiy o’sish strategiyasini yaratishi,

  • kasbiy faoliyatini amalga oshirishi va h.k.

Ijtimoiy-madaniy merosning yangi turini tasdiqlash va oliy ta’lim muassasalarida texnologik ta’lim bo’yicha qarashlarning kontseptual tizimini qayta ko’rib chiqish sharoitida ta’lim oluvchilarning o’zini anglashi, o’zini o’zi takomillashtirishi va rivojlanishini rag’batlantiradigan psixologik-pedagogik sharoitlarni aniqlash muammosi dolzarb bo’lib qolmoqda.
O’z-o’zini rivojlantirish g’oyasi professionalning muayyan ijtimoiy muhit va faoliyatning o’zgaruvchan talablariga dinamik moslashuvini ta’minlaydigan jarayon bo’lib qolmoqda.
Shaxsning o’zini rivojlantirishning ahamiyati uning vazifalarini tartibga solish bilan belgilanadi. Inson u yoki bu qarorni atrofdagi haqiqatning turli jihatlariga bo’lgan sub’ektiv munosabatni inobatga olgan holda aniq qabul qiladi. Shuningdek, bu jarayon ijtimoiy munosabatning sub’ekti sifatida o’ziga va umuman shaxslararo munosabatlarni o’z ichiga oladi. Demak, kasbiy yetuklik darajasi o’z qarorlarini qabul qilish va qiyin vaziyatlarda ongli ravishda tanlov qilish qobiliyatida namoyon bo’ladi.
Ma’lumki, kasbni mustaqil ravishda, shakllangan munosabat va qadriyatlar tizimi asosida, ijtimoiy talablarga asoslanib tanlagan kishi mehnat sharoitlariga tez, oson moslashib boradi va natijada o’z faoliyatidan mamnunlikni his qiladi. SHu munosabat bilan shaxsning kasbiy o’zini o’zi rivojlantirish muammosi oliy ta’lim pedagogikasida o’z yechimini kutayotgan dolzarb muammolardan biri bo’lib qolmoqda.
Bo’lajak pedagoglarning kasbiy o’zini o’zi rivojlantirish - bu kasbiy tayyorgalik jarayonida o’zini uzluksiz o’zgartirish, kasbiy rivojlanishini ongli boshqarish, kasbiy maqsadlari yo’lida ta’limiy vositalarni tanlash uchun faoliyatning yaxlit, ko’p komponentli, shaxsan va kasbiy jihatdan takomillashtirish jarayonidir. Bu esa, o’z navbatida, bo’lajak pedagogning kasbiy faoliyatini individual tarzda shakllantirishga yordam beradi hamda o’zini o’zi kasbiy anglash va takomillashtirish vositasi sifatida mustaqil faoliyatini tushunishga yordam beradi.

Download 58.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling