Bo’lajak psixologlarni tayyorlash jarayonini xorij pedogogik tajribasi asosida takomillashtirish
Download 68 Kb.
|
maqola1111
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kalit so`zlar
- The process of training future psychologists is carried out by foreign pedagogues improvement based on experience. Annotation
- Tenglik
- Ishonch va oʻqituvchilar salohiyati
- FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO`YHATI
Bo’lajak psixologlarni tayyorlash jarayonini xorij pedogogik tajribasi asosida takomillashtirish. Pedagogika va psixologiya yo’nalishi 1-bosqich magistranti Mahmudova Adiba Sayfiddin qizi adibamahmudova28@gmail.com +998 94 427 35 36 Annotatsiya: The article discusses the modern approach to the education system, its components, content, educational and pedagogical significance. Also, the prospects of using the experience of the education system, foreign pedagogy in schools of Uzbekistan are shown. Kalit so`zlar: ta’lim, inavatsion g’oyalar,noananaviy ta’lim,rivojlantirish, zamonaviy, bilim darajasi, onlayn, xalqaro, iqtidorli bolalar, korreksion ta’lim, kelajak, pedagogik texnologiyalar. Процесс подготовки будущих психологов осуществляют зарубежные педагоги улучшение на основе опыта Аннотация: В стате рассматриваеця современныу подход к системе образования, составляющие, содержание, воспитателро –педагогическое значение. Также полазаны перспективы исползования опыта систеьы образования, зарубежной педагогили в школах Узбекистана. Ключевые слова: образование, инновационные идеи, нетрадиционное образоварие, развитие, современное, уровен знаний, онлайн, международный ,одаренные дети, коррексионное образоварие, будущее, педогогичиские технологии.. The process of training future psychologists is carried out by foreign pedagogues improvement based on experience. Annotation: The article discusses the modern approach to the education system, its components, content, educational and pedagogical significance. Also, the prospects of using the experience of the education system, foreign pedagogy in schools of Uzbekistan are shown. Key words: education, innovative ideas, non-traditional education, development, modern, level of knowledge, online, international, gifted children, correctional education, future, pedagogical technologies. O’zbekiston respublikasi prezidenti Sh.M.Mirzoyev “Yoshlarimizninmg mustaqil fikirlaydigan yuksak intelektual va ma’naviy salohiyatga ega bo’lib. Dunyo miqyosida o’z tengdoshlariga hech qaysi sohada bo’sh kelmaydigan insonlar bo’lib kamol topishi, baxtli bo’lishi uchun davlatimiz va jamiyatimizning bor kuch va imkoniyatlarini safarbar etamiz” deya bildirgan fikirlari davlatimizning turli sohalarida olib borilayotgan islohatlar asosida o’z tasdig’ini topmoqda. 2021-yilning 6-noyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekistonning yangi taraqqiyot davrida taʼlim-tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi farmoni qabul qilingan edi. So‘nggi yillarda mamlakatda psixologiya sohasida pedagog kadrlarni tayyorlash hamda amaliyotchi psixologlar faoliyatini qo‘llab-quvvatlashga oid bir qator ishlar amalga oshirildi. birinchidan, ta’lim tizimining barcha bosqichlarida yoshlarning psixologik holati diagnostikasiga ixtisoslashgan psixolog kadrlar hamda tashkilotlar mavjud bo‘lsada, ularning faoliyatini muvofiqlashtirish va boshqarishni amalga oshiradigan yagona tuzilmaning mavjud emasligi psixologik xizmatlar faoliyati samaradorligining past darajada qolishiga ta’sir ko‘rsatmoqda; ikkinchidan, ta’lim muassasalarida profilaktika inspektorlari va mahalla vakillarining xizmat xonalari tashkil etilgan bo‘lsada, ularning ta’lim muassasalari bilan o‘zaro hamkorligi yo‘nalishlari hamda faoliyati samaradorligini baholash mexanizmlari belgilab berilmagan; uchinchidan, aholiga psixologik xizmat ko‘rsatish yetarlicha yo‘lga qo‘yilmaganligi oqibatida jamiyatda ijtimoiy-psixologik, jumladan, oilaviy muammolar (ajrimlar, oiladagi nizolar, ota-ona va farzand munosabatlari, qarindoshlar o‘rtasidagi nikoh, erta tug‘ruq), «ommaviy madaniyat»ning salbiy ta’sirlariga tobelik, o‘z joniga qasd qilish holatlari davom etmoqda; to‘rtinchidan, oliy ta’lim tizimida psixologiya sohasida tayyorlanayotgan amaliyotchi psixolog kadrlarning bilimlari umumiy bo‘lib qolib, tor soha mutaxassislarini tayyorlash amaliyoti yo‘lga qo‘yilmagan; beshinchidan, psixologiya sohasida magistratura va doktoranturaga qabul soni past darajada bo‘lganligi oqibatida, milliy psixologiya maktabini shakllantirishda oqsoqlik sezilmoqda; oltinchidan, psixolog kadrlarning moliyaviy rag‘batlantirilishi, aholiga psixologik xizmat ko‘rsatuvchi markazlar faoliyatining qoniqarsiz ahvolda ekanligi ularga tajribali psixolog kadrlarni jalb qilish imkoniyatini bermayapti. Aholiga, ayniqsa yoshlarga sifatli psixologik xizmat ko‘rsatish, psixologik xizmat faoliyatini boshqarishni muvofiqlashtirish, ta’lim muassasalari bilan profilaktika inspektorlari va jamoat vakillari o‘rtasidagi hamkorlikni sifat jihatdan yangi darajaga ko‘tarish, psixologiya maktabini rivojlantirish hamda oliy ta’limda tor ixtisosliklar bo‘yicha kadrlar tayyorlash tizimini joriy etish, psixologik markazlar tashkil etishni yo‘lga qo‘yish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi Hozirgi kunda O’zbekistonda horij pedagogikasida tizimining yana bir tamoyili boʻlgan ishonch madaniyati tufayli ta'limda ijpobiy natijalar sekin sekin ko'rinib bormoqda. O’zbekiston taʼlim tizimining asosini quyidagi 7 ta tamoyil tashkil etsa horij pedagogikasi va psihologiyasida keskin burilish bo'ladi deyish mumkin: 1. Tenglik 2. Bepul taʼlim 3. Individuallik 4. Amaliylik 5. Ishonch va oʻqituvchilar salohiyati 6. Ixtiyoriylik 7. Mustaqillik 1. Tenglik - Finlyandiyadagi barcha maktablar oʻquvchilarga bir xil sharoit va bir xil taʼlim tizimini taqdim etadi. 2. Bepul taʼlim - bepul taʼlim berish bilan birgalikda oʻquvchilarga barcha oʻquv jihozlari va tushlik ham bepul taqdim etiladi. 3. Individuallik – darslarni oʻzlashtirishi qiyin boʻlgan oʻquvchilar bilan oʻqituvchilar yoki yaxshi oʻzlashtirgan oʻquvchilar alohida shugʻullanishadi. Finlyandiyada oʻquvchilar qoʻshimcha darslarga qoldirilmaydi. 4. Amaliylik – oʻquvchilarni imtihonga emas balki hayotga tayyorlash. Darslarda oʻquvchilar, masalan, viza kartadan qanday foydalanish, shartnomalar tuzish, saytlar yaratish, tikish, ovqat pishirish, marketing va sotuv ishlari bilan shugʻullanish kabi amaliy ishlar bilan shugʻullanadilar. 5. Ishonch va oʻqituvchilar salohiyati – barcha maktablardagi oʻqituvchilar magistratura darajasiga ega boʻlishlari shart. Oʻquvchilarga uy vazifasi deyarli berilmaydi, ota-onalar farzandlari bilan uyda shugʻullanmaydi va oʻqituvchilarning oʻquvchilarni hayotga tayyorlashiga toʻliq ishonishadi. 6. Ixtiyoriylik – dars jarayonida qay darajada ishtirok etish oʻquvchilar ixtiyorida. Oʻqituvchilar oʻquvchilarni darsga qiziqtira olmasalar oʻquvchilar sinfni tark etishi yoki oʻzlari yoqtirgan boshqa biror mashgʻulot bilan shugʻullanishlari mumkin. 7. Mustaqillik – fin taʼlim tizimida oʻqituvchilar oʻquvchilarni imkon qadar oʻzlari bilim va koʻnikmalarni oʻzlashtirishlari kerakligiga yoʻnaltiradi. Bilimlarni hayotda qanday tatbiq etish koʻnikmalari amaliy mashgʻulotlar yordamida shakllantiriladi. Oʻquvchilarning har qanday fikrlari inobatga olinadi va qoʻllab quvvatlanadi. O’zbekistonda horij texnalogiyasini kiritsak taʼlimining muhim xususiyatlaridan yana biri shundaki, u barcha darajalarda, yaʼni maktabgacha taʼlimdan oliy taʼlimga qadar toʻliq bepul taʼlim olishni taʼminlaydi. Shuningdek, barcha oʻquv materiallari, darsliklar, sogʻliqni saqlash xizmatlari va maktabga qatnash transport xizmatlari ham bepul amalga oshiriladi hamda boshlangʻich va oʻrta taʼlimda barcha oʻquvchilarga maktablarda bepul tushlik beriladi. Barcha maktablarda bir xil taʼlim berilishini taminlashimiz kerak ,maktab va oliy ta’limda dars saotlarini qisqrtirishimiz va o’qtuvchining hurmatini ,vaqtini , o’z ustida ishlashiga imkoniyat yaratib berishimiz kerak. O’zbekistonda taʼlim tizimini muvaffaqiyati bir qancha omillar tizimida va bunda oʻqituvchilarning salohiyati ushbu tizimning eng muhim omili hisoblanadi. Shuningdek, taʼlimda teng sharoitlar, uzoq muddatli taʼlim siyosati, ishonch madaniyati va mustaqil taʼlim olish odatiga urgʻu berish bu muvaffaqiyatning boshqa sabablari hisoblanadi. Oʻqituvchilar va oʻquvchilar oʻrtasidagi yuqori darajadagi hamkorlik taʼlim tizimining uzluksiz ishlashiga yordam beradi. Oʻqituvchilarning yuqori salohiyati birinchi navbatda oʻqituvchilarni tayyorlash boʻyicha oʻqitish dasturlariga bogʻliqdir. Eng yaxshi oʻrta maktab bitiruvchilari boʻlajak oʻqituvchi sifatida tanlab olinsa ijobiy natijaga erishamiz albatta. Boʻlajak oʻqituvchilar uchun alohida oʻquv maktablari belgilanadi va ular odatda oʻquv vaqtlarining 10-15 foizini ushbu maktablarda oʻtkazadilar. Oʻquv maktablari talaba-oʻqituvchilarga barcha kerakli oʻquv materiallari bilan taʼminlangan alohida xona ajratib beradilar. Talaba-oʻqituvchilar dars jarayonlarini kuzatish bilan birgalikda taʼlim jarayonida ham faol qatnashib, katta tajriba toʻplashadi hamda maktab jamoasi va oʻquvchilar ham ulardan juda foydali yordam olishni yo’lga qo’ysak juda yaxshi natijaga erishamiz. Oʻqituvchilarning taʼlim tizimidagi moslashuvchanligi va mustaqilligi ham taʼlim sifatini taʼminlashda muhim rol oʻynaydi. Oʻqituvchilar malaka oshirish kursiga qoʻshilishni xohlasa, maʼmuriyat ularni doimo qoʻllab-quvvatlasa. Oʻqituvchilardan faqatgina malaka oshirish dasturida oʻrgangan narsalarini maktabdagi boshqa oʻqituvchilar bilan boʻlishishi soʻralsa. O’zbekistonda taʼlim tizimini batafsil tahlil qilish orqali koʻplab xulosa va takliflar ishlab chiqish mumkin. Ulardan baʼzilari quyidagilar: • O’zbekistonda muvaffaqiyatini bitta omil yordamida tushuntirish mumkin emas, chunki bir-biri bilan juda bogʻliq boʻlgan omillar tarmogʻi mavjud; • Har qanday taʼlim islohoti uzoq muddatli siyosatni talab qiladi; • O’zbekistonda xalqining asosiy qadriyatlari O’zbekistonda taʼlim muvaffaqiyatining muhim qismidir. Tenglik va hamkorlik O’zbekistonda taʼlim tizimini hamjihatlikda ishlashga majbur qiladi. • Oʻqituvchilarning salohiyati eng muhim omil va bu boshqa koʻplab omillar bilan, masalan, oʻqituvchilarni tayyorlash taʼlim sifati, oʻqituvchilik kasbining jamiyatdagi obroʻsi va oʻqituvchilarning mehnat sharoitlari bilan bogʻliq. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO`YHATI 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 2020-yil 23-sentabrdagi ta’lim to‘g‘risidagi qonun. 2. Miraliyeva D. Jaxon ta`lim tizimi. o‘quv uslubiy majmua. Toshkent 2016 3. Mutalipova M., Imomov M. “Ta’limda ilg‘or xorijiy tajribalar” moduli buyicha o‘quv-uslubiy majmua. T.: Nizomiy nomli TDPU, 2017 4. K.Xoshimov va S.Ochilov O‘zbek pedagogikasi antologiyasi.O‘quv qo‘llanma. T.1997 y 5. M.E.Axmedova. Pedagogika nazariyasi va tarixi. O‘quv qo‘llanma T.2011y 6. www.ziyonet.uz 7. www.eduportal.uz 8. www.pedagog.uz Download 68 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling