Bo’lakchalarni harakatlanishi
Download 35.07 Kb.
|
Hujjat (10) (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Vertikal konvertorlarning tuzilishi va ishlashi.
- Marten pechi
Elektr eritish pechlari – rangli metallurgiyada qotishmalar, metallarni olishda va xomashyoni eritishda qo‘llaniladi. Hozirgi paytda rudalarni elektr eritishda rangli metallurgiyada quyidagi turkumdagi pechlar qo‘llanilmoqda:
- jarayonda boradigan kimyoviy jarayonlarga asosan oksid-lovchi va tiklanuvchi elektro-eritish; - xomashyoni eritish jarayoniga tayyorlash bo‘yicha: ruda va boyitmalar uchun kuydirilgan materiallarni maydalangan material-larni aglomerat va briketlarni; - oxirgi mahsulot bo‘yicha: shteynga xomaki metall olishga; Barcha elektr eritish pechlari 3 yoki 6 ta elektroddan tashkil topgan bo‘lib, pechning geometrik ko‘rinishi to‘g‘ri to‘rtburchak va silindr shaklida bo‘lishi mumkin. Bunday pechlarni ruda – termik pechlar deb ham nomlanadi. Bu pechlarning asosiy texnik ko‘rsatkichi issiqlikning foydalanish koeffitsientini 60-80% gacha, vanna ichidagi haroratni 1500-1700°C gacha ko‘tarishi mumkin. Pechlar devorining qalinligi 900-1200 mm gacha bo‘lib, u o‘z navbatida 3-4 qator magnezitli, xrommagnezitli va shamotli o‘tga chidamli g‘ishtlardan terilgan. Pechlarning asosi metall ustunlar bilan mahkamlangan bo‘lib, texnika xavfsizligini ta’minlash uchun zarur. Domna pechi 8 – 10 yil davomida uzluksiz ishlovchi shahta pechi bo’lib, o’rtacha hajmi 2000 -3000 m3 bo’ladi. Keyingi yillarda katta domnalar ham qurilmoqda. Masalan, 1974 yildan boshlab Krivoy Rog metallurgiya kombinatida hajmi 5000m3 li domna ishlamoqda. 1986 yilda Cherepovets metallurgiya kombinatida «Severyanka» deb atalgan beshinchi domna ishga tushirildi. Bu domna dunyodagi eng yirik pechlardan biri bo’lib, hajmi 5580m3, bo’yi 100 metrdan ortiq, diametri 19 m, zamonaviy avtomatik mexanizmlar bilan jihozlangan. Har sutkada unda 10000 – 12000 t cho’yan ishlab chiqariladi. Vertikal konvertorlarning tuzilishi va ishlashi.Konvertor noksimon ko’rinishdagi tagi berk idish devorining qalinligi 400 – 800 mm oralig’ida bo’lib, dolyumit, smola, dolomit, smola, dolomit yoki magnezit (40 – 60% MgO, 30 – 55% CaO, 5 – 8% toshko’mir smolasi) g’ishtlardan teriladi.(3.1 – rasm, a). Sirtidan esa 20 – 100 mm li po’lat list bilan qoplanadi. U sapfalar yordamida stanina tayanchlariga o’rnatiladi. Konverterga metall chiqindilarini yuklash, cho’yan quyish, po’lat va shlakni chiqarishda gorizontal o’q atrofida zarur burchakka buriladi. Konvertor, kislorod haydovchi furma (mis naycha) bilan shunday biriktirilganki, bunda furma, konvertordan chiqarilmaguncha uni o’qi atrofida aylantirib bo’lmaydi. Konvertorning tepasiga chiqayotgan gazlarni yig’uvchi qurilma o’rnatiladi. Marten pechi alangali regeneratorli pech bo’lib, uning eng muhim kismi ish bushligi (kamerasi) dir. Asosli pechlarda uning tag qismi magnezit gishtidan terilib, sirtidan magnezit kukuni, kislotali pechlarda esa dinas gishtidan terilib sirtidan kvars kum kukuni sepiladi. Pechning sirti po’lat list bilan koplanadi. Uning devorining puhtaligi buyicha va ko’ndalangiga tortilgan po’la armaturalar bilan ta’minlanadi. Fosfori ko’p cho’yanlardan (MФ1, MФ2, MФ3 markali) po’latlar olishda pechlar tebranadigan qilinib, og’dirilgan holatda ajralayotgan ko’p miqdardagi shlakning ravon chiqishini ta’minlaydi. Download 35.07 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling